Oilada yoShlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari


Tolerantlik mazmunini to’laqonli shakllantirish metodi



Download 47,59 Kb.
bet23/28
Sana31.12.2021
Hajmi47,59 Kb.
#264801
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
tolerantlik

Tolerantlik mazmunini to’laqonli shakllantirish metodi. Mazkur usullar pedagogga tolerantlikning barcha xususiyatlarini ilmiy, tarixiy, real sharoit va oilaviy muhit tarkibida shakllantirish uchun imkon yaratadi. Pedagog eng avvalo ota-ona intuisiyasi, hayotiy tajribasi, o’z bilimi, bolani tarbiyalashdagi ijodiyligi va ishtiyoqi, juda katta xohishi va istagi, emosional bola xissiyotlari bilan aloqadorligini ishga solgan holda bolaning ichki olamini anglashga muvaffaq bo’ladi, uning qadriyatlarini koordinasiya qiladi, uning xissiyotlarini tartiblashtiradi, emosional o’sishini ta’minlaydi.

Mazkur jarayonlar bir odamning ikkinchi odam bilan bo’ladigan xissiy-emosional munosabatlarini tartiblashtirish bilan aloqador bo’lib, bir insonning ikkinchisiga bo’lgan kuchli aloqadorligi, ular bog’liqligi negizida vujudga keltiriladi. Shu bois bu jarayon dialog, muloqot, hamjihatlik asosida bunyod etiladi. Oilada yoshlarda tolerantlikni shakllantirish jarayoni unda qo’llaniladigan usullar va shakllar nuqtai nazaridan ham o’ziga xos jarayon hisoblanadi. Chunki oilada bola tafakkurini mutanosib va maqsadli shakllantirishda an’anaviy o’quv jarayoni, darslar, seminar va treninglardan foydalanib bo’lmaydi.

Oilada tolerantlik tafakkurini shakllantirishda quyidagi pedagogik shakllar: oilaviy an’analar, kattalar ibrati va nasihati, OAV ta’siri va tarbiyaviy roli, kitob mutoala qilish, muammolarni ochiq muhokama qilish, birgalikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish, madaniyat dargohlarini ziyorat qilish, islom omilidan to’g’ri foydalanish, islom ziyoratgohlariga safar qilish, o’z vatanining tarixiy obidalarini bilish va ularni o’z ko’zi bilan ko’rish, oilaviy tadbirlarni tashkillashtirish va uyushtirish, oilaviy urf-odatlarga amal qilish, yangi oilaviy an’analarni ishlab chiqish, har insonning har qanday hatti harakatlarini neytral va to’g’ri munosabat bildira olish, tanqidiy tafakkur, mahalla ta’siri, mahalla tadbirlarida ishtirok etish kabilardan unumli foydalanish asosida amaliy natijalarga erishish mumkin bo’ladi.

Oiladagi tolerantlik bolani quyidagi amallarga o’rgatadi:


  • O’z o’zini psixologik diagnostika qilish, o’z qobiliyatlarini o’stirish;


  • O’z shaxsiyatining yutuq va kamchiliklarini ochiq ko’rishga o’rgatish, o’z zimmasiga mas’uliyat olishni o’rgatish;


  • O’z shaxsiyatining pozitiv tomonlarini rivojlantirish, o’zi shaxsini bunyodkorlikka undash;


  • O’ziga nisbatan tolerantlik bilan o’zgalarga nisbatan tolerantlikning o’zaro bog’liqligini anglab yetish;


  • O’zga odamlarni anglash, ular muammolarini tushunish, o’zgalarga va yaqin odamlarga ko’makka tayyorlikni, ijtimoiy faollikni tarbiyalash.



Tadqiqot davrida tajriba-sinov maydonlarida, ya’ni oilalarning o’zida, shuningdek umumiy o’rta maktablarda o’smir yoshdagi bolalar tolerantligini shakllantirish maqsadida quyidagi pedagogik tadbirlar o’tkazildi:

  1. Mening oilam – mening qo’rg’onim” tadbirini o’tkazish. Bu tadbirda bola uchun uning oilasi nimani bildiradi, shu maqsadga bola tafakkurini yo’naltirish bilan bola taqdiridagi oila o’rnini aniqlash. Bolani maxsus savolnomalarga javob berdirish orqali oilasining bola tarbiyasidagi roli va ahamiyatini belgilab olish. Masalan, “Mening kiyimlarimni kim olib beradi?”, “Mening ovqatlarimni kim qilib beradi?”, “Mening yo’lkiramni kim to’laydi?”, “Men oila uchun nima vazifalarni bajara olaman?”, “Men qanday qilib oilamga o’z minnatdorchiligimni bildirishim mumkin?”.




Tadbirdan maqsad: bolani o’z oilasini qadrlashga, oilaviy vazifalarni uddalashga, oilasi ravnaqi uchun qayg’urishga o’rgatish.

Tadbir natijasi: oilada bolaning o’z vazifalari paydo bo’ladi va bola o’z oilasiga yordam berganligi xissi bilan o’sadi va tarbiyalanadi.
  1. Oilam va uning rang-barangligi” tadbirini o’tkazish. Tadbir “Men o’z oilam to’g’risida nimalarni bilamanu, nimalarni bilmayman” shiori ostida o’tkaziladi. Mazkur tadbirda bolalarni “Oila shajarasi”ni qurishga undaladi. Oila shajarasi orqali bolaning bobo va buvilari, katta bobo va buvilari, amma-xolalari, amaki-tog’alari, ularning har birining xarakteri qandayligi, ularning qaylarda ishlashlari kabi savollarga javob izlashga o’rgatiladi. Bolaning o’z oilasini katta makon va kichik makonda ko’rishga o’rgatiladi.





Download 47,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish