Tabiatni muhofaza qilish (ekologiya) funksiyasi – hozirgi kunda har qanday davlatning, umuman, butun jahon hamjamiyatining hayotiy muhim faoliyatidir. Atrof-muhit birgalikda yashash obyekti sifatida o‘ziga nisbatan o‘ta oqilona hushyor va baodob, sergak munosabatda bo‘lishni talab qiladi.
Hozirgi O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish maqsadiga qaratilgan qonunlarning keng ko‘lami ishlab chiqilgan bo‘lib, ularda odamlar va tabiiy muhitdan foydalanish sohasidagi turli tashkilotlarning faoliyati barqaror tar- tibga solingan (hayvonot dunyosi, atmosfera havosi, tabiiy resurslar va suvni muhofaza qilish to‘g‘risida qonunlar qabul qilingan). Atrof-muhitni muhofaza qilish borasida ishlab chiqilib, hozirda amal qilib turgan dasturlarda tabiiy muhit yaxlitligini va muvozanatini buzuvchilarga qarshi faol ta’sir choralarini ko‘rish, hatto tabiiy muhitni ifloslantiruvchi zararli chiqindi manbalariga to‘liq barham berishgacha bo‘lgan choralarni qo‘llash nazarda tutilgan.
2017-yil 21-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomil- lashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Unda ta’kidlanganidek, Respub- likada ekologik xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish soha- sida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish, ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar sog‘ligiga zararli ta’sirining oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, maishiy chiqin- dilarni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foy- dalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi;
atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy kom- plekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash va boshqalar1.
Mazkur farmon munosabati bilan 2017-yil 27-mayda Konstitutsiyaning 80, 93, 108 va 109-moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qonun qabul qilindi2. Qonunda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining maqomi va nomi o‘zgarganligi, u bundan buyon Vazirlar Mahkamasiga hisobot berishi munosabati bilan (ilgari ushbu qo‘mitaning raisi Senat tomonidan tayinlanar va Senatga hisobot berar edi) ushbu masalalar Senat vakolatidan chiqarilgan- ligi belgilandi.
Qayta tashkil etilgan Davlat qo‘mitasi shuningdek, ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni amalga oshirishga oid amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash;
Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hudud- lar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi us- tidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |