huquqiy munosabat – huquq normalarining insonlar xulq-at- voriga ta’siri natijasida vujudga keladigan munosabat. Huquq normasi bilan huquqiy munosabat o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud. Hayotda faqat yuri- dik normalarda nazarda tutilgan huquqiy munosabatlargina mavjud. Kishilar o‘rtasidagi muayyan munosabatlarga huquqiy norma qo‘llanilgach, ular huquqiy munosabatlarga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibga solinishini ixtiyoriy hodisa emas, balki qonuniyatli jarayon deb tushunish lozim. Buning sharti shuki, huquqiy normalar tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlardan, bevosita huquqiy voqelikdan kelib chiqishi kerak, chunki huquqiy normalar munosabatlarni tug‘diruvchi sabab bo‘lishdan avval ushbu munosabatlar ichki rivojlanishning oqibati, ularning zaruriy, mohiyatiga oid maxsus belgisi bo‘lganligidir1.
huquqiy munosabat – bu kishilarning o‘zaro subyektiv huquq-
lar va yuridik majburiyatlar vositasidagi aloqalaridir. Bu ijtimoiy alo- qaning alohida shakli. Ya’ni, huquq normalari bilan mustahkamlangan huquq va majburiyatlar orqali amalga oshadigan aloqadir. Subyektiv huquq egasi – huquqdor, vakolatli shaxs; yuridik majburiyatlar egasi – majburiyat o‘tovchi shaxsdir. Har qanday huquqiy munosabatda huquqdor shaxs qarshisida maj- buriyat o‘tovchi shaxs (inson, tashkilot, davlat idorasi) hozir bo‘ladi. Xuddi shu ma’noda huquqiy munosabat individuallashgan (ya’ni, shaxsi aniqlangan) aloqa hisoblanadi.
Shaxsini belgilash nomma-nom va ijtimoiy vazifani bajarishdagi roliga
qarab ikki ko‘rinishda bo‘ladi.
Shaxsini nomma-nom belgilashda huquq sohiblari o‘z ismi-shariflari, tashkilotlar esa, o‘zlarining to‘liq unsurlari bilan nomlanadilar. Masalan, nikoh
1 Дудин А.П. Диалектика правоотношения. – Саратов, 1984. – 13-bet.
munosabatlariga kirishuvchi shaxslarning aniq ism-shariflari ifoda etiladi. Yoki mahsulot yetkazib berish, yuk tashib berish munosabatlariga kirishgan tashki- lotlarning barcha unsurlari, to‘liq nomlanishi va boshqa muhim belgilari aniq ko‘rsatiladi.
Ikkinchi holatda subyektlarni nomma-nom yoki unsurlar(rekvizitlar)ga qa- rab belgilash talab etilmaydi. Faqat ularning ijtimoiy roli, vazifasi ta’kidlanadi. Masalan, oldi-sotdi munosabatlarida bir tomon-sotuvchi, ikkinchi tomon – xaridor. Yoki ma’muriy huquq buzilishi munosabatlarida bir tomonda-militsiya xodimi, ikkinchi tomonda – fuqaro va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |