DARSLIKKA
QO‘SHIMCHA SAVOL- JAVOBLAR
RIVOYAT VA AFSONALAR
1. Xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy nasriy janri? J: Rivoyat va afsona.
2. Hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi og‘zaki ijod turi nima? J: Rivoyat.
3. Tarixiy hodisalar va ayrim shaxslar b-n bog‘liq voqealar hikoya qilinadigan janr? J: Rivoyat.
4. U yoki bu voqea haqida xabar berish va uni tasdiqlash vazifasini o‘taydigan janr? J: Rivoyat.
5. Lutf va nazokat, aql va tadbir, ilm-ma’rifat, ezgulik kabi insoniy fazilatlar dag‘allik, manmanlik, nodonlik, jaholat, adolatsizlik va yovuzlikka qarama-qar-shi qo‘yiladigan janr? J: Rivoyat, ertak.
6. Rivoyatlar mavzusiga ko‘ra qanday turga bo‘linadi? J: 1. Tarixiy 2. Toponimik (joy nomlari b-n bog‘liq).
7. Tarixiy rivoyatlar kimlar haqida yaratilgan? J: To‘maris, Shiroq, A. Temur, Ulug‘bek, Ibn Sino, Beruniy, A. Navoiy, Mashrab.
8. Toponimik rivoyatlar nimalar haqida yaratilgan? J: Samarqand nomining kelib chiqishi, Olmaliq shahrining, Nurato ziyoratgohining kelib chiqishi va hakozalar haqida.
9. Xalq tarixi, uning estetik qarashlarini o‘rganishda zarur bo‘lgan og‘zaki ijod janri? J: Rivoyat.
10. Afsona so‘zining ma’nosi? J: Forscha “fusun” so‘zidan olingan bo‘lib, sehr-jodu degan ma’noni bildiradi.
11. Fantastika, sehr-jodu hamda hayotiy uydirmalarga asos bo‘lgan nasriy hikoya nima? J: Afsona.
12. Afsonalarning asosiy mavzusi nimalar? J: Osmon, yer, suv parilarining ishlari, devlar, yer yuzida odamning paydo bo‘lishi, olamning tuzilishi.
13. Afsonalar nimasiga ko‘ra sof mifologik afsonalar hamda tarixiy voqea va hodisalarni aks ettirgan afsonalarga bo‘linadi? J: Mavzusiga ko‘ra.
14. Sof mifologik afsonalar nimasiga ko‘ra oddiy bayon shaklida bo‘lib, ertaklarga xos ayrim belgilarga ega? J: Tuzilishiga ko‘ra.
15. Sof mifologik afsonalar? J: “Qayumars”, “Odami Od”, “Anbar ona”, “Hazrati Xizr”, “Erxubbi”.
16. Xizr kim? J: Mifologik timsol, cho‘l piri, hosildorlik homiysi.
17. Xalqning orzu-umidlarini ifoda etuvchi, uning manfaatlarini himoya qiluvchiqahramon kim? J: Hazrati Xizr.
18. Tarixiy voqea va hodisalar haqidagi afsonalar? J: “Devqal’a”, “Shirin qiz”, “Kalta minora”, “Ilon buzgan”, “Guldursin”.
“TO‘MARIS” AFSONALARI
1. Saqalar davlati qachon tuzilgan? J: 2700- yil oldin.
2. Eron shohi Kir qaysi suloladan? J: Ahmoniylar.
3. Saqalar Rusiyada nimalar deb atalgan? J: Skiflar.
4. Saqalar G‘arbiy Yevropada qaysi nom bilan tanilgan? J: Skitlar.
5. Turkiy xalqlarning birinchi davlati? J: Saqalar.
6. Massagetlar qayerda yashar edi? J: Kaspiy dengizining sharqidagi tekislik-larda.
7. O‘ratepaga Krishata deb o‘z nomini qo‘ygan kim? J: Eron shohi Kir.
8. “Tarix otasi” deb nom olgan “Tarix” kitobi muallifi kim? J: Herodot.
9. Herodotning “Tarix” kitobida To‘maris nomi qanday shakllarda uchraydi? J: “Tomaris”, “Tomris”, “Tamiris” va “Tamirida”.
10. “Is” qo‘shimchasini kimlar qo‘shgan? J: Yunonlar.
11. Hindlarning qaysi dostonida temirning shimoldan borganligi aytiladi? J: “Maxabxarat”da.
12. To‘maris haqida hikoya yozgan adib kim? J: Mirkarim Osim.
13. M. Osimning algebra faniga asos solgan Al-Xorazmiyning 1200 yilligiga bag‘ishlangan asari qaysi? J: “Aljabrning tug‘ilishi”.
14. M. Osimning Beruniy hayotidan hikoya qiluvchi asari? J: “Jayhun ustida bulutlar”.
15. M. Osimning A. Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan asari? J: “Zulmat ichra nur” qissasi.
16. Mirkarim Osimning Mashrab taqdirini hikoya qiluvchi asari? J: “Singan se-tor”.
17. Mirkarim Osimning tarix va badiiy ijodga qiziqishida kimlarning ta’siri katta bo‘lgan? J: Munavvarqori va Oybekning.
18. To‘marisning o‘g‘li Sparangizning qaylig‘i Zarina qaysi urug‘dan edi? J: Shak urug‘idan.
19. “To‘maris” hikoyasi qaysi voqeadan boshlanadi? J: To‘y tantanalari oldidan kelin Zarina va kuyov Sparangizning kurash tushishidan.
20. Sparangiz Kayxisrav tomonidan qanday qo‘lga olinadi? J: Ichimlik yorda-mida.
21. Quyosh xudosi nomi? J: Mihra.
22. Afsonadagi yaxshilik alomati deb qaysi voqea aytiladi? J: Osmonda burgut qanotlarini yoyib massagetlar ustida aylanishiga.
23. To‘maris qanday jang usulini qo‘llaydi? J: Dushmanni cho‘llarda sarson qilib, tinkasini quritish.
24. To‘maris tepalik ustida saf tortganda birinchi safda kimlarni qo‘yadi? J: Merganlarni.
25. Otliq qo‘shinga kim boshchilik qiladi? J: Zarina.
26. Kayxisravning boshini kesib keltirgan kim? J: Zarina.
27. To‘marisning yoshi nechada edi? J: 40 yoshdan oshgan.
28. Eri qachon vafot etgan edi? J: 1 yil oldin.
Do'stlaringiz bilan baham: |