Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet66/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

viy hokimiyatning amalga oshirilishi. Davlat tuzumigacha bo‘lgan kishilik jamiyatida individning u yoki bu uruqqa mansubligi qon-qarindoshlik asosida aniqlanardi. Buning ustiga, qat’iy belgilangan hududiga ega bo‘lmagan urug‘ jamoasi u yerdan-bu yerga ko‘chib yurardi. Davlatga uyushgan jamiyatda esa, aholining urug‘chilik asosida uyushishi o‘z ahamiyatini yuqotdi. Uning o‘rnini hududiy asosda uyushish prinsipi egalladi. Davlat qat’iy chegaralangan hudud- ga ega bo‘lib, uning suveren hokimiyati faqat shu hududga tatbiq etiladi, unda yashaydigan aholi esa, yuzaga kelgan davlatning fuqarosiga aylanadi. Shunday qilib, yangi huquqiy institut – fuqarolik tobeligi paydo bo‘ladigan davlatning makondagi sarhadlari suveren hudud hisoblanadi. Ko‘rinib turibdiki, «Davlat jamiyatning siyosiy-hududiy tashkilotidir. Davlat hududi – muayyan davlat suvereniteti ostida bo‘lgan, tarixiy voqelik, xalqaro bitimlarga muvofiq o‘rnatiladigan va mustahkamlanadigan hududdir»1.

Davlat hududi – uning yurisdiksiyasi tarqaladigan makon. Davlat o‘zining tegishli hududida suveren hokimiyatini amalga oshiradi va ularni boshqa dav- latlar va ayrim guruhlarning hujumidan himoya qilish huquqiga ega. Muayyan davlatning tegishli qonunlari faqat o‘sha davlatning belgilangan hududida amal qiladi, boshqa davlatlar esa, undan mustasno hisoblanadi. Zero, qonunlarni makonda amal qilishi prinsipining mohiyati va mazmuni ham shundadir.

Hudud, odatda, ma’muriy hududiy deb ataladigan maxsus bo‘linishga

ega bo‘ladi. Masalan, 1991-yil 20-noyabrda Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashqari, viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlar, qishloqlar,




1 Qarang: Раянов Ф.М. Проблемы теории государства и права (юриспруденции). – М., «Право и государство». 2003. – 112-bet.
ovullar va shaharchalar ham O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy qismlari hisoblanadi. O‘zbekiston o‘z yurisdiksiyasini mazkur hududlarda amal- ga oshiradi. Davlat aholini ma’muriy-hududiy birliklarga ajratib, o‘z hokimi- yatini ma’muriy-hududiy prinsip asosida amalga oshiradi.

Respublikamiz Markaziy Osiyoda, Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘ida joylashgan bo‘lib, uning hududi shimoliy-g‘arbda Turon past tekstligini, janubiy-sharqda Tyanshan va Oloy tog‘ tizimlarini, janubiy-g‘arbda Qizilqum cho‘llarining bir qismini egallaydi. Maydonining umumiy uzunligi 2355 kilometrni tashkil etadi. O‘zbekiston tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, 12 ta ma’muriy viloyat, 157 ta qishloq tumani, 123 shahar va 104 sha- har tipidagi qo‘rg‘on kiradi. Davlatning ma’lum hududga egalik qilishi uning birinchi belgisidir. Davlat hududi yer, yer osti boyliklari, havo bo‘shlig‘i va hududiy suvlarni o‘z ichiga oladi va u faqat «qattiq yer»gagina bog‘lanishi mumkin emas.

Davlat hududida istiqomat qiluvchi va uning hokimiyatiga bo‘ysunuvchi odamlar uning fuqarolari hisoblanadi. Fuqarolar xalq vakili, jamiyat a’zolari sifatida umumiy madaniy jihatlari va tarixiy ongiga ko‘ra davlatga mansub- lik tuyg‘usiga ega bo‘lgan, nisbatan keng ijtimoiy guruh tarzida tavsiflanishi mumkin. Aholisiz davlat bo‘lmaydi, chunki muayyan hudud davlat deb tan olin- sada, lekin bu davlat tomonidan qabul qilinadigan qonunlar ijrosini ta’minlovchi aholining bo‘lmasligi, uning go‘yo bir materik yoki qit’a singari hududiy birlik sifatida namoyon bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Davlat aholisi uning tuzulishiga ko‘ra bir millatdan tashkil topishi yoki ko‘p millatli bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat vakillari ya- shaydi, ular ijtimoiy mavqei, tili, dini, urf-odatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lib, hudud miqyosida birlashganlar. Bir davlat hududida mavjud turli milliy guruhlarga nisbatan yagona siyosiy hokimiyat tatbiq etiladi.

Mazkur borada davlatning fuqaroligi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Fuqarolik – o‘zaro huquq va majburiyatlar hamda javobgarlikning mav- judligida ifodalanadigan, davlat hududida yashovchi shaxslarning davlat bilan barqaror huquqiy aloqasi hisoblanadi. Bu shaxsning muayyan davlat ixtiyori- da bo‘lishi, mamlakat ichida ham, uning tashqarisida ham davlatga mansub ekanligida namoyon bo‘ladi. Ushbu mansublik huquqiy hujjatlar (pasport) yor- damida tasdiqlanadi. Fuqarolik deganda, insonni siyosiy-huquqiy tomondan davlat hududida va uning tashqarisida himoyalanishi, qonuniy muhofazalanishi tushuniladi.

Fuqarolik tushunchasi qadimiy Yunoniston va Rimda mavjud bo‘lsada, asosan, feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy


hayot demokratiya va bozor munosabatlariga o‘tayotgan bir bosqichda, hozirgi shaklda namoyon bo‘la boshladi. Ilk bor «shaharlik» so‘zi (fransuzcha «su- tuayn», inglizcha «sitizen», ruscha «gorojanin-grajdanin» va hokazo) mustabid feodal munosabatlardan ozod degan ma’noni bildirgan. Mustaqillik e’lon qilin- ganidan so‘ng o‘zbek tilida o‘tmishdagi «grajdanlik» so‘zi o‘rniga «fuqarolik» degan atama qabul qilindi.

Davlatning yana bir muhim belgisi ommaviy-siyosiy hokimiyat-


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish