Buyuk davlatni faqat sog‘lom millat, sog‘lom avlodgina qura
oladi».
Albatta, Sog'lom avlod yili va shu bilan bog‘liq ravishda
hayotga tatbiq etilayotgan Davlat dasturi g‘oyasi o‘z-o‘zidan
paydo bo‘lib qolgani yo‘q: ulaming o‘ziga xos izchil mantiqiy
tadriji mavjud. Buyuk davlatni ko‘ra oluvchi, erkin fuqarolik
jamiyatini barpo eta oluvchi sog‘lom millat, sog‘lom avlod
g'oyasi — bu, «ajdodlarimizdan bizga o‘tib kelayotgan, qon-
qonimizga singib ketgan muqaddas intilish» asrlar davomida
xalqimizning ko‘ngil mulki sifatida rivojlanib, boyib kelgani,
Mustaqillikning yuzaga kelishidagi ma’naviy omillardan
bo‘lgani, istiqlolning birinchi kunlaridan e’tiboran davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani hech kimga sir
emas, albatta.
«Alisher Navoiy» yili, «Amir Temur» yili, «Inson man-
faatlari» yili, «Oila yili» va «Ayollar» yilida belgilangan
Do'stlaringiz bilan baham: |