24.Oilada kеksa avlod vakillarining bo’lishi va ularning oilada farzandlar tarbiyasidagi o’rni.
Mana hozir mahallalarga juda katta e’tibor berilyapti. Mahallada hamma bir-birini biladi, bir-biriga ko‘z-quloq, bo‘lib yashaydi: Keksa oqsoqollar, bama’ni odamlaming yoshlarga ta’siri hammamizga ma’lum. Har bir mahallada shunday odamlar borki, ularsiz na to‘y, na ma’raka o'tadi. Shunday voqealaming guvohi ham bo'lamiz. Hatto janjallashib yoki kelisholmay turgan qo‘ni-qo‘shnilar «falonchi aka kelyapti» yoki «falonchi akani chaqirib kelish kerak» deyilsa, o‘z-o‘zidan jimib qolishadi. Shu ma’noda oiladagi keksa otaonaning fayzi beqiyos ekanligini ta’kidlash lozim. Bir necha oila bo‘lib, bir qozondan ovqatlanish, ota-ona izmidan borib kam bo'lmagan farzandlar sonsiz-sanoqsiz. Lekin oxirgi paytlarda bitta otasi yoki onasini chiqishtirmagan, ulaming «ortiqchaligi» sezilib qolayotgan oilalar uchramoqda, keksa ota yoki onaning ko‘zi tirikligida uyga ajoyib bir tarovat tarqatib turishini faqat ulardan judo bo‘lgandan keyingina his qilinadi. Yoshl
25.Bolalarning yosh va xaraktеr xususiyatlarni inobatga olib ish ko’rish-to’g’ri tarbiya garovidir.
Oilada yosh avlodni ota-ona namunasi oila an’analari, shajarasi, kasb-kori, axloqiy-ma’naviy qadriyatlari asosida tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoqat, o‘zaro mehr-muhabbat, hurmat hissini shakllantirish vositasida ulami oilaviy hayotga tayyorlash kutilgan natija beradi. Buning uchun otaonalami tarbiya jarayoniga tayyorlash maqsadida ota-onalar universitetlari ishini tiklash va takomillashtirish, umumta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim mazmuniga «Yoshlami oilaviy hayotga tayyorlash» kursini kiiitish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalarga oila tarbiyasida metodik yordam beruvchi «Oila kutubxonasi» seriyasidagi kitobchalar va maxsus «Oila» jumalini nashr qilishni yo‘lga qo‘yish, barcha yo'nalishlardagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga «Oila psixologiyasi va pedagogikasi» kursini joriy etish oilani namunali tarbiya maskaniga aylantirish vositasidir. Balog‘atga yetayotgan yigit-qizlarimiz o‘tkazilayotgan ta’lim, islohotlaridan mamnun bo‘lishi tabiiydir. Shuning uchun, respublikamizning barcha viloyatlari, tumanlari va
qishloqlaridagi o‘quv dargohlari zamonaviy uslubda jihozlanishi, ta’lim tizimiga esa yangicha ruh kiritilishi, Xalqta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, umumta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’limmazmunini, oila ta’limi va tarbiyasi bilan hamohang ravishda amalga oshirish zarur. Buning uchun esa:
- ta’lim-tarbiya shakllan, usul va vositalarini jahon andozasi talablariga mos tarzda rivojlantirish; ta’lim, madaniy-ma’rifiy muassasalami yangi zamonaviy texnika va texnologiya asosida jihozlash;
- o‘qituvchi-murabbiylaming, ota-onalaming ijodiy izlanishlarini va mahoratlarini oshirishning samarali yo‘llarini topish;
- qishloq yoshlari- uchun ta’lim-tarbiya muassasalarining ilg‘or modellarini hayotga keng joriy etish;
- oila-mahalla-maktab tizimida ta’lim-tarbiya samarali mazmunini va usullari amaliyotga keng joriy etish;
- yoshlaming bo‘sh vaqtlarini oila-maktab va jamoatchilik hamkorligida qiziqarU, maqsadli tashkil etishga erishish zarur
Do'stlaringiz bilan baham: |