ISSN: 2181-2624
www.sciencebox.uz
Special issue
| 2022 "Challenges and Solutions of Modern Linguistics"
Analytical Journal of
Education and Development
196
ekanini ko`rsatadi.Buyuk mutafakkir bobamiz Alisher Navoiy shuni nazarda tutib, bunday
deganlar:
Noqis uldirkim, o`zini komil degay,
Komil ulkim, nuqsin isbot aylagay.
Oilada nazorat tizimi uning mustahkamligini ta'minlovchi muhim omil bo'lib kelgan va shunday
bo'lib qoladi. Chunki oiladagi o'ziga xos nazoratning izdan chiqishi oila hayotining ham izdan
chiqishiga olib kelishi murnkin. 'Oila . vazifalari va funksiyalarini o'z vaqtida muvaffaqiyatli
bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog'lomligiga ham
ta'sir ko'rsatadi. Shunday ekan, jamiyatni sog'lomlashtirish uchun, eng avvalo, oilaviy
munosabatlarni yo'lga qo'yish, oilaning ijtimoiy muammolarini ham hal qilishga e'tibor qaratish
zarurdir. Inson kamolotga erishuvining, mukammalligining buyuk allomalarimiz katta ahamiyat
bergan uchinchi omili tarbiya jarayoni bo'lib, u insonning butun hayoti davomida uzluksiz
ravishda olib boriladigan maxsus faoliyatlar majmuyidir. Bu faoliyat uning ona qornida
hayotining boshlanishidan tortib to umrining oxirigacha davom etadi. Inson ma'naviyatining
shaklIanishiga nima eng ko'p darajada ta'sir ko'rsatadi?» mavzusida o'tkazilgan satsiologik
tadqiqotlar natijasini koʻrib chiqadigan boʻlsak, ushbu 2 koʻrsatkichni ham koʻrishimiz mumkin.
N•
Ta'sir koʻrsatuvchi omil
1999-yil
2003-yil
1
Oila
76,9
77,1
2
Mahalla
58,1
43,2
3
Ta'lim muassasalari
48,2
43,2
4
Ijtimoiy muhit, kasbdoshlar
45,3
36,9
5
Televedinya
30,1
28,1
6
Matbuot
19,5
7,2
7
Din
10,6
6,8
8
Adabiyot
8,7
3,4
9
Kino,teatr
3,8
2,2
O'tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar natijasiga ko'ra «iqtisodoila-milliy qadriyatlan tizimiga oid
dolzarb muammolar borligi ko'rinadi. Jamoatchilik fikriga asosan ma'naviy qadriyatlarning
moddiy qadriyatlarga nisbatan ustuvor baholanishiga sabab, oilaning va u asosida quriladigan
jamiyatning ma'naviy jihatdan sog'lom ekanligi va barqaror ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni
saqlab qolayotganligini ko'rsatuvchi muhim dalildir. Biroq ota-onaning vazifasi farzandini
dunyoga kеltirishdangina iborat dеgan fikrga borish ham to'g'ri emas. Ular o'z farzandlarini aqlli,
es-hushli, jismonan sog'lom, diyonatli, e'tiqodli, jamiyat va millatga foydasi tеgadigan insonlar
qilib tarbiyalash haqida qayg'urishlari kеrak. Avval aytganimizdеk, odatda, otalar oilani boqish
va moddiy jihatdan ta'minlash maqsadida ko'pincha ko'chada bo'lib, uy ishlari va farzand
tarbiyasi bilan asosan onalar shug'ullanadilar. Shuning uchun farzand tarbiyasi faqat onaning
vazifasidеk tuyulib qolgan. Lеkin, aslida, shariat ko'rsatmasiga ko'ra, farzandlar tarbiyasida ota-
ona birdеk mas'uldir. Balki ota bu borada ham onadan mas'uliyatliroq hisoblanadi. Farzand
tarbiyasida ota-onaning bir yoqadan bosh chiqarishi, ularning bu borada hamjihat bo'lishlari katta
ahamiyatga egadir. Ota-onalar iloji boricha farzandlari maktabni tugatib, biron-bir kasb-hunar
yoki oliy o'quv yurtiga o'qishga kirgunga, mustaqil hayotga qadam qo'ygunga qadar ularning har
bir xatti-harakatini ko'zdan qochirmay, ko'proq surishtirib, qiziqib turmoqlari talab qilinadi.
Bunda tarbiyaviy o'gitlar, nasihatlar o'ta noziklik bilan bolaning shaxsiyatiga, nafsoniyatiga
tegmaydigan tarzda olib borilmog'i lozim. Yoshligidan tarbiyasiga, qiladigan har bir ishiga ota-
onasining befarq qaramaganini sezgan farzand asta-sekin ularga moyillik bilan qaraydigan,
aytganlarini qiladigan bo'lib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |