Oila pеdagogikasi


Oila tarbiyasining vazifalari



Download 45,61 Kb.
bet2/18
Sana18.07.2022
Hajmi45,61 Kb.
#823283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Оралиқ саволлари

Oila tarbiyasining vazifalari:
• oila taibiyasiga doir bir butun muammolami hal qilish;
• oilaviy tarbiyaning samaradorligini oshirish va uningdavlatni ustuvor talablariga javob beradigan komil insontarbiyalashdir;
• oila tarbiyasida milliy qadriyatlardan o‘rinli foydala-nish, pedagogik qonun-qoidalaiga rioya qilishdir;
• fan va texnika yutuqlaridan unumli foydalanish;
• ilg‘or oilalardagi muovaffaqiyatli ish uslublarini o‘rga-
nish;
• ota-onalami pedagog mutaxassislar bilan hamkor-likgini o‘matish kabilami amalga oshirish;
• barkamol inson taibiyasiga doir muammolami hal qi­
lish doimiy va hayotiy izlanishlami talab etadi.

  1. I.A. Karimov asarlarida oila va oilada bola tarbiyasiga munosabat

Javob: Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlabaytganlaridek, «Biz osib kelayotgan yosh avlod ta’lim-
tarbiyasini, ulaming zamonaviy ilg‘or bilimlaiga ega bo‘lganholda ulug‘ bobokalonlarimiz merosiga munosib bo'lishlarinidavlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi, deb bilamiz».
Bunda esa inson ulg‘ayishida asosiy davr bo'lgano‘smirlikdagi tarbiya hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bupallada uning ichki dunypsi, o‘ziga xos xislatlari shakllanadi.Bu davrda ota-ona, ustozlar ular tarbiyasi bilan uzviy ra-vishda shug‘ullanishlari lozim. Ulaming salomatligiga hamalohida diqqat-e’tibor zarur. Yurtboshimiz I.Karimov ta’kidlaganidek: «har bir inson-ning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo‘yib kelayotganyoshlaming ongiga shunday fikmi singdirish kerakki, ularo'rtaga qo‘yilgan maqsadlarga erishishi o‘zlariga bog‘liqekanligini, ya’ni bu narsa ulaming sobitqadam shijoatiga,to‘la-to‘kis fidokorligiga va cheksiz mehnat-sevarligiga bog‘-liq ekanini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa dav-latimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir». Shuboisdan ham yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor berish, ulamijamiyatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotidafaol ishtirok etishlarini ta’miniash har bir oilaning, fuqa-roning, davlat va nodavlat tashkilotlarining burch va vazifasi hisoblanadi.



  1. 0ta-ona farzand oldidagi va aksincha farzandning ota-ona oldidagi burchlari va vazifalari.

Javob: Ma’lumki, ota-onalar o‘z farzandlarini cheksiz mehr-muhabbat va
shafqat bilan tarbiya qilib o‘stiradilar. Binobarin, har bir farzandning zimmasiga ham aqlan, ham shar’an o‘z ota-onalariga nisbatan behisob burch va vazifalar yuklanadi. Jumladan Qur’oni karimning bir qancha oyatlarida ota-onalarimizga yaxshilik qilishga buyuriladi.Alloh taolo ota-onaga zinhor ozor bermaslik va ularning so‘zlari-yu fe’llarini hech bir malol olmaslikka buyurib, quyidagicha xitob qiladi:“Rabbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga “Uf!”dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so‘z ayt!” (Isro, 23 ).“Ularga yoqimli so‘z ayt!” deganda ota-onani nomi bilan chaqirmaslik, balki “otajon”, “onajon” kabi so‘zlar bilan yosh go‘daklarga xos muomala qilish, ularni ranjitadigan gaplarni gapirmaslik, ular oldida o‘zini kichik bir kishidek tutish kabilarni tushunish kerak.Janobi Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam ham ko‘p hadisi shariflarida ota-onalarga yaxshilik qilish, ularning roziliklarini topish uchun harakat qilishga buyurganlar. Jumladan: “Parvardigorning roziligi ota-onaning roziliklariga bog‘liq. Uning g‘azabi ham ota-onaning norozigiga qarab bo‘ladi”.Demak, har qanday farzand o‘z ota-onasining xizmatini ado qilish bilan jannatni, ularga ozor berish bilan do‘zaxni qo‘lga kiritishi mumkin.
Ota-ona vafot etgandan so‘ng ham farzandning burchi tamom bo‘lmaydi. Balki ularning do‘st va qarindoshlari bilan yaxshi aloqada bo‘lishi lozim.Rasululloh sollallohg‘u alayhi vasallam: “Yaxshiliklarning eng afzali bir kishi otasi vafot etgandan so‘ng uning do‘stlari bilan aloqa qilishidir”, deb marhamat qilganlar.
Alloh taolo barchamizni ota-onalarimizning xizmatlarini qilib, ularning haqlarini ado etib borishga muvaffaq aylasin!.

  1. Oilaviy tarbiya samaradorligini oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar.

Javob: Hozirgi kunda oilada bolalarni tarbiyalash masalasiga har qachongidan ko‘rakatta ahamiyat berilmoqda. Bu mavzu doimo barcha ota-onalarni ham, kattakishilarni ham qiziqtirib, shuning bilan birgalikda tashvishlantirib kelgan. Tarbiyajarayonida, u hoh oilada bo‘lsin, hoh maktabda bo‘lsin bolaning psixologiyaxususiyatini hisobga olmaslik kelajakda eng katta, tuzatib bo‘lmas xatoliklargayo‘l qo‘yish demakdir.
O‘ylab qaraydigan bo‘lsak, bolaning tabiatini, qiziqishini, eng muhim ichkidunyosini bilmay, o‘rganmay turib ular bilan tarbiviy ish olib baradigan bo‘lsak,amnmizki, tarbiyada ko‘zlangan maqsadga erishish ancha qiyin. Inson bolalikpaytidan ota-onasi, akalari, opalari,o‘rtoqlari, umuman atrofdagi kishilar u yoki buxuqlni taqlidan o‘ziga singdirib boradi. Shuning uchun ham xalqimiz “kattalarodobi bolalar kamoli”, deb bejiz aytishmagan. Modomiki . ma’naviy go‘zalqilayotgan odamiylik va shunga o‘xshash sifatlar zamirida axloq muhim o‘rinniegallar ekan. Demak, biz avvalo farzandlarimizning ruhiyatini barcha salbiy
ta’sirlaridan poklashimiz va ularni sog‘lom fikrlashga, ya’ni xadisda aytilganidek.
“Kimki o‘zining yaxshi ishidan quvonsa, yomon ishidan xafa bo‘lsa. Demak uhaqiqiy mumkindir”, degan rivoyatga amal qilishga o‘rganib borishimiz lozimekan.Oila ma’naviy olami o‘zaro hurmat, qadrlash, hamkorlik, murosasozlik, mehribonlik, rahmdillik,mehr-oqibat, sabrbardoshlilik, insonsevarlik, olijanoblik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi muhimdir. Bunday qadriyatlarning oilada e’zozlanishi, bunga amal qilinishi oilada shunday ma’naviy muhitni yaratadi.Bu esa o‘sib kelayotgan avlod qalbi va ongi shakllanishida o‘ta muhimdir.Shu asosda har bir oila a’zosining iste’dodi va salohiyati to‘la ro‘yobga chiqishi uchun sharoit yaratiladi. Natijada oila ma’naviyat maskani sifatida shakllanib boradi.

  1. Xalq pеdagogikasining manbalarida oila va oilada bolalar tarbiyasi nazariyasi.

Javob: Oila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga eri-shish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma-shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona Oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq jarohatlanadi, u tajang , serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun Oila tarbiyasida maktab va ota-onalar oʻrtasidagi taʼlimtarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega. Otaonalarning oʻqituvchilar bilan boʻlgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular oʻz farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar otaona maktab bilan yaqin aloqa oʻrnatishi, farzandining darslarini oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan xa-bardor boʻlib turishi, tarbiya masalalarida oʻqituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan soʻng nima bilan mashgʻulligi haqida oʻqituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib turishi lozim. Uz navbatida oʻqituvchi va sinf rahbari ham bolaning oʻqishi, odobi, xulqi, maktabda oʻzini tuta bilishi haqidagi maʼlumotlarni ota-onaga yetkazishi, zarurat tugʻilganda paydo boʻlgan muam-molarni birgalikda hal qilishi zarur. Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining aʼzosi boʻlib qolishi kerak. Oʻqituvchi va sinf rahbari ham oʻz oʻquvchisining oilasi bilan mustahkam ham-korlikni yoʻlga qoʻymogʻi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila oʻziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.

  1. Oilaviy munosabatlar bola tarbiyasining muhim omili.

Javob: Tarbiyakishilikjamiyati paydobo‘lishibilan boshlandivarivojlanibbordi.Bolatug’ilishi bilanoqota-onasiningparvarishiorqaliatrof-muhitbilan
tanishadi. Insonning shakllan ishigasalbiyta’sir ko‘rsatadiganmuhitdan ya’ni ichkilikbozlik, giyohvandlik,kashandalikvaboshqaillatlardan himoyaqilish
esanihoyatdamurakkabjarayon. O‘zbekhalqiningyoshavlodnihayotga tayyorlashda qo‘llaganusulvavositalari,tadbirshakllari,o‘ziga xosurf-odati
vaan’analari,tarbiyag’oyalariva hayotiytajribasiyillardavomidamukammallashib keldi . Halitarbiyamuassasalaribo‘lmagan davrdayoq,qabila a’zolarining bolalarda mehnatsevarlik,jangovorlik,axloq-odob,nafosat,
do‘stlik,mehr–shafqatlilik,insonparvarlik xislatlarini shakllantirishvao‘stirishsohasidagi aql–idrokivausullario‘shadavrdagihayotiy tajribaning mevasisifatidaijtimoiyhayotga bog’liqholdashakllandivarivojlandi. Bola,
asosan,oilamuhitidatarbiyalanib,inson sifatidashakllanadi.Tarbiyaesahayotningeng muhim tergagi, ya’ni tayanchi hisoblanadi. Har bir bolanishunday tarbiyalashlozimki,u,avvalo,yaxshi o‘qishivaso‘ngraesa,yozishni o‘rganishibilaneng yuksakpog’onagako‘tarilsin. Ma’lumki, sharqning buyukallomalari ta’lim vatarbiyamasalalarigaalohida e’tiborberishgan.AbuAli IbnSinohammazkurustuvormasalalarga doirbir qanchaasarlar, o‘zidanboy ilmiymeros qoldirgan.Ibn Sinobolanimaktabdao‘qitish oila jamiyatning
asosiy instituti hisoblanishi, u tarbiya o‘chog‘i sifatida shaxsning shakllanishida muttasil ishtirok etadi. Oilaning ijtimoiy ahamiyatiga molik funksiyasini ta’minlanishida undagi ijtimoiy psixologik muhit, shaxslararo munosabatlar,sub’ektlarning kamolot darajasi belgilaydi.

  1. Yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash.

Javob: Aynan oila bolani qadam qo’ydiradi, uning o’ziga xos xususiyati va ma’naviy qiyofasining shakllanishiga asos soladi.Oilaviy tarbiyaning tub maqsadi, mazmuni bolalarni umuminsoniy xulq mezonlariga rioya qilgan holda ularni bo’lajak mehnat faoliyatiga tayyorlashdan iboratdir. Bulardan tashqari ularning g’oyaviy-siyosiy, madaniy oqartuv soHadagi qiziqishlariga e’tibor beriladi. Bu sohada turli oilalarda berilayotgan tarbiyaning bir-biridan farqi borligini ham unutmaslik kerak. Bizningcha, o’zbek oilalarida mehnat tarbiyasi berish va kasbga yo’naltirish quyidagi to’zilish va mazmunda olib boriladi deyish mumkin: (Buning ham o’ziga xos milliy xususiyatlari mavjud)1. Bolalarga mehnatga iloji boricha ertaroq jalb qilish. 2. Bolalarni mehnat ko’nikmalariga o’rgatish, qurollantirish 3. Kasbga yo’naltirish (Ustoz- shogirdlik)4. Bolalarni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlash 5. Murabbiylik qilish: a) oilada, b) mehnat jamoalarida.Buyuk mutafakkir A.R.Beruniy «Har bir kishining qadr – qimmati o’z ishini qoyil qilib bajarishidir»- degan.«Insonning asosiy burchi, vazifasi mehnat qilishidadir, chunki istalgannarsaga mehnat tufayli erishadi».

  1. 0ilada huquqiy tarbiya masalalari.

Javob:Huquqiy tarbiya insonlarning bu soha bo‘yichamuhim tushunchalar o‘zlashtirishlarini, fanga oid ko‘nikma va malakalarniegallashlarini ta’minlaydi. Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyoti faniningo‘qitilishi talabalami mulohaza yuritishga, mantiqan fikrlashga, huquqiy ong vahuquqiy madaniyatni shakllantirish va yuksaltirishda huquqiy tarbiyaning o‘minianiqlash, huquqiy tarbiya metodlarini tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarinita’minlaydi. Ma’naviy-axloqiy g‘oyalar, shuningdek,umuminsoniy va milliy qadriyatlar bilan boyitilgan tarbiya tizimini shakllantirish.Huquqiy tarbiya jarayonida erkin mustaqil fikrlovchi, o‘zining hamda o'zgalarning sha'ni, or-nomusi, qadr-qimmatini hurmat qiladigan, ulaming istaklarini inobatga oluvchi ta'lim oluvchi shaxsini tarbiyalashga imkon beruvchi samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish. Yoshlami huquqiy munosabatlarda faol ishtirok etishga tayyorlash. Huquqiy tarbiyalashda fuqarolik burchiga itoatkorliknishakllantirish.

  1. Barkamol avlod tarbiyasida oilaning roli.

Javob: Ingliz shoiri vadramaturgi O. Goldsmit aytganidek, ayollar insoniyatning ilk murabbiylaridir.Zero, tug‘ilmagan bolaning olamga nisbatan ishonch va ishonchsizlik hissi bolagaonadan kelib tushuvchi ma’lumotlar asosida shakllanadi. Onaning his-tuyg‘ularibola psixikasi va xarakterining shakllanishida yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Tug‘ilajak bola jismoniy rivojiga onaning hayot tarzi, ovqatlanish madaniyati,zararli odatlari bor yoki yo‘qligi ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, agar ota yoki onada salbiy odatlar bo‘lsa, bu ularning farzandlarida qaytalanadi. Bu odatlar bolaning jismoniyholatigagina emas, balki uning ruhiy-ma’naviy holatiga ham ta’sir qiladi, albatta.Ota-onaning bolaga go‘daklik chog‘idan sevgi, mehr berishi, to‘g‘ri parvarish vatarbiya qilishi unda ishonch tuyg‘usini shakllantiradi. Bu davrda ota-ona va farzand o‘rtasida iliq, yoqimli taassurot uyg‘onadi. Bola boshqalar bilan ham shundaymunosabatga kirishadi. Bolaning o‘ziga ishonishi, o‘zini hurmat qilishi muhimbo‘lib, ota-ona doimo uni tinglashi, uni rag‘batlantirishi, unda sevgi, mehr, hurmat,sabr-qanoat va ishonch tuyg‘ularini uyg‘otishi lozim. Oilada yetarli mehr va samimiylikni ko‘rgan bola axloqiy qadriyatlarni
o‘zida mujassamlashtirishga intiladi.



  1. 0ilaning milliy xususiyatlari va oilada tarbiyasining pеdagogik xususiyatlari.

Javob: O`zbek xal qi qadimdan oila ma’naviyatiga alohida e’tibor qaratgan. Bugungi kunda ma’naviy merosdan foydalanib, mustaqil respublikamiz talabiga javob beradigan yoshlarni tarbiyalash har bir oilaning mu qaddas burchidir.Bu burchni sharaf bilan ado etish oilada yosh avlod ongiga avlodlar shajarasi, kasb-kori, urf-odatlari, an’analari, tarbiya usullari, jamiyat tara q qiyotidagi o’rni, o’ziga xos ijobiy tarixini singdirish, undan g`ururlanish hissini tarbiyalashdan boshlanadn. o’z ota-onasidan, oilasi, avlod-ajdodlari tarixidan g`ururlangan inson o’z o’lkasi, millati, xal qi, tili, diii, madaniyatidan g`ururlanishi, Uni avaylab -asrashi, dunyoga ko’z-ko’z qilishi tabiiydir. Buning uchun oilada bolaning ongiga yoshlikdan boshlab «sen tarixi boy, ulug` millatning farzandisan», «sen ulug` mutafakkirlar, allomai-zamonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalagan bobokalonlarning ajdodisan», «o’zbek xal qi boy ma’naviyatli, vatanga, xal q qa, sado qatli xal q», «Bizning mamlakat dunyoda tabiati eng go’zal, boy diyor» kabi tushunchalarni singdirib bormoq lozim.


Download 45,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish