Elitar nazariya. Bu nazariya XX asrda keng tarqaldi. Uning tarafdor-
lari fikricha, keng xalq ommasi davlat hokimiyatini amalga oshirish va jami- yatni boshqarishga qodir emas, shu bois davlat hokimiyati jamiyatning yuqori qismiga – elitaga tegishli bo‘lishi lozim. Va har safar hokimiyat tepasida bir elita ikkinchi elitani almashtirib turadi.
Elitalar turli belgilari (kelib chiqishi, ma’lumoti, tajribasi, qobiliyati kabilar)ga qarab aniqlanadi. Bunda elita saflari xalq ommasi hisobiga, ularning eng qobiliyatli vakillari bilan to‘ldirib borilishi mumkinligi ham nazarda tutiladi. Buning ustiga mazkur nazariyaning hozirgi tarafdorlari bir qancha elitalar mavjud bo‘lib, ular hokimiyat uchun kurash olib borishi, biroq, xalq o‘z saylov huquqidan foydalanib, ular faoliyatini nazorat qilishi mumkin, deb ta’kidlaydilar.
Shubhasiz, ushbu nazariyaning nuqsonlari ham mavjud. Chunonchi, aho- lini hokimiyat ishlaridan chetlashtirishni targ‘ib qiladi, hokimiyatning sinfiy tabiati butunlay inkor etiladi. Lekin ushbu nazariyaning ijobiy tomonlari ham yo‘q emas. Haqiqatan ham, hokimiyat ishlarini olib borish amalda kishilarning g‘oyat cheklangan doirasi – deputatlar, davlat mahkamasi xodimlari tomonidan bajariladi. Muhimi, mazkur kishilar chindan ham xalq, turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini ifoda etishlari kerak. Shu jihatdan xalq saylagan va o‘z nomidan vakil qilgan kishilarning elita xarakterini, ular faoliyati ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash zaruratini tushunish mumkin.
Texnokratik nazariya. Mazkur nazariya XX asrning 20-yillarida vu-
judga kelib, 60-70-yillarda ancha keng tarqaldi. Uning tarafdorlari orasida
T. Veblen, D. Barnxeym, G. Saymon, D. Bell va boshqalar bor edi. Umuman ushbu nazariya elitar nazariyasiga juda o‘xshab ketsa-da, zamonaviy voqelikni hisobga olishi bilan ajralib turadi.
Bu nazariyaga ko‘ra, jamiyatni mutaxassis-boshqaruvchilar, menejerlar idora etishlari lozim (ko‘pincha amalda ham shular boshqaradilar). Aynan ular jamiyatning haqiqiy ehtiyojlarini, uning eng maqbul rivojlanish yo‘llarini, buning uchun zarur vositalarni aniqlashga qodir. Bu boshqarishni ilmiy asosda olib borish imkonini beradi hamda jamiyatning ildam rivojlanishini ta’minlaydi.
Mazkur ta’limot g‘oyalaridan nafaqat davlatning mohiyati balki uning boshqa jihatlariga tegishli bo‘lgan boshqa nazariyalarda ham foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |