Odilqoriyev X. T


-§. Davlat boshqaruvi shakli



Download 1,25 Mb.
bet74/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

2-§.
Davlat boshqaruvi shakli


Davlatning mohiyatini tushunishda davlat boshqaruvi shakli alohida ahamiyatga ega. Boshqaruv shakli davlat hokimiyatini

tashkil etish tartibi va mazmunini anglatadi.

Davlat shakllarini o‘rnatish masalasiga turli nuqtayi nazarlardan turib yondashish mumkin. Ilmiy-tahlil (gnoseologik) yondashuvi davlat shakllarini o‘rganishda davlat shakllari bilan uning tuzilishi hamda mohiyati o‘rtasidagi aloqadorlikni ochib beradi. Bu masala bilan asosan davlat va huquq nazariyasi fani shug‘ullanadi.



Davlatning tashkil topish chog‘idagi shart-sharoitlar (masalan, AQSh davlati hududiy-siyosiy qurilishining federativ shakli), tarixiy an’analar (Buyuk Britani- yadagi monarxiya), ichki siyosiy kuchlar kurashi (qator Afrika davlatlarida dav- lat shakllarining bir necha marta o‘zgartirilishi), jamiyat ma’naviy – mafkuraviy tizimida diniy-axloqiy qadriyatlarning hukmronlik qilishi (Erondagi teokratik respublika) kabilar davlat shakliga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu jarayonga subyektiv omil ham ta’sir etishi mumkin. Masalan, general Sharl de Golning Fransiyadagi Beshinchi Respublika institutlariga ko‘rsatgan ta’sirini eslashning o‘zi kifoya.

Davlat shakli tushunchasi davlat hokimiyatini tashkil etishning eng muhim jihatlarini qamrab olganligi bois, o‘z mazmuniga ko‘ra ancha murakkab hodisadir. Bu tushuncha qaysi organlar davlat hokimiyatini ifoda etishini, bu organlarning shakllanish tartibini, ular vakolatlari ko‘lami va muddatlarini, davlat organlari (mahalliy va markaziy organlar) o‘rtasidagi munosabatlarni, va nihoyat, davlat hokimiyatini amalga oshirishning usul va vositalarini qam- rab oladi.


Jamiyat boshqaruvi tashkil etishning qaysi jihati tadqiqot obyekti ekanli- giga ko‘ra, davlat shaklining uch elementi bir-biridan farqlanadi:



birinchidan, boshqaruv shakli;

ikkinchidan, davlat tuzilishi (hududiy-siyosiy) shakli;

uchinchidan, siyosiy (davlat – huquqiy) rejim.

Davlatning mohiyatini tushunishda davlat boshqaruvi shakli alohida aha- miyatga ega. Boshqaruv shakli davlat hokimiyatini tashkil etish tartibi va mazmunini, hokimiyatni amalga oshirish mexanizmini anglatadi.

Davlat boshqaruvi shakli insoniyatni qadimdan qiziqtirib kelgan. Bunda davlatni kim boshqaradi, davlat qanday boshqariladi degan masalalarga va uning boshqarish shakllariga Aflotun, Arastu, Forobiy, Monteskye, Lokk, Rus- so va boshqa mutafakkirlar o‘z asarlarida alohida e’tibor qaratganlar. Boshqa- ruv shakli deganda, oliy davlat hokimiyati, uning idoralari aholi bilan o‘zaro munosabati, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi.

Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar monarxiya va respublikaga

bo‘linadi. «Monarxiya» yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib («monos» – bir,

«arhe» – hokimiyat), yakka hukmronlik, yakka hokimiyatchilik degan ma’noni anglatadi.

Monarxiyaning quyidagi belgilari mavjud:


  • monarx davlatni shaxsiylashtiradi;

  • monarx tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig‘i hisoblanadi;

  • monarx davlatni o‘zi yakka boshqaradi;

  • monarx hokimiyati muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilinadi;

  • hokimiyatni o‘rnatish va qabul qilishning alohida tartibi mavjud;

  • monarx o‘z boshqaruv faoliyati natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar bo‘lmaydi.

Monarxiya oliy hokimiyat xalq tomonidan saylab qo‘yilgan organlarga emas, balki meros tariqasida egallagan podsho-hukmdorga tegishli bo‘ladi. Monarxiya boshqaruv shakliga asoslangan davlatlarda mamlakat boshliqlari imperator, xon, podsho, sulton, qirol, qirolicha, amir, shoh va boshqa shu kabi nomlar bilan ataladi.

Monarx davlatni tanho hokimlik asosida boshqaradi. Albatta, bu davlat- ning barcha ishlarini uning bir o‘zi hal etar ekan, degan ma’noni bildirmaydi. Turli davlat organlarida xizmat qiluvchi ko‘p sonli maslahatchilar, vazirlar, amal- dorlar davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etadi. Ayni paytda, eng muhim dav- lat ishlari bo‘yicha monarxning o‘zi hukm chiqarishiga to‘g‘ri keladi. U davlat hokimiyatining to‘laqonli suveren egasidir. Monarx hokimiyati oliy maqomga ega bo‘lib, u mustaqildir. U – davlatdagi oliy hokimiyat sohibidir. Monarxiya


hokimiyati vorislik asosida bir avloddan ikkinchi avlodga meros bo‘lib o‘tadi. Hokimiyatni bir shaxsdan ikkinchisiga o‘tishiga xalqning hech qanday aloqasi bo‘lmaydi, hokimiyatning hukmdor tomonidan egallanishi va uning faoliyat ko‘rsatishi maxsus marosimlar orqali amalga oshiriladi. Monarx muddatsiz, umrbod hokimiyat egasi hisoblanadi. Lekin, monarxlar ag‘darib tashlangan- ligi, o‘ldirilganligi, boshqa kishilar bilan almashtirilganligiga tarixda misollar ko‘p. Monarx siyosiy boshqaruvda mas’uliyatdan ozod hisoblanadi, ya’ni u o‘z boshqaruvi natijalari uchun yuridik va siyosiy javobgar hisoblanmaydi. Hukm- dor qoidaga ko‘ra, qurolli kuchlarning bosh qo‘mondoni hisoblanadi. Masalan, 1809-yildagi Shvetsiya davlat boshqaruvi to‘g‘risidagi qonunda Qirolning xatti- harakatlari qonunga kirmaydi, deb ko‘rsatilgan.

Monarxiyaning uch turi mavjud: mutlaq monarxiya, cheklangan monar-



xiya va noan’anaviy monarxiya.

Davlat hokimiyati boshqa bironta idora vakolatlari bilan yoki qonunlar asosida cheklanmagan holda amalga oshirilsa, bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi.




Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish