Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet102/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Demokratizm prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati) tashkil etili- shi demokratik prinsip asosida amalga oshiriladi. Chunki, davlatning qonun chiqaruvchi organlari xalq tomonidan saylash orqali tashkil etiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 135 nafar deputat O‘zbekiston xalqi tomonidan yashirin ovoz berish asosida saylanadi, 15 nafar deputat O‘zbekiston Eko harakatidan saylanadi va shu demokratik tar- tibda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi shakllantiriladi. Xuddi shu kabi Oliy Majlisning yuqori palatasi bo‘lgan Senat ham xalq vakillarining ishtirokida tashkil etiladi. Senatdagi mavjud 100 nafar senatorning 16 nafarini Prezident tayinlasa, 84 nafari viloyat, Toshkent shahar va Qoraqolpog‘iston Respublika- sidan 6 nafardan mahalliy vakillik organlari deputatlari yig‘ilishida saylanadi. Mahalliy joylardagi Xalq deputatlari Kengashlari ham demokratik saylov aso- sida shakllantiriladi.

Ijro etuvchi hokimiyat – Hukumat ham xalq tomonidan saylangan Pre- zident taqdimiga binoan Oliy Majlis tomonidan tashkil qilinadi. Oliy sud va Konstitutsiyaviy sudlarning raisi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, sudyalari ham Oliy Majlisdagi xalqning vakillari bo‘lgan senatorlar tomonidan saylanadi. Davlat mexanizmi (apparati) xalqning ishtirokida shakllantiriladi, xalq hokimiyatini ifodalaydi, u ham o‘z faoliyatida faqatgina xalq manfaatlariga

xizmat qiladi.

Pog‘onama-pog‘ona bo‘ysunish (iyerarxiya) prinsipi. «Ierarxiya» – bir- biriga o‘zaro bo‘ysunuvda bo‘lish degan ma’noni anglatadi. Ierarxiya – pog‘onama- pog‘ona, piramida, o‘zaro bo‘ysunuvdagi kabi so‘zlar bilan bir ma’noni anglata- di. Pog‘onama-pog‘ona joylashish prinsipining mazumuni shundaki, u davlat organlari tuzilishining bir shakli bo‘lib, yuqori davlat organlarining vakolatlari quyi organlarining vakolatlariga nisbatan ko‘proq hamda ular quyi organlarning faoliyatiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy davlat organlarining qarorlari mamlakat- ning butun hududida quyi turuvchi barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishi Vazirlar Mahkamasi hamda mahal-


liy davlat hokimiyati organlari uchun majburiy ahamiyatga ega. Shuningdek, tuman hokimi chiqargan qarorni viloyat hokimi, viloyat hokimining qarorini Prezident va Bosh vazir bekor qilishga haqli.

Oshkoralik prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati)ga kiruvchi organlar o‘z faoliyatini oshkoralik tamoyili asosida amalga oshiradilar. Qonun chiqaruvchi organ – parlament faoliyati jarayonida qabul qilinayotgan qonunlar loyihasini yoki qabul qilgan qonunlar matnini ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa e’lon qilinishi hamda xalqning qonunlardan xabardor etilishi oshkoralikning ifodasidir. Shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat tomonidan qabul qilingan farmoyish va qarorlarning to‘plamlarda chop etilishi hamda sud organlari to- monidan chiqarilgan hukmlar (davlat va oila siri bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bundan mustasno) va qarorlar haqida ma’lumotlar bilan ham xalqning tanishishi uchun ochiq bo‘lishi ham oshkoralik belgisidir. Oshkoralik davlat mexanizmi (apparati) faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi lozim. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari davlat apparati faoliyati haqidagi kundalik axborot- ni doimiy ravishda e’lon qilib turishi, xalqning jamiyatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lib turishi maqsadga muvofiq sanaladi.

Ayni vaqtda, davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Omma- viy axborot vositalari aholining talab va ehtiyojlarini hokimiyat idoralariga yet- kazishning muhim va ta’sirchan vositasiga, xalqning eng yaqin ko‘makchisi va hamdardiga, demokratiya ko‘zgusiga aylanishi zarur. Hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyatiga tanqidiy va xolis baho berish, turli sohalardagi kamchiliklar, dolzarb muammolarni dadil ko‘tarib chiqish ular faoliyatida asosiy mezon bo‘lishi kerak1.

Qonuniylik prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati)ning tashkil etilishi qo- nun yo‘li bilan amalga oshiriladi. Davlat apparatining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan qonun chiqaruvchi organ – Oliy Majlis, ijro etuvchi organ – Vazirlar Mahka- masi va sud organlari – Oliy sud va Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari qabul qilingan. Mamlakatimizdagi barcha davlat organlari qonun asosida tashkil etilib, qonun asosida faoliyat yuritadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. O‘zbekiston Respublikasida qonundan tashqari, nooshkora, maxfiy va harbiy tashkilotlar tuzish taqiqlangan. Shuningdek, davlat organlari o‘z faoliyatini qonun asosida amalga oshirishi shart. Har qanday davlat organlari- ning qonunlarda belgilab qo‘yilgan vakolatlardan chetga chiqishi mumkin emas.




1 Mirziyoyev Sh. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevori. /Xalq so‘zi, 2017-yil 8-dekabr.
Professionalizm prinsipi. Davlat apparati xizmatchilari o‘z sohalarining yetuk mutaxassislari bo‘lib, ular maxsus malaka va bilimga, yetarli tajriba va amaliy uquvga ega bo‘lgan xodimlar hisoblanadi. Davlat apparatida xizmat qilayotgan xodimlar dastlab mazkur soha bo‘yicha quyi organlarda xizmat qil- gan, ushbu sohada boy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis xodim bo‘lishi shart. Kollegiallik va yakkaboshchilikning birgaligi prinsipi. Davlat appa-

rati organlari o‘z faoliyatini kollegiallik va yakkaboshchilik asosida amalga oshiradilar. Kollegiallik jamoaviy boshqaruv hisoblanib, Oliy Majlis quyi pala- tasi deputatlari va yuqori palatasi senatorlarining xizmat faoliyatida yaqqol ko‘rinadi. Chunki ushbu organlar bamaslahat, muhokama tarzida bir-biri bilan hamkorlikda masalalarni hal etadilar. Masalan, Oliy Majlis qonun qabul qilish- da bahamjihat ish tutadi. Yakkahokimlik yoki yakkaboshchilik prinsipida esa, masala kollegiallikka o‘xshash umum irodasining ro‘yobga chiqishi bilan emas, balki xizmat sohasi yoki bo‘lim boshlig‘ining yakdil fikri asosida hal qilinadi. Masalan, Bojxona qo‘mitasi raisining tegishli masala yuzasidan yakka tartibda buyruq chiqarishi, Vazirning buyrug‘i va hokazo.



Saylanish va tayinlanishning uyg‘unligi. Davlat mexanizmi (appa- rati)ning tashkil etilishi saylanish va tayinlanish orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida oliy vakillik organlari Qonunchilik palatasi depu- tatlarining barchasi, Senat a’zolarining aksariyat qismi, Oliy sud organlarining rais va o‘rinbosarlari saylash orqali tegishli vakolatga ega bo‘ladilar. Ijro etuvchi or- ganlarning barchasi tayinlash tartibida shakllantiriladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti vazirlar va hokimlarni lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.

Davlat mexanizmi (apparati)ga kiruvchi organlar yuqorida qayd etib o‘tilgan prinsiplar asosida tashkil etiladi hamda ular o‘z faoliyatini mazkur prinsiplar asosida amalga oshiradilar.

Davlat mexanizmi bilan davlat funksiyalarining uzviy aloqadorligi davlat mexanizmi (apparati) ni tarkibiy-funksional tahlil etish imkonini beradi. Tarkibiy- funksional yondashuv umumiy tizimli tahlil uslubining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, davlatning tarkibi va funksiyalarini uzviy bog‘liqlikda o‘rganishga ko‘maklashadi. Shunga ko‘ra, davlat mexanizmining tuzilishi u bajaradigan vazifa va funksiyalar samaradorligi nuqtayi nazaridan baholanadi.

Hozirgi O‘zbekiston davlati mexanizmining tarkibiy-funksional tahlili unga kiruvchi tarkibiy qismlarning, ya’ni davlat organlarining roli va o‘rnini aniq tasavvur etishni anglatadi. Davlat organlarining Konstitutsiya va qonun- larda belgilangan maqomi (tarkibiy yondashuv) ularning zimmalaridagi davlat funksiyalarini bajarish jarayoni va xususiyatlari bilan uyg‘un tarzda (funk- sional yondashuv) tahlil etiladi.

9–18-8


3-§.
Davlat organi tushunchasi va turlari


Davlat mexanizmining dastlabki va eng muhim tarkibiy elementi davlat organidir.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish