QASIDA JANRI HAQIDA
1.Mashhur tarixiy shaxslar va voqealarni madh etuvchi tantanavor uslubdagi she’r nima deb ataladi? J: Qasida.
2. Qasidalar qanday qofiyalanadi? J: Xuddi g‘azallardek.
3. Mirzo Ulug‘bekni sharaflab 4 ta qasida yozgan kim? J: Shoir Sakkokiy.
4. A. Navoiy kimga bag‘ishlab qanday qasida bitgan? J: Do‘sti Husayn Boyqaroga “Hiloliya” qasidasini.
5. A. Navoiyning falsafiy qasidasi? J: “Tuhfatul afkor” (“Fikrlar sovg‘asi”).
6. Zamonaviy adabiyotimizda yaratilgan qasidalar? J: M. Shayxzoda “Tosh-kentnoma”, E. Vohidov “O‘zbegim”, A. Oripov “O‘zbekiston”.
7. Xalqimiz sha’ni va shavkatiga badiiy so‘zdan tiklangan muhtasham obida deb baholangan asar? J: Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |