Inkorporatsiya – qonunchilikni tizimlashtirishning bir turi bo‘lib, bun-
da qonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari, farmoyishlar va boshqa normativ- huquqiy hujjatlarning mazmuniga hech qanday o‘zgartirish kiritmay, alifbo, xronologik, mavzu bo‘yicha va boshqa tarzda tizimga solib nashr etiladi.
Qonunlarni inkorporatsiya qilish orqali tizimlashtirish deyarli barcha davlatlarda amalga oshiriladi. Ular ko‘p jildli holda nashr etilib, qonun- larning chiqarilgan vaqtiga qarab (xronologik), alfbo tartibida va boshqa sifat hamda belgilariga qarab joylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab chiqarilgan qonunlarni
«O‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlari» degan ko‘p jildli xronologik
to‘plam sifatida nashr etib keldi. Endilikda, «O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami» nashr qilinmoqda.
Inkorporatsiyaning uch turi mavjud:
rasmiy inkorporatsiya – qonunchilik hujjatlarini ularni chiqargan or- ganlar tomonidan to‘plam va majmua shaklida tizimlashtirish;
norasmiy inkorporatsiya – bunda tizimlashtirilgan to‘plamlar tuzish unga maxsus vakolatli bo‘lmagan idora va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi (masalan, yuridik nashriyotlar tomonidan yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan tizimlashtirish);
d) ofitsioz inkorporatsiya – qonunchilik hujjatlarining ularni tizim-
lashtirish vakolatiga ega bo‘lgan idoralar tomonidan to‘plam yo majmua qilib chiqarilishi (odatda, bunday tizimlashtirish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi).
Qonunlar majmuini tuzish, qonunlar va boshqa muhim normativ-
huquqiy hujjatlarni to‘plab, qat’iy tartib asosida mavzuli (predmetli) tizim- lash – inkorporatsiyaning eng yuqori ko‘rinishidir.
Konstitutsiya asosida mamlakat qonunlari majmuini tayyorlash va chop etish qonunlar mazmunini aholiga yetkazish, fuqarolarning huquq va erkin- liklarini qo‘riqlashni kuchaytirish, davlat va jamiyat hayoti huquqiy negizini mustahkamlashga, ommaning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni jamlash (konsolidatsiya qilish) usuli
qonunchilikni tizimlashtirishga yaqin turadi. Qonunchilikni jamlash normativ- huquqiy hujjatlarni tizimlashtirishdan oldin, dastlabki bosqich sifatida may- donga chiqadi. Bunda u yoki bu masalaga oid huquqiy hujjatlar to‘planadi, birlashtiriladi hamda umumlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |