Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet89/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Iqtisodiy funksiya davlat tomonidan mamlakat iqtisodiyotini eng maqbul sharoitda rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari ishlab chiqilishi va muvofiqlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sha- roitida amal qiluvchi huquqiy davlatda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ma’muriy usullar vositasida emas, asosan iqtisodiy uslublarda amalga oshiriladi. Bunday davlat uchun mulkdorning erkinlik va mustaqillik huquqi xos bo‘lib, bu huquqlar ijtimoiy boyliklarni, (moddiy ne’matlarni) yaratuvchi- larning ham, ularni iste’mol qiluvchilarning ham bir xilda tengligi va mustaqil- ligini ta’minlaydi.

Davlat tomonidan tartibga solishning ikki asosiy iqtisodiy uslubi mavjud:

  1. muayyan va birmuncha qattiq soliq siyosati, bunday siyosat davlatga o‘z oldida turgan ijtimoiy vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish, shuningdek jami- yat ishlab chiqaruvchi kuchlarini yanada mutanosib rivojlantirish maqsadida milliy daromadning muayyan qismini qayta taqsimlash imkonini beradi;

  2. iqtisodiyotning butun jamiyat uchun eng ko‘p foyda ko‘riladigan ustu- vor tarmoqlarini rivojlantirish orqali xo‘jalik yuritish uchun eng ma’qul shart- sharoitlarni yaratish.

Mustaqillik qo‘lga kiritilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasida soliq solishning sekin-asta bir modelidan ikkinchisiga o‘tildi. 2008-yilning 1-yan- varidan e’tiboran yangi, ancha liberallashtirilgan Soliq kodeksining amalga kiritilganligi fikrimizga dalildir.


Hozirgi zamon demokratik davlatining iqtisodiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarga ega:

    1. Butun jamiyat iqtisodiy hayotiga davlatning ta’siri. Bunday ta’sir davlat tomonidan budjetning shakllantirilishi va budjet sarf-xarajatlari ustidan nazoratning amalga oshirilishi, mamlakat miqyosida iqtisodiy rivojlanish dastur- lari ishlab chiqilishi, sanoat va ilmiy tadqiqot dasturlarining moliyalashtirilishi hamda ishlab chiqarishni rag‘batlantirish uchun moddiy boyliklar yaratuvchi- larga subsidiyalar berishda o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiy jarayonlarning davlat tomonidan tartibga solinishida davlat hokimiyatining yuqori va mahalliy or- ganlari, shuningdek ixtisoslashtirilgan muassasalar ishtirok etadi.

Mahalliy davlat organlari ham iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ular mahalliy budjet uchun ko‘proq mablag‘ olish maqsadida o‘ziga qarashli hududda kapital oqimi va biznesni rivojlantirishni ta’minlaydi. Mahalliy hokimiyat organlari tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, o‘z hududlariga yangi kom- paniyalarni jalb etish orqali infratuzilmani rivojlantiradilar, ishsizlik muammo- sini hal etadilar. Bunday vazifalarni amalga oshirish uchun soliqlar va mahalliy yig‘imlar mexanizmidan foydalaniladi, qurilish uchun yer maydonlari ajratiladi, yangi ishlab chiqaruvchilarni moliyalashtirish uchun obligatsiyalar chiqariladi. Davlatning iqtisodiy funksiyasi asosan tartibga solish, rag‘batlantirish, tavsiyalar berish kabi harakatlardan iboratdir, biroq bu boradagi faoliyat uchun taqsimlash yoki taqiqlash mexanizmlarini ishlab chiqish mutlaqo yotdir.

Davlatning iqtisodiy faoliyati iqtisodiyotning davlat sektorida (davlat korxonalari, muassasalari va idoralarida) bevosita xo‘jalik rahbarligining amalga oshirishda ham o‘z ifodasini topadi. Bu o‘rinda davlatning o‘zi ishlab chiqarish vositalarining mulkdori, moddiy boyliklar va xizmatlarni yaratuvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Iqtisodiyotning ushbu sektorida tarkib topadigan iqtisodiy munosabatlarga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish uslublari mamlakatda iqti- sodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishning umumiy uslublaridan jiddiy farq qilmaydi.



    1. Moliyaviy nazorat funksiyasi ishlab chiqaruvchilarning daromad- lari davlat tomonidan aniqlanishi va hisobga olinishida o‘z ifodasini topadi. Qonunga binoan bunday daromadlarning muayyan qismi ijtimoiy va boshqa umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun davlat budjetiga soliqlar tarzida yo‘naltiriladi. Davlat soliqlarning to‘g‘ri sarf qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Daromadlar va xarajatlar ustidan oliy darajadagi moliyaviy nazorat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti huzuridagi Hisob palatasi vakolatiga kiradi. Joylarda ushbu vazifalarni mahalliy davlat hokimiyati or- ganlari bajaradilar. Moliya vazirligi bunday nazoratni amalga oshirishda zarur huquqlarga ega.

Moliyaviy nazoratning o‘ziga xos funksiyalari soliq va bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu organlar moddiy boyliklarning davlat chegarasidan olib o‘tilishi ustidan nazorat qiladilar hamda bojxona yig‘imlari va bojlarini, shuningdek soliqlar va boshqa umumiy majburiy to‘lovlarni undira- dilar. Davlat chegarasidan bojxona idoralarining nazorati ostida o‘tkaziladigan tovarlar va mol-mulkdan undirilgan pul yig‘imlari davlat daromadiga o‘tkaziladi. Samarali moliyaviy nazorat davlatga muayyan mablag‘ to‘plash imkonini beradi. Bunday mablag‘ to‘plashdan ko‘zlangan maqsad ulardan yana jamiyat

manfaatlari yo‘lida foydalanishdir.



  1. Download 1,16 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish