«ogahiyning poetik mahorati»


Mujarrad qofiyaning ikkinchi turi qisqa unlidan so‘ng kelgan undosh harf raviy vazifasini bajaruvchi qofiyalardir



Download 324,29 Kb.
bet11/41
Sana14.04.2022
Hajmi324,29 Kb.
#550932
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
Bog'liq
majmua Ogahiyning poetik mahorati

Mujarrad qofiyaning ikkinchi turi qisqa unlidan so‘ng kelgan undosh harf raviy vazifasini bajaruvchi qofiyalardir. Ularda istalgan undosh raviy bo‘lib kela oladi. Tavjih deb ataluvchi qisqa unli o‘rnida ham istalgan qisqa unlini qo‘llash mumkin. Ogahiy yengil va yoqimli ohang hosil qiluvchi bu xil qofiyalardan, ayniqsa, o‘z masnaviylarida keng foydalanadi. Bu janrda bitilgan jami 969 baytning 405 tasi, ya’ni 40 foizdan oshig‘i ushbu qofiya turi asosida bitilganligining o‘ziyoq shoirning mujarrad qofiyaning mazkur ko‘rinishga alohida e’tibor bilan qaraganligini ko‘rsatadi. Mujarrad qofiyaning ushbu turi Ogahiyning jami 574 lirik she’rining 111 tasida qo‘llangan bo‘lib, taxminan 20 fozini tashkil etadi.
Shoir o‘zining lirik she’rlarida, ayniqsa, tavjihi “alif”, aniqrog‘i, qisqa ”a” unlisi, raviysi esa ”r” undoshi bilan tugallanuvchi mujarrad qofiyalarga ko‘p murojaat qiladi. Bu xil qofiyalar Ogahiyning ijtimoiy-axloqiy mavzudagi g‘azal va ruboiylarida ham, tasavvuf falsafasiga bag‘ishlangan asarlarida ham keng qo‘llanadi. Uning
Talab yo‘lida azm aylar kishida bo‘lsa gar ixlos,
Murodi manzilg‘a bo‘lg‘usidir rohbar ixlos.
Gar desa lutf aylabon ul nozanin dilbar hadis,
Yuz o‘lukni tirguzur chiqg‘och labidin har hadis.
Mujdakim keldi bo‘lub haq lutfig‘a mahzar bahor,
Yor yuzin qildi bihisht oso safoparvar bahor
kabi ko‘plab baytlari misolida ushbu xil qofiya xususiyatlari ko‘zga yaqqol tashlanib turadi.
Ogahiy tavjihi ”alif”, raviysi esa ”mim” (”m”) bo‘lgan mujarrad qofiyalarga ham o‘z lirikasidan keng o‘rin bergan. Zero, bu xil qofiyalar ham she’rlarga sokin va serjilo ohang bag‘ishlaydi. Shoirning
Otashin ruxsoring ochsang, ahli olam o‘rtanur,
Ahli olam yo‘qki, mino rang toram o‘rtanur.

Ey, muallo borgohing arshi a’zam bo‘ldi, tut,


Xilvati xosing aro Jabriyl mahram bo‘ldi, tut

Zarra uchibon nayyiri a’zam bo‘lmas,


Yor bolish etib, avji falak xam bo‘lmas.
Inson aro nodon, biling hayvondur,
Hayvon necha zo‘r aylasa odam bo‘lmas
kabi qator baytlari ushbu qofiya imkoniyatlarini namoyish etgandi.

Download 324,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish