Hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan davlat organlari ichki tuzilishining mavjudligi. Davlat mexanizmining bir me’yorda ishlashini ta’minlash maqsadida davlat organlari, davlat muassasalari va davlat tashkilot- lari birgalikda faoliyat yuritadi va o‘z navbatida, ular ichki tarkibiy tuzilishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Davlat organlari – davlat funksiyalarini amalga oshirishda hokimi- yat vakolatiga ega bo‘lgan davlat mexanizmining asosiy bo‘g‘ini. Masalan, prokuratura, sud, ichki ishlar organlari va boshqalar hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlaridir.
Davlat tashkilotlari – bevosita ishlab chiqarish hamda ta’minot bilan shug‘ullanuvchi davlat idorasi hisoblanib, davlat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan funksiyalarni bajaradi. Mazkur tashkilotlarning asosiy qismini davlat o‘z monopoliyasida qoldiradi. Metro, tramvay, trolleybus, elektr energi- yasi tarmog‘ini boshqarish, aloqa tizimi shular jumlasidandir.
Davlat muassasalari – davlat organlari kabi hokimiyat vakolatiga ega bo‘lmagan, davlatning oldida turgan umumijtimoiy vazifalarni ba- jaruvchi idoralardir, masalan, kasalxonalar, maorif, teatr va boshqalar. Ushbu muassasalar hokimiyat vakolatiga ega bo‘lmasa-da, lekin jamiyat oldida turgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim vazifalarni baja- radilar.
Yuridik adabiyotlarda «davlat apparati» va «davlat mexanizmi» degan tushunchalar ko‘p uchraydi. Bu tushunchalar asosan bir xil ma’no va maz- munga ega. Lekin «davlat mexanizmi» kengroq tushuncha bo‘lib, unga davlat organlaridan tashqari, davlat apparati ishini tashkil qiluvchi va unga yordam beruvchi bo‘limlar, muassasalar ham kiradi. Ularga tayanib, davlat apparati o‘z faoliyati – davlat funksiyalarini amalga oshiradi. Masalan, O‘zbekiston Respub- likasi Ichki ishlar vazirligini davlat organi deb olsak, Ichki ishlar vazirligining oliy o‘quv yurtlari, tibbiyot, moliya-iqtisod boshqarmalari va shunga o‘xshash vazirlik faoliyatini tashkil qilishga yordam beradigan tashkilotlar uning muas- sasalari hisoblanadi.
Davlat hokimiyatini amalga oshirish jarayoni nuqtayi nazaridan «davlat mexanizmi» atamasini qo‘llash maqbulroqdir. Zero, «mexanizm» iborasi boy mazmunga ega bo‘lib, bunda hodisaning funksional jihati, harakatlanish ho- lati aks etadi. Shunga ko‘ra, agar «davlat apparati» iborasi orqali davlatning strukturasi, tarkibiy tuzilishi izohlansa, «davlat mexanizmi» iborasi ko‘magida davlat idoralari tizimining funksional jihati (xususiyatlari) tavsiflanadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, «davlat mexanizmi» atamasi davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmini yoki davlatning harakatlanish mexanizmini anglatadi.
2-§.
Davlat mexanizmi- (apparati)ning tashkil etilishi va
Davlat mexanizmi(apparati)ning tash- kil etilishi va faoliyat yuritishi muayyan rah- bariy g‘oyalar, qoidalar, ya’ni prinsiplar asosi-
faoliyati prinsiplari da amalga oshiriladi. Davlat mexanizmining
prinsiplari ularning to‘g‘ri faoliyat yuritishida
yo‘llanma beruvchi vazifani o‘taydi. Shuningdek, mazkur prinsiplar davlat ap- paratining harakat doirasi va mezonini belgilab beradi.
Davlat mexanizmi faoliyati va uni tashkil etishning asosiy prinsiplari:
Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati – davlat hokimiyatining uch asosiy tarmog‘idir. Davlat mexanizmini qurish muayyan obyektiv tamoyillar asosida amalga oshadi, bu esa jamiyatni davlat tomonidan idora etishning samaradorligini ta’minlash kafolati hisoblanadi. Qonun chiqarish va ijro etish vakolatlari ayni bir shaxs qo‘lida yoki ayni bir idora ixtiyorida jamlangan bo‘lsa, erkinlik mavjud bo‘lmaydi, zero, monarx yoki senat noto‘g‘ri qonunlar qabul qilishi va ulardan
johillarcha foydalanishi mumkin.
Hokimiyatlar taqsimlanishining yuridik ma’nosi buyuk fransuz ma’rifatparvari Sh.L. Monteskyening «Qonunlar ruhi haqida» asarida shunday izohlangan: adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki aksincha, bir-biriga tobe bo‘lmagan uchta hokimiyat: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mavjud bo‘lishi shart. Ularning har qanday ko‘rinishda biron-bir organ yoki shaxs qo‘lida mujassamlanishi umumiy manfaatlarga putur yetka- zadi, suiiste’molliklarga olib keladi va shaxsning siyosiy erkinligi bilan aslo kelishmaydi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning bir qo‘lda birlashtirilishi qonunning ustun bo‘lishiga zarar yetkazadi, bordi-yu, sudyalar faqat sudlov bilan mashg‘ul bo‘lmay, qonun yaratish ishi bilan shug‘ullansalar, u holda insonlar hayoti nohaqlik qurboniga aylanishi mumkin1.
Hokimiyatlar taqsimlanishi uch jihat yoki uch darajada: funksional, in- stitutsiyaviy va shaxsiy darajada namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |