Huquq sohalariga ko‘ra, ya’ni huquq normalarining muayyan huquq sohasiga tegishliligiga qarab huquqiy munosabatlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
davlat-huquqiy (konstitutsiyaviy) munosabatlar; fuqaroviy-huquqiy munosabat- lar; jinoiy-huquqiy munosabatlar; mehnat-huquqiy munosabatlari; moliyaviy- huquqiy munosabatlar va hokazo. Shuningdek, mazkur tasniflash doirasida moddiy va protsessual huquqiy munosabatlar; xususiy-huquqiy hamda omma- viy-huquqiy munosabatlar haqida gapirish lozim.
Huquqiy munosabatlar o‘z mazmuniga ko‘ra, tartibga soluvchi
(regulyativ) va qo‘riqlovchi (negativ) turlarga ajratiladi. Bu yerda tasniflash mezoni – huquqning dinamik va statik, ya’ni tartibga soluvchi funksiyalaridir. Tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar huquq subyektlarining mo‘tadil xulq- atvori, ya’ni huquqqa muvofiq xatti-harakatlari natijasida yuzaga keladigan munosabatlardir. Qo‘riqlovchi huquqiy munosabatlar – huquqbuzarlik sodir etish va buning uchun jazo tarzida davlat majburlov chorasini qo‘llash zaruriyati asosida kelib chiqadigan munosabatlardir.
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
tengligi yoki hokimlik-bo‘ysunish (iyerarxik) tarzidaligiga qarab bu munosabatlar farqlanadi. Tomonlar huquq va majburiyatlarining tengligiga asos- langan (avtonom) huquqiy munosabatlar, masalan, fuqaroviy-huquqiy, oilaviy- huquqiy munosabatlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Hokimlik va bo‘ysunish (ya’ni, avtoritar) mazmunidagi huquqiy munosabatlar, jumladan, jinoiy-huqu- qiy, ma’muriy-huquqiy munosabatlar shaklida bo‘ladi. Bunda bir taraf ustuvor huquqqa, hokimiyat vakolatlariga ega. Ikkinchi taraf esa, bo‘ysunish holatida bo‘lib, asosan majburiyat o‘taydi.
Adabiyotlarda kompleks huquqiy munosabatlar haqida ham so‘z yuritiladi. Bunday munosabatlar uzoq davom etuvchi, nisbatan turg‘un, mu- rakkab tarkibli bo‘lib, ulardagi o‘zaro huquq va majburiyatlar ko‘p qirraliligi bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu turdagi munosabatlarga er-xotin o‘rtasidagi yoki korxona ma’muriyati bilan xodim o‘rtasidagi munosabatlar va boshqalar mi- sol bo‘la oladi. Kompleks huquqiy munosabatlar, o‘z navbatida, bir necha oddiy huquqiy munosabatlarga bo‘linadi. Kompleks huquqiy munosabatlar ular tarkibiga kiruvchi oddiy huquqiy munosabatlardan o‘zining vujudga keltiruv- chi, o‘zgartiruvchi va bekor qiluvchi asoslariga (yuridik faktlarga) ko‘ra farq qiladi.
Huquqiy munosabatlar umumiy va aniq (konkret), mutlaq va nisbiy
Do'stlaringiz bilan baham: |