Davlatning normativistik nazariyasi. Mazkur ta’limotning yorqin
namoyondalaridan biri avstriyalik mutafakkir Gans Kelzen (ayni vaqtda legis- tik yondashuv vakili) davlat tushunchasini quyidagi ma’nolarda tavsiflaydi:
Birinchidan, davlat avvalo sof yuridik yondashuv nuqtayi nazaridan ko‘rib
chiqilmog‘i lozim. U yuridik shaxs, «huquqiy fenomen», o‘ziga xos korporatsiya sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Davlat millat miqyosidagi huquqiy tartibdir. Yuridik fenomen sifatidagi davlat bilan huquq o‘rtasidagi munosabatga xuddi huquq bilan individum o‘rtasidagi munosabat tarzida qaralmog‘i kerak. Kelzen- ning fikricha, davlat huquqni o‘rnatishi yoki sanksiyalashdan qati nazar, xuddi individdek bo‘lishi, ya’ni o‘z xatti-harakatida huquq bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Ikkinchidan, davlat tushunchasi sotsiologik ma’noda xam ishlatilishi mumkin. Bu tarzda davlatga kandaydir «sotsiologik birlik», huquqiy tartib va huquqiy reallikdan mustaqil mavjud bo‘lgan «sotsial reallik» sifatida ham qaralishi mumkin. Sotsiologik nuqtayi nazardan qaraganda davlat uchun xos bo‘lgan jihat – uning jamiyatni boshqarish yuzasidan vakolatlarining bir qancha organlarga berilganligi, bir qator organlar qo‘lida to‘planganligidir. Shu bois jamiyatda hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan bir necha tuzilmalar mavjud. Uchinchidan, davlat tushunchasi jonli, tabiiy organizm sifatida ham bel- gilanishi mumkin. Bu yondoshuvga asoslangan holda, davlat «sotsial biologik shakl» sifatida namoyon bo‘ladi. Kelzenning bu qarashlari davlatning paydo
bo‘lishi to‘g‘risidagi organik nazariya tarafdorlari tomonidan qo‘llanilgan.
To‘rtinchidan, Kelzen va uning tarafdorlari davlatni «normalar tizimi»,
«normativ tartib», «siyosiy tashkillashgan jamiyat» «davlat-hokimiyat» deb bel- gilashgan, ta’riflashgan. Kelzenning fikricha, davlat siyosiy xususiyatga ega, va u avvalo siyosiy tashkilot sifatida namoyon bo‘ladi, chunki u «majburlov, kuch ishlatish tartibini» belgilaydi, zero u «kuch ishlatishga bo‘lgan monopol huquqqa ega»2.
Yana bir yondashuv – «huquqiy davlat» nazariyasiga alohida bobda mu- fassal to‘xtalamiz.
Shunday qilib, davlatning ijtimoiy hodisa sifatida murakkabligi, uning turfa talqini, uning tushunchasining turlichaligini belgilaydi. Shu bois turli davrlarda davlatni turlicha tushunish mavjud bo‘lgan. Davlatni sobiq sovet
1 Islomov Z.M. Davlat va huquq: umumnazariy masalalari. – T., 2000. – 100–101-betlar.
2 Qarang: Проблемы теории государства и права / Под. ред. проф. М.Н. Марченко. – М.: Юристь, 2004. – 74-bet.
tuzumi davrida sinfiylik nuqtayi nazaridan ta’riflangan. U «sinfiy jamiyatning siyosiy tashkiloti» sifatida talqin etilgan.
O‘tgan asr 80-yillarining o‘rtalaridan boshlab, davlatni ta’riflashda umumijtimoiy jihatni ko‘rsatish tomon siljish boshlandi va sinfiylikka berilgan urg‘u asta-sekin umum-ijtimoiy jihat tomonga surila bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |