Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet76/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

Cheklangan monarxiyada mutlaq monarxiyadan farqli ravishda monarx

hokimiyatining vakolatlari konstitutsiya va qonun asosida yoki davlatning bi- ron-bir vakolatli idorasi tomonidan cheklangan bo‘ladi. Cheklangan monarxiya, o‘z navbatida, dualistik va parlamentar turlarga bo‘linadi.



Dualistik monarxiya davlatlariga Saudiya Arabistoni, Quvayt, Nepal kabi davlatlar kiradi. Dualistik monarxiyada hokimiyat monarx va parlament o‘rtasida bo‘linadi. Lekin bu bo‘linish noteng bo‘lib, unda monarx hokimiyati cheklangan bo‘lsa-da, parlament qabul qiladigan birorta ham qonun monarx roziligisiz kuchga kirmaydi. Ijro hokimiyati esa to‘laligicha monarx va u tayin- laydigan hukumat qo‘lida jamlanadi. Boshqaruvning bunday shakli XIX asr va
XX asrning boshlarida ancha keng tarqalgan edi (jumladan, Germaniya bir- lashtirilgandan keyin 1871-yilda qabul qilingan Konstitutsiya bo‘yicha shunday boshqaruv shakllangan edi). Bugun rivojlangan G‘arb mamlakatlarida boshqa- ruvning bunday shakli mavjud emas. Faqat Lixtenshteyn bundan mustasno bo‘lib, 1921-yilgi Konstitutsiyaga bu yerda 2003-yilda o‘zgartirishlar kiritilgan. Yaqin Sharqning bir necha mamlakatlarida, masalan, Iordaniya va Marokashda esa, dualistik monarxiya hali ham mavjud.

Dualistik monarxiyalarda saylanadigan vakillik organi – parlament (har bir davlatda turlicha nomlanadi, masalan, Iordaniyada «majlis») faoliyat yurita- di. U qonunlar qabul qilish va budjetni ma’qullash huquqiga ega.

Monarx tomonidan tayinlanadigan hukumat faqat uning oldida javobgar sanaladi. Hukumatning parlament oldida mas’ulligi, javobgarligi instituti dualistik monarxiyalarda mavjud bo‘lmaydi. Monarx parlamentni tarqatib yuborish, favqulodda dekretlar chiqarish va mamlakatda favqulodda holat e’lon qilish huquqiga ega. U qurolli kuchlarning oliy bosh qo‘mondonidir.

Dualistik monarxiya mutlaq monarxiyadan parlamentar monarxiyaga o‘tishda oraliq, o‘tish shakli bo‘lib, hukmdor bilan bir qatorda, mutlaq monar- xiya uchun xos bo‘lmagan boshqa oliy davlat hokimiyat organlari – parlament va hukumatning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Amaldagi va yuridik hokimi- yat monarx tuzadigan hukumat va qonun chiqaruvchi idora hisoblangan parla- ment o‘rtasida bo‘linadi.

Dualistik monarxiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, parlament (yoki uning bir palatasi) va hukumat a’zolari hukmdor tomonidan tayinlanadi va uning oldida shaxsan javobgar bo‘ladi. Ushbu monarxiya shaklida davlat boshlig‘ining vakolatlari qisman cheklangan bo‘lsada, ammo u aslida davlat boshlig‘i funksiyasini amalga oshiradi. Hukumatni tuzish parlamentning parti- yaviy tarkibiga bog‘liq emas.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish