Odob-axloq (moral) (lotincha “moralis” - axloqiy; “mores” - fe’l-atvorlar) odamning xulqini normativ tartibga solishning usullaridan biri, ijtimoiy ongning alohida shakli va ijtimoiy munosabatning korinishi hisoblanadi. Odobning bir nechta tavsiflari bor bolib, uning o’ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Odob-axloq jamiyatda odamlarning yurish-turishini tartibga solish usullaridan biri hisoblanadi. U o’zida kishilarning ushbu jamiyatda yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, loyiqlik va noloyiqlik haqida qabul qilingan tushunchalarga muofiq o’zaro munosabatlarining xususiyatini belgilavchi norma va tamoillarni ifodalaydi.
Odob-axloq talablariga rioya qilishlik ruhiy ta’sir kuchi bilan, jamoat fikri, insonning ichki ishonchi, vijdoni bilan ta’minlanadi.
Odob-axloqning o’ziga xosligi shundan iboratki, u odamlarning yurish-turishini hayotning barcha jabhalarida, ya’ni ish faoliyatidagi, oiladagi, kishilar o’rtasidagi va boshqa munosabatlarda tartibga solib boradi. Odob-axloq guruhlar va davlatlararo munosabatlarga ham joriy etiladi.
Odob-axloq tamoillari umumhususiyatga ega bo’lib, barcha insonlarni qamrab oladi, jamiyatning tarixiy rivojlanis jarayonida yaratiladigan o’zaro munosabatlari madaniyatining asosini mustahkamlaydi.
Insonning har qanday harakati, muomalasi turli mazmunda-huquqiy, siyosiy yoki boshqa bo’lishi mumkin, ammo uning xulqiy tomoni, axloqiy mohiyati bir xil daraja korsatkichida baholanadi.
Odob-axloq normalari jamiyatda an’analar kuchi, umumtanolingan va barcha tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan tartib-intizom, jamoatchilik fikri bilan qayta ishlanib boraveradi. Odob-axloq normalariga rioya qilinishi barcha tomonidan nazorat qilinadi.
Odob-axloqda javobgarlik ma’naviy va yuksak bo’ladi, yani xatti-harakatni qoralaydi yoki ma’qullaydi, axloqiy baho berish shaklida bo’lib odam avvalo anglab olishi, dildan qabul qilishi va bunga mos holda o’zining xatt-harakatlarini tartibga solishi va yo’naltirishi lozim bo’ladi. Bunday baho berish umume’tirof etilgan norma va tamoillarga, barcha tomonidan qabul qilingan zarur va zarur bo’lmagan, loyiq va loyiq bo’lmagan va boshqa tushunchalarga mos bo’lishi kerak.
Odob-axloq albatta insoniyatning turmushiga, insonniy ehtiyoji mohiyatiga bog’liq bo’ladi, ammo ijtimoiy va individual ong darajasi bilan belgilanadi.
Jamiyatda insonlarning xatti-harakatini boshqa shakllar qatorida odob-axloq ham ko’plab individlarning faoliyatlarini muvofiqlashtirishga, uni muayan ijtimoiy qonunlarga bo’yinsungan birlashgan umumiy faoliyatga aylantirishga xizmat qiladi.
Odob-axloq insonning amaliy faoliyatini jamiyatning va boshqa odamlarning manfaatlarini hisobga olish nuqtai nazaridan yo’naltiradi va tartibga solib boradi. Shu o’rinda odob-axloqning ijtimoiy munosabatlarga faol ta’siri individual xatti-harakatlar orqali amalga oshiradi.
Odob-axloqning tarbiyaviy vazifasi inson shaxsini shakllantirish uning o’z-o’zini anglashida ishtirok etadi.
Odob-axloq hayotning mazmuni va maqsadiga qarashlarning paydo bo’lishiga, inson tomonidan o’z qadr-qimmatini, jamiyat va boshqa odamlar oldidagi burchini, boshqalarning qadr-qimmati va huquqlariga hurmatning zarurligini anglab olishga xizmat qiladi. Odob-axloq bu -vazifasini insoniylik deb tavsiflash qabul qilingan. Odob-axloqning tartibga soluvchi vazifasi uning boshqa vazifalariga ham ta’sir ko’rsatadi.
Odob-axloq va huquqning o’zaro munosabati yuristlar uchun alohida qiziqish tug’diruvchi ushbu ijtimoiy ko’rinishlarni o’rganishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Odob-axloq insonning xatti-harakatini, faoliyatini normativ tartibga solishning asosiy turlaridan biridir. U insonlarning umumijtimoiy qonunlarga bo’ysunishini ta’minlaydi. Odob-axloq ushbu vazifani boshqa jamiyatda o’rnatilgan normalarni o’rganish va o’zlashtirishni ta’minlashga yo’naltirilgan ijtimoiy fanlar bilan birgalikda amalda bo’ladi.
Odob-axloq bu – ijtimoiy hayotni tartibga soluvchi zarur, o’zaro bog’liq va bir-biriga singib boruvchi tizimlardir. Ular jamiyat faoliyatiga turli xil xohish-istaklarni muvofiqlahtirish, insonlarni muayan qoidalarga bo’ysundirish yo’li bilan amalga oshiradi.
Axloq va huquq bitta ijtimoiy vazifani bajaradi, u ham bo’lsa jamiyatda insonlarning xatti-harakatlarini tartibga solishdan iborat. Ular murakkab tizimlarni tashkil etadi, qaysikim o’z ichiga ijtimoiy ongni (axloqiy va huquqiy), ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni, normativ sohani (axloqiy va huquqiy normalar) oladi.
Normativlik bu - insonlar xatti-harakatini tartibga solishga imkon beradigan axloq va huquqning xususiyatidir. Bu o’rinda ularning ob’ektlari ko’p hollarda mos keladi. Ammo ularni taribga solish o’ziga xos usullarda amalga oshiriladi.
Huquqiy normalarga rioya qilish huquqiy tag’dirlash, jazolash, shu jumladan davlat majburlavi, yuridik sanktsiya maxsus davlat apparati tomonidan amalga oshriladi. Axloqda esa faqat ruhiy sanktsiyalar bo’lib, ular ruhiy qo’llab quvvatlash yoki ruhiy jazolashdan iborat.
Ijtimoiy munosabatlarning birligi o’z-o’zidan huquqiy va axloqiy tizimlarning birxilligini belgilaydi. Axloq bilan huquq doimo o’zaro aloqada bo’ladi. Huquq axloqqa zid bo’lmaydi. O’z navbatida huquq axloqiy normalarning hakllanishiga ko’maklashadi.
Axloq va huquq insoniyatning ruhiy madaniyatining ajralas qismlaridir. Axloq va huquq bir turdaligi holatida ularning muayyan bir jamiyatda bu ijtimoiy tartibga soluvchilar o’rtasida farqlar ham borligini ko’ramiz.
Axloq va huquq quyidagilarda farqlanadi:
1) tartibsolishning ob’ektida;
2) tartibga solish usulida;
3) tegishli normalarning bajarilishini ta’minlash usullari, yani sanktsiya xususiyatlari bilan farqlanadi.
Huquq faqat ijtimoiy muhim xatti-harakatlarni tartibga soladi. Masalan, huquq insonning shaxsiy hayotiga aralashmaydi. Aksincha u bunday aralashishishdan qo’riqlaydi, himoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |