qilinganligi hech qaysi mamlakat tajribasida ko‘rilmagan.
Zero, har bir fuqarosining salomatligi, ma’naviy, jismoniy va
ruhiy barkamolligi haqida uzluksiz g‘amxo‘rlik qilishni hech
bir hukumat o‘z zimmasiga olgan emas. Bunday mas’uliyatli
vazifani bizning hukumatimiz o‘z zimmasiga olganligi dunyo
hamjamiyati uchun yana bir ijobiy xoldir.
Istiqboliy adamiyatga ega bo‘lgan Davlat dasturini
amalga oshirish, uni 2000 va keyingi yillarda tegishli resurslar
bilan ta’minlash vazifasi davlat tomonidan kafolatlandi.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-fevral qaroridagi:
«Sog‘lom avlodni taibiyalashga, yuksak umuminsoniy qad-
riyatlarga asoslangan, hayotiy o‘miga ega bo‘lgan ma’naviy
boy, axloqan yetuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli,
jismonan baquwat, har tomonlama kamol topgan shaxsni
shakllantirish» degan so‘zlar ma’nosi yanada oydinlashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |