Oilada komil inson tarbiyasi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana22.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#575154
1   2   3   4
 
ISSN: 2181-2624 
 
www.sciencebox.uz 
 
Special issue
| 2022 "Challenges and Solutions of Modern Linguistics"
 
Analytical Journal of 
Education and Development
195 
Axloq ilmiy yaxshilik bilan yomonlik o'rtasidagi muammolar haqida bahs yuritib, insonlaming 
kamolotga erishish yo‗lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo'lgani kabi uning axloq odobi 
ham juda murakkab olam desak yanglishmaymiz. Chunki shaxsning ichki va tashqi olamini 
o'rganish, bilish, tahlil qilish g'oyatda murakkab, bu ruhiyat bilan bog'liq holatdir. Axloqli, 
odobli komil insonda odamiylikning eng yaxshi hislatlari: mehr-muhabbat, rahm-shavqat, adolat-
diyonat, hayoyu-iffat, imon-e‘tiqod kabilar mujassam bo‗ladi, ayni paytda shu hislatlaming aksi-
beburd, axloqsiz kimsalar fe‘lida ko‗rinadi. Har bir xalqning nufuzi va obro‗-shuhrati 
kishilarning axloq-odobi, yaxshi hislat fazilatlari bilan belgilanadi.Oila tarbiyasi kabi katta 
mas‘uliyat birinchi navbatda ota va ona zimmasiga tushadi. Shu o‗rinda bir narsani alohida 
aytish kerakki, bolalar tarbiyasida asosiy ta‘sirchan kuch qudrat bu — Onadir. Ota ko‗pchilik 
xalqlarda oilaning moddiy ehtiyojlarini qondirish va ta‘minlash, qolaversa oilaning xo‗jalik 
ishlari bilan band bo‗ladi. Bu o‗zbek oilalarining tarixidan ma‘lum bo‗lgan haqiqat va ota-
bobolarimizdan meros bo‗lib qolgan an‘anadir. Shunga ko‗ra bola bilan ko‗proq ona birga 
bo'ladi. Axir xalqimiz: «Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi» deb bejiz aytmagan. Yuksak axloq-
odob aqidalari bola qalbiga ko‗proq ona suti bilan kiradi.Oila ota-bobolarimizdan meros bo‗lib 
qolgan an‘anadir. Shunga ko‗ra bola bilan ko‗proq ona birga bo'ladi. Axir xalqimiz: «Sut bilan 
kirgan jon bilan chiqadi» deb bejiz aytmagan. Inson nafaqat mehnati tufayli o‗zini va oilasini 
boqadi, balki unda yerga va yurtga bo‗lgan muhabbati ham paydo bo‗ladi. Zotan har bir inson 
o‗zi o‗sib ulg‗aygan zaminni, mamlakatni eng yaxshi va go‗zal mamlakat deb tushunmog‗i 
kerak». Bu fikrlardan har bir inson faqat o‗zining emas balki farzandlarini ham mehnatsevar 
qilib tarbiyalashi lozim. Chunki mehnatsevar bo'lmasdan turib, o‗z yerini, o‗z vatanini seva 
olmasligi tabiiy. 
Oilada bola tarbiyasi masalasi Muhammad ibn Muso alXorazmiy qarashlarida ham mavjuddir. 
Uning aytishicha, «Ota-onalar ikki xil: tug‗ilish otasi va ta‘lim berish otasi: birinchisi jismoniy 
hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot sababli». Shunga ko'ra ulami uzviy birlikda olib qarash 
tarbiya ishida muhim ahamiyatga molikdir. Uning quyidagi so‗zlari anchayin ibratlidir: 
«Zamondan yaxshiroq ta‘lim beruvchi muallimni, insondan yaxshiroq ta‘lim oladigan o‗quvchini 
ko‗rmadim». Uning bu so‗zlaridan bir tomondan ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal 
qiluvchi ta‘sirini anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi ta‘lim natijasida kamolotga erishib 
borishi mumkinligini sezamiz. 
Bundan ko'rinib turibdiki, axloq-odobning normalari - kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, 
halollik, rostgo'ylik, mehnatsevarlik va shu kabilar oiladan boshlanadi. Bu zikr qilingan 
pedagogik falsafiy tushunchalar oila rahbarining dunyoqarashi bilan chambarchas bog'liqdir. 
Deylik, dehqon dunyoqarashi uning halol mehnat qilib, dastlab oila to‗kinligi so'ng xalq 
farovonligini ta‘minlashda ko'rinadi. Uning barcha faoliyati shu oliyjanob tuyg‗u bilan 
uyg'unlashgan. Bu oilada bola mehnatsevarlik ruhida tarbiyalanadi. Turmushning hamma 
qirralari mehnat bilan ravshanlashadi. Zotan mehnatkash inson har sohada o‗z yo‗lini topa 
oladi.Islom dinining muqaddas kitobi «Qur'on»da «Alloh sizlarnii onalaringiz qornidan biron 
narsa bilmagan holingizda chiqardi va shukur qilishingiz uchun sizlarga quloq, ko'zlar va dillarni 
berdi. «Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar. Bunga sabab Alloh ularning birovlarini 
birovlaridan (ya'ni erkaklami ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o'z 
mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir. Ibodat-itoatli va erlari yo'qligida Allohning hifzu-
himoyati bilan (erlarining mol-mulklarini va o'z iffatlarini) saqlovchi xotinlar yaxshi xotinlardir» 
. Har bir insin yoshligidan orzular bilan yashaydi, xalqiga, Vataniga foydasi tegadigan kishi 
bolib yetishishni o`ylaydi.Demak, kimki oldinga qarab intilsa, yuksak orzular bilan yashasa, u 
tom manoda o`sib, ulg`ayib, mukammallashib, fazilati ortib boraverad. Fazilat o`rniga nuqsonlari 
ko`ziga tashlanib qola boshlaydi. Buning mukammalligini, yani qusurli va nuqsonli odam 




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish