Yarali stomatit zaiflashgan bemorlarda rivojlanadi. Etiologik faktor – shilliq qavat bakteriyalarining simbiozi.
Yarali-nekrotik jarayon milkda, lunjda, tanglayda, murtaklarda oq-sariq rangdagi karashlar sifatida namoyon bo‘ladi.
Mikroskopik epiteliy qavatning chuqur defektlar hosil qilgan nekrozi va defektning tubidagi granulyasion to‘qima aniqlanadi.
Yarali stomatit
Surunkali stomatitda shilliq qavatning shikastlangan soxalarida epiteliy va stromaning biriktiruvchi to‘qima xujayralari proliferasiyaga uchraydi.
Stromada o‘choqli, lekin aksariyat xollarda diffuz limfositar infiltratlar rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |