mansa
bi hech kimga hech qachon vafo qilmagan
Boshga musibat tushganda, turmushda qiyinchiliklaiga duch
kelganda uni faqat qo‘lida hunari mehnati asrab qoladi.
Yalqovlik shon-shuhrat ketidan quvish, ishsizlik shosh-
ma-shosharlik
bir ishni tugatish, tadbirsizlik, dangasalik
mehnat madaniyatiga rioya etmaslik-hunarmandlik, mehnat-
sevarlik kushandasidir.
Har bir inson egallagan hunami muvaffaqiyatini ta’min-
lovchi talablar mavjud. Ular:
Bugungi ishni ertaga qoldirmaslik zarur, chunki erta
bajarish lozim bo‘lgan ishlar ham bor. Mehnat taqsimotida
nomutanosiblik paydo bo‘Imasin desangiz har kunlik ishni
o‘z vaqtida qilishni odatlanish kerak. Qisqa muddatda
shoshib, pala-partish bajarilgan ishning umri qisqa va sifati
yomon bo‘ladi.
207
Siz yaratayotgan mahsulot diqqat-e’tibor bilan, butun
mahoratni ishga solib yaratilgan taqdirda, u go‘zal va umr-
boqiy bo‘ladi. Aks holda mahsulidan o‘zingiz ham, o‘zgalar
ham rohatlana olmaydi, mehnatingiz zoe ketadi.
Biron bir yumushni faqat shaxsiy manfaat uchun
baholamaslik, balki jamiyat, xalq manfaatini o‘ylab shodu-
hurralik bilan boshlash zarur. Hunarmand kayfiyati ham u
yaratgan mehnat san’at asari sifatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir
qiladi. Yaxshi kayfiyat bilan amalga oshirilgan ish naqadar
murakkab bo‘lmasin, u yengil va sifatli bajariladi. Egallangan
hunar siriari bilan qanoatlanmaslik zarur. Balki uning
ochilmagan qirralarini doimo izlash, taraqqiy ettirish, o‘z
ustida tinimsiz ishlash va mehnat qilish mohir mutaxassis
bo‘lib yetishishning muhim omilidir. Ezgulikka, yangi-yangi
muvaffaqiyatlarga intilib yashash faqat insongagina xos
bo‘lgan xususiyatdir.
Bitta kasb-hunar bilan chegaralanmaslik, balki bir necha
kasb-hunar sirlarini egallash uchun harakat qilmoq zarur.
Hayotda har bir kasb-hunaming o‘z o‘mi bor, bittasini
mukammal egallagandan keyin ikkinchisini boshlash va
o‘rganish maqsadga muvofiq.
Har bir kasb-hunar poklik, rostgo'ylik, ishonch, va’dada
turish, xiyonat qilmaslik,
tarozida aldamaslik, mehnat
madaniyatiga xilofish qilmaslikni talab etadi.
Oilada bolalar tarbiyasiga ham katta e’tibor berilib,
go‘daklar jinsiga qarab tarbiyalangan. 0 ‘g‘il bolaga bo‘la-
jak merosxo‘r sifatida qaralgan. Qiz bolaga esa yigitning
yo‘ldoshi bo‘lajak ona va uy bekasi sifatida mehr ko'rsa-
tilgan.
Bolalaming kundalik tarbiyasida xalq an’analariga qat’iy
roiya etilgan. Eng awalo, mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor
208
berilgan. Dehqon bolalari yoshligidanoq ota ko‘makchisiga
aylana boshlagan. Chorvachilik, hunarmandchilik, ©vchilik
va boshqa sohalar bilan shug‘illanishgan.
Oilalarda bolalarga mehnat tarbiyasi shu kasblar bo‘yicha
berilgan. Asta-sekin bolada malaka paydo bo‘la boshlagan.
Bola tarbiyasida bobo, momo, ota va butun jamoa katta
o‘rin tutgan. Ota kasbi egallash bolaning axloqiy va diniy
muqaddas burchi bo‘lib, ham farz, ham qarz hisoblangan.
Bolalik mehnat malakasini oilada o‘z-o‘ziga xizmat qilish.
Uy ishlarida kattalarga yordam berish, qo‘lidan keladigan
ishlami bajarish jarayonida egallagan ota-ona qarindosh urug‘
va boshqalar mehnatini qadrlash va hurmat qilish ko‘nikmasi
oilada tarkib topgan. Bola 5-6 yoshdan boshlab uy ish
larini bajarishga kirishgan. 0 ‘g‘il bolalar ot minish, xo‘jalik
ishlarini bajarish, qizlarga esa
tikish, to'qish va boshqa
ro‘zg‘or yumushlarini o‘rganishgan. Oilada ota so‘zi qonun
kabi bajarilgan va bajarilishi shart bo'lgan. Bolalar kattalami
hurmati
uchun o‘midan turib salom berishi, qo‘liga suv
quyishi, ovqatni oldin ulug‘larga uzatish, umuman kattalami
izzat hurmat ruhida tarbiyalagan. Ro‘zg‘orda ulami «Bir
ko‘ylak ortiq kiyganni hurmat qil» degan naql doimo uqti-
rilgan. Keyinchalik uylanganda ham otasidan ruxsatsiz ayrim
ishlami o‘zi bajara olmagan ham.
Mehnat tarbiyasi oilada juda erta boshlangan. Chunki
ro‘zgorda bolaning mehnati doimo kerak bo‘lgan. Kattalar
bolalar qilgan xatolami doimo tuzatib, mehnat jarayoni turli
bajarilishini kuzatib borishgan.
Oilaning qut-barakasi hamjihatligi, hamkorligi a’zolar-
ning kasb-hunar malakalarini egallaganliklari va mehnat
taqsimotini adolatli yo‘lga qo‘yishiga bog‘liqdir.
209
Oilada ro‘zg‘or yumushlari oila a’zolari jinsi, yoshi,
qobiliyati, mehnatga munosabatlariga qarab to‘g‘ri taqsim-
lanmog‘i zarur. Oilada boshliqlaming ro‘zg‘or yumushlarini
faqat o‘zlari bajarislilari bolani ishyoqmas, yalqov takabbur,
ota-ona mehnatini qadrlamaydigan bo‘lib o‘sishlari uchun
sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham ro‘zg‘or va xo‘jalik
ishlarida ota-ona bilan bir qatorda o‘g‘il-qiz, kelinning ham
o‘z burch va vazifalari mavjud ulami to‘liq ado etish har
biridan o‘z burchlariga mas’uliyat bilan yondashishni talab
etiladi. Jumladan, o‘g‘il otaga bozordan oziq-ovqat, xo‘jalik
mahsulotlarini xarid qilishga, yer chopish, ekin ekish,
chorvachilik, dehqonchilik, polizchilik, qurilish ishlarida,
to‘y tantanalari, va motam marosimlarini o'tkazishda, xotin-
qizlar uchun og'irlik qiladigan ishlarda yordam beradi. Qiz
bola esa onaga hovli va xonalami
supurib-sidirish, taom
tayyorlash, qish mavsumi uchun quritilgan mevalar, turli
tuzlamalr, murabbolar tayyorlash, mehmon kutish kabi
yumushlarda ko‘maklashadi va shu jarayonda o‘zi ham
mustaqil hayotga tayyor bo‘la boradi.
Oiladagi mehnatning bajarilish vaqti, mazmuniga ko‘ra
turli tarzda amalga oshiriladi. Ya’ni, kundalik yumushlar,
qish, bahor, yoz, kuzda bajariladigan mavsumiy ishlar, oila-
viy marosimlar (mehmon kutish, to‘y va bayram tantanalari,
motam va xotirlash marosimlari)ga tayyorgarlik ko‘rish va
ulami nishonlash bilan bog‘liq yumushlar, mahalla, jamo-
atchilik hamkorligida amalga oshiriladigan ommaviy tadbirlar
(xashar, obodonlashtirish ishlari, umumxalq bayramlariga
tayyorgarlik) bilan bog‘liq yumishlarda ishtirok etish. Ushbu
mehnat turlari oila a’zolari ichida teng va adolatli ravishda
taqsimlanishi zarur. Ba’zan ota-ona topshirig‘ini so‘zsiz
toza, vijdonan bajaradigan farzandga oilaning aksariyat
210
yumushini topshiradi. Erinchoq topshirilgan vazifani
qo‘l
uchida «Mendan ketguncha, egasiga yetguncha» qabilida
bajaruvchi loqayd ishyoqmas farzand esa chetda qoladi. Yoki,
Do'stlaringiz bilan baham: |