Markscha nazariya, aniqrog‘i tarixiy – materialistik nazariya davlat- ning mohiyati masalasiga sinfiy yondashuvni taklif etadi. Uning asosida tarixiy materializm va sinfiy kurash g‘oyasi yotadi. Mazkur ta’limot namoyondala- rining isbotlashicha, davlat (siyosiy) hokimiyati iqtisodiy jihatdan hukmron bo‘lgan sinfga tegishli bo‘lib, faqat uning manfaati yo‘lida amalga oshiriladi. Shu sababli, davlat mohiyati sinfiy nuqtayi nazardan ta’riflanib, davlat iqtisodiy hukmron sinfning siyosiy hokimiyatini ta’minlab, mazlum sinf ustidan amalga oshiriladi, uning qarshiligini bostirish quroli (diktatura) hisoblanadi. Diktatura – bu hech qanday qonun bilan cheklanmagan va zo‘ravonlikka, majburlashga, kuchga tayanadigan hokimiyatdir.
Sinfiy yondashuv tarixda ro‘y bergan, yashab o‘tgan quldorlik, feodal, kapi- talistik, sotsialistik davlat tiplarining mohiyatini ta’riflash uchun qo‘llanilishi mumkin. Uni hozirgi demokratik yo‘nalishdagi davlatlar mohiyatini izohlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi. Demokratik rivojlangan mamlakatlarda davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni kelishtiruv asosida hal etish quroli – vositasiga aylanib bormoqda. Zamonaviy davlatlarni ta’riflab, O‘zbekiston Respublikasining Bi- rinchi Prezidenti I. A. Karimov shunday degan edi: «Demokratiya sharoitida davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo‘rlik va bostirish yo‘li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanadi»1.
Umumfarovonlik davlati nazariyasi. Bunday nazariya ikkinchi jahon
urushidan keyin vujudga kelgan bo‘lib, davlatning ijtimoiy hayotga aralash- masligiga oid oldindan mavjud ta’limotga qarshi chiqadi. Bunda huquqbuzarlik holatlari istisno etiladi («Davlat – tungi qorovul» nazariyasi). Uning mohiyati 30-yillarda D. Keyns tomonidan ta’riflab berilgandi. D. Myurdal, A. Sigu, K. Boulding, V. Mund va boshqalarning asarlarida bu nazariya yanada rivojlan- tirilgan.
Mazkur nazariyaning bosh g‘oyasi shundan iboratki, unda davlat barcha sinflardan ustun turib, aholi barcha qatlamlari manfaatlarini ifodalaydi, umum- farovonlikni ta’minlaydi. Rivojlangan mamlakatlarning aholi turmush darajasi- ni yuksaltirish, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda yirik davlat dasturlarini amalga oshirishdagi ulkan muvaffaqiyatlari ushbu nazariyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Mazkur nazariya davlat faoliyatining asosiga inson manfaatlarini qo‘yish bilan har bir shaxsning qadr-qimmatiga e’tiborni jalb etadi.
Bizning nazarimizda, ushbu nazariyaning ijobiy jihatlari umuminsoniy qadriyatlar, inson manfaatlari va huquqlari ustuvorligi uning asosiga qo‘yilganligi bilan belgilanadi. Uning kamchiligi esa, nimalar va kimlar evaziga bunga
1 Karimov I.А. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. – T.: «O‘zbekiston», 1996. – 20-bet.
erishish mumkinligini ko‘rsatib bera olmaganidadir. Mabodo, ekspluatatsiya markazini yarim mustamlaka va rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chirish nazarda tutiladigan bo‘lsa, bunday «farovonlik» nazariyasining e’tiborni tortishi amri mahol1.
Do'stlaringiz bilan baham: |