«ogahiyning poetik mahorati»



Download 324,29 Kb.
bet13/41
Sana14.04.2022
Hajmi324,29 Kb.
#550932
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
majmua Ogahiyning poetik mahorati

MUTLAQ QOFIYALAR
Ogahiy o‘z she’riyatida qofiyaning raviy harfi bilan tugallanuvchi muqayyad va raviydan so‘ng davom etuvchi mutlaq turlarining har ikkisidan keng foydalangan. Ma’lumki, muqayyad qofiyalar raviy harfi bilan tugallanar ekan, o‘zak so‘zlar bilan nihoyalangani uchun g‘oyat jarangdor ohang hosil qiladi. Bu xil xususiyatni shunday qofiyalar qo‘llangan
Bordi sabrim ul bazm ichra orom aylagach,
Aql-u hushum ketti mayli bodavu jom aylagach.

Bori dilbarlar ichra ul parivash,


Quyosh yanglig‘ erur mumtoz dilkash.
Ko‘zimki bir go‘zalga nigoroni oshiq o‘lmish,
Malakidurur parig‘a muhibi masodiq o‘lmish
kabi baytlar misolida yaqqol kuzatish mumkin. Ularda murdaf, mujarrad va muassas qofiyalar qo‘llangan, lekin barchasi raviylar bilan tugallangani uchun qofiyalar uchun tanlangan so‘zlar aniq, yorqin ohang kasb etadi.
Mutlaq qofiyalar esa egalik, kelishik, shaxs-son, zamon qo‘shimchalarini oluvchi so‘zlardan tashkil topadi. Qo‘shimcha qancha murakkab bo‘lsa, shunchalik qofiya harflari qo‘shilib boradi. Raviyga birgina cho‘ziq unli yoki undosh qo‘shilsa (undosh oldidagi qisqa unli hisobga olinmaydi, lekin alohida so‘zlar bilan ataladi), vaslli qofiya, raviydan so‘ng ikki undosh yoki cho‘ziq unli bilan undosh kelsa xurujli, undoshlar yoki undoshlar bilan cho‘ziq unlilar kelsa mazidli, to‘rtta va undan ortiq bo‘lsa, noyirali mutlaq qofiyalar tuziladi.
Masalan:
Kelgil, ey gulchehra soqiykim, bu tundur shomi iyd,
Bazm aro man zorg‘a tutlig‘ labi-lab jomi iyd
baytidagi shomi-jomi qofiyalarida ”m” – raviy, ”yo” (”i”) unlisi esa vasl sanaladi va bu xil ohangdoshlik vaslli mutlaq qofiya deb yuritiladi.
Ayladi to sayr uchun shahsuvorim safar,
Qildi oning keyindin joni nizorim safar
bayti qofiyalardagi “r” undoshi – raviy, qisqa “i” unlisi (raviyning harakati) – majro, “m” undoshi esa vasldir. Ogahiy o‘zining 382 g‘azalidan 47 tasida shu xil qofiyadan foydalanadi.
Shoir mutlaq qofiyaning vasl va xurujli ko‘rinishiga ham ancha keng murojaat etadi. Ma’lumki, mutlaq qofiyalarda vasldan keyin keluvchi sokin, ya’ni cho‘ziq unli yoki undosh harf xuruj nomi bilan yuritiladi. Jumladan,
Ochsang yuzing quyoshini nogoh niqobdin,
Borgusi obro‘yi ruhi oftobdin
bayti qofiyalaridagi “b” – raviy, “d” – vasl, qisqa “i” unlisi – nafoz, “n” undoshi esa xuruj sanaladi. Bu xil qofiyalar vasl va xurujli mutlaq qofiya deb yuritiladi. Ogahiy g‘azallaridan 81 tasi shu xil qofiyaga asoslanadi.
Ogahiy she’riyatida mutlaq qofiyaning mazidli ko‘rinishi ham ancha keng qo‘llangan. Masalan,
Bu oqshom mahvashim ruxsori oy birla taloshibdur,
Emas anjum, falak ahli ochib ko‘zlar qaroshibdur
bayti qofiyalaridagi “sh” – raviy, “i” –majro, “b” – vasl, “d” – xuruj, qisqa “u” unlisi – nafoz, “r” undoshi esa maziddir. Shoir g‘azallaridan 32 tasi shu tarzdagi mazidli qofiya asosida yozilgan.
Nihoyat, Ogahiy ijodida mutlaq qofiyaning eng murakkab ko‘rinishlaridan bo‘lgan noyirali qofiya turidan ham qator asarlarda foydalanilgan. Bu xil qofiyalar ham she’rga salobatli ohang bag‘ishlaydi. Jumladan,
Jilvagar manga bu kun necha dilrabodurlar,
Bir-birisidin afzun noz-u husn arodurlar
bayti shu xil qofiya tuzilishiga ega. Undagi qofiyalarda cho‘ziq “o” unlisi – raviy, “d” undoshi vasl, qisqa “u” unlisi – nafoz, “r” undoshi – xuruj, “l” undoshi – mazid, qisqa “a” unlisi –nafoz, oxirgi “r” undoshi esa noyira hisoblanadi. Ogahiy 2 g‘azalida shu xil qofiyani qo‘llagan.
Shoirning
Ey parivash, ochma yuz, ishq ahli shaydolanmasun,
Mandin o‘zga hech kim ishqingda rasvolanmasun
baytidagi qofiyalar esa ikki noyiralidir. Ularda “o” unlisi – raviy, “l” undoshi vasl, “n” undoshi – xuruj, “l“ undoshi – mazid, “s” va oxirgi “n” undoshi – noyira, qisqa “a” va “u” unlilari esa nofoz sanaladi. Shoirning birgina g‘azali shu xil qofiya asosida yaratilgan.
Ogahiy mutlaq qofiyalarni qo‘llashda ham lirik janrlarning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Shoir o‘z g‘azallarining 40 foizini (382 g‘azaldan 163 tasini) shu xil qofiyaga asoslanib yaratgan bo‘lsa, ruboiyotda bunday qofiyalar kamroq – 30 foiz asarda (72 ruboiyning 22 tasida) foydalanilgan. Bu esa ruboiylarga xos salobatli ohang ko‘proq raviy bilan tugallanuvchi qofiyalarni taqozo etishi bilan izohlanadi. Ogahiyning o‘z masnaviylarida mutlaq qofiyalarga yana-da kamroq murojaat etgani ham ahamiyatlidir. Uning liro-epik asarlarida bu xil qofiyalar 28,3 foiznigina tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, shoir masnaviyotidagi jami 969 baytning 274 tasi mutlaq qofiya asosida yozilgan bo‘lib, ulardan 112 bayt vaslli, 129 bayt xurujli, 29 bayt mazidli va 4 bayt noyiralidir.

Ogahiy lirik va liro-epik she’riyatda radifning o‘rniga alohida e’tibor berib, ularning xilma-xil ko‘rinishlaridan barakali foydalanadi. Ma’lumki, radiflar asarda shoir tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalar, aks ettirilayotgan timsollarga o‘quvchi diqqatini qayta-qayta jalb etib, shoir ifodalayotgan ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-axloqiy fikrlarning jamoatchilik qalbidan chuqur o‘rin olishiga xizmat qiladi. Ayni chog‘da hisobga olgan mumtoz ijodkorlarimiz radiflarni qo‘llashga, ulardan foydalanib dilbar lirik she’rlar yaratishga intilganlar. Ogahiy ham radifning she’riyatdagi ahamiyatini teran anglagan holda, ustozlar an’anasini davom ettira borib muhim ijodiy yutuqlarni qo‘lga kiritdi.


Shoir ijodining mazkur sohadagi o‘ziga xosligi avvalo lirik va liro-epik she’riyatda radiflarga keng o‘rin berilishida ko‘zga tashlanib turadi. Uning “Ta’viz ul-oshqin” devonidagi jami 382 g‘azaldan 281 tasida (73 foiz), 73 ruboiyning 47 tasida (64 foiz) radif qo‘llanganligi ana shundan dalolat beradi.
Mumtoz she’riyatimiz an’analariga ko‘ra, har qaysi ijodkor o‘z salaflari va zamondosh ustozlari qo‘llagan eng muqbul radiflardan keng foydalanganlar. Bu jarayonda an’anaviy radiflarning yangi imkoniyatlarini kashf etishga harakat qilganlar.
Ogahiy ham o‘z she’rlarida Atoiy va Lutfiy, Navoiy va Bobur, Mashrab va Munis kabi sohibi kalomlar adabiyot olamiga olib kigan radiflarni qo‘lladi.
Adabiyotimizga u yoki bu ijodkor tomonidan olib kirilgan mazmundor va latif radiflardan foydalanishning ikki usulu mavjud bo‘lib, ularning birinchisi radifningina emas, qofiyani ham saqlagan holda yangi asarlar yaratish bo‘lsa, ikkinchisi radifni saqlagan holda qofiyani o‘zgartirishdir. Ogahiy ana shu ikki usulga murojaat qilib, an’anaviy radiflar zaminida durdona she’rlar bitgan. Chunonchi,
Ne balo xushtur kishiga lutf aylab yor subh,
Kirsa hamroh bog‘ aro sayr etgali gulzor subh

matla’li g‘azali Alisher Navoiyning

Necha ko‘rguzdi sovug‘ oh-u sorig‘ ruxsor subh,
Gar nihoniy mehridin mendek emas bemor subh

matla’li g‘azali qofiya va radifi asosida bitilgan bo‘lsa,

Tarki shahr etti ul oy, manda vafosidur hanuz,
Xasta jonim dardi ishqi mubtalosidur hanuz

deb boshlanuvchi g‘azali shu radifli boshqa g‘azallar, jumladan, Navoiyning

Ramida ko‘nglum erur ishq mubtalosi hanuz,
Boshimda bordurur ul sarvqad havosi hanuz,

shuningdek, Munis qalamiga mansub

Vahki, ul zolim meni mazlumg’a qotil hanuz,
Ya’ni ag‘yorimga yuz ming mehr ila moyil hanuz

radifli g‘azallar qofiyasini o‘zgartirish vositasi bilan yaratilgan edi. Har ikki holatda ham an’anaviy radiflardan foydalanish sohasidagi Ogahiyning badiiy mahorati, xususan, radiflarga yangi mazmun bag’ishlab, ularning imkoniyat doirasini kengaytirayotgani ko’zga tashlanib turadi.


Yuqoridagi ikki usulni har bir shoir yana ikki xil yo`nalishda, ya’ni mavzuni o`zgartirish hamda vaznni yangilash yo`nalishida qo`llash mumkinligini nazarda tutsak, ijodkorning an’anaviy radiflardan foydalanish imkoniyatlari kengligiga ishonch hosil qilamiz.
Ko‘rinadiki, an’anaviy radiflarga murojaat etayotgan ijodkor istaydimi, yo‘qmi, beixtiyor shu radifni birinchi bo’lib she’riyatimizga olib kirgan sohibi kalom bilangina emas, mazkur radifni qo`llab lirik asarlar bitgan barcha mualliflar bilan ham ijodiy musobaqaga kirishadi hamda tanlagan radif asosida eng nodir, eng go’zal badiiy obidalar yaratish sohasidagi o`z mahoratini namoyish qilishga intiladi. Ogahiyning an’anaviy radiflar asosida bitilgan she’rlari ham shu jihatdan ahamiyatlidir.
An’anaviy radiflardan foydalanish jarayonida ularning yangi-yangi imkoniyatlarini kashf etish shoirga adabiyotimizda qo`llanmagan betakror radiflar ijod qilish imkonini beradi. Ogahiy ham she’riyatimizga ko‘plab yangi radiflarni olib kirgan ijodkordir.
Shoir yangi radiflarni xilma-xil usullar vositasida kashf etadi. Shulardan biri an’anaviy radiflarni o‘zgartirib yoki ulardan ilhomlantirib yangilar yaratishdir. Masalan, shoirning
Ey ko‘ngul, bilkim, emas atvori yor avvalgidek,
Ne vafoyu, ne-ne karam osori bor avvalgidek
radifli g‘azalini o‘qir ekanmiz, yodimizga darhol Alisher Navoiyning

Ko‘nglum ichra dard-u g‘am avvalg`ilarga o‘xshamas,


Kim, ul oyning hajri ham avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas

radifli asari tushadi. Bu o‘rinda Ogahiy radifining kashf etilishiga Navoiy g‘azali radifi ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlash xato bo‘lmasa kerak, deb o‘ylaymiz.


Lutf aylab, ey payki sabo, holimni sultonimg‘a ayt,
Ya’niki jonim dardini ishqida jononimg‘a ayt.

Ey jamoling‘a gar ermas volavu hayron quyosh,


Aylanib boshingg‘a nechun bo’ldi sargardon quyosh.

Istasang topmoq saodat, ey ko‘ngul,


Shevai faqr ayla odat, ey ko‘ngul.

Bukun, ey do‘stlar, holim xarob o‘lg‘ong‘a yig‘larman,


Ki, ya’ni dardu dog‘im behisob o‘lg‘ang’a yig‘larman
matla’li o‘nlab g‘azallar kabi asarlari ana shunday an’anaviy radiflarga asoslangan edi. Ayni vaqtda Ogahiy necha o‘nlab yangi radiflarni she’riyatimizga olib kirib, bu sohada kashfiyotchilik namunalarini ko‘rsatdi.
Ma’lumki, yangi bir radifni she’riyatga olib kirish muhim adabiy hodisa bo‘lgan. Mazmundor, ayni mahalda yorqin, jarangdor radiflar tez fursatda shoirlardan shoirlarga, avlodlardan avlodlarga, asarlardan asarlarga o‘tib, ko‘plab barkamol badiiy obidalarning maydonga kelishiga omil bo‘lgan. Alisher Navoiy o‘zining

Ey Navoiy, qilg‘ali tab’ ahli jinsi she’r nazm,


Nazming o‘ldi barchasig‘a qofiya, balki radif

baytida o‘zi kashf etgan radiflarning zamondosh shoirlar ijodida faol takrorlanayotganiga faxriya tarzida qilgan edi. “Majolis un-nafois” asari sahifalariga nazar tashlasak, she’r ahli har bir yangi radifni alohida e’tibor bilan kutib olgani purma`no va latif radif sohibi hamisha e’zozlanib kelganining guvohi bo‘lamiz. Chunonchi, mazkur asarning Sulton Husayn Bayqaro ijodiga bag‘ishlangan sakkizinchi majlisida Navoiy o‘z do‘stining devonidagi yangi radiflarni alohida ta’kidlab o‘tadi. Jumladan: “Bu qofiya va radif hazrat sohibqironning ixtiroidurkim, hech nazm aytilmaydur va hech devonda bitilmaydur:



Download 324,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish