narsalar, uy-joy bilan ta’minlashni, ayolning mehnatini
yengillatishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Bu esa mustaqil
davlat oilasining mustahkamlanishida, budjeti va xo‘jaligi
rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.
95
Yosh oilalar faqat bir-birlarini tushunmasligi tufayligina
emas, balki iqtisodiy sharoitni yo‘lga qo‘ya olmay ham
ajraladigan hollar uchraydi.
Shunday oilalar borki, qiyinchilik bilan topilgan pulni,
osongina sovuradilar, ular oilaning iqtisodiy masalalari bilan
yuzaki shug‘ullanadilar. Ammo bu borada o‘nlab ko‘radigan
ko‘p muammolar bor. Oila a’zolari oyiga qancha ish haqi
olishi aniq, lekin bu pulni qaysi maqsadlarga qanday sarf-
layotganlari haqida aniq hisob-kitob yo‘q.
Oila budjeti - oila a’zolarining oylik ish haqi hisobidan
Do'stlaringiz bilan baham: |