Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet336/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

duralari ham muhim o‘rin tutadi. Xususan, umumiy yurisdiksiya sudlari Fuqarolik protsessual kodeksi asosida fuqarolarning huquqlari va qonuniy man- faatlarini himoyasiga oid ishlarni ko‘rib, hal etadilar. Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartib-taomillar nafaqat fuqarolik-huquqiy munosabatlar- ga oid nizolarni, balki mehnat-huquqiy, oilaviy-huquqiy, ba’zi yer-huquqiy mu- nosabatlarda, shuningdek xususiy huquq sohasiga oid boshqa munosabatlarda kelib chiqadigan nizolarni ko‘rib, hal etish uchun qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 1-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, man- sabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonunda bel- gilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli. Sudga murojaat qilish huquqi- dan voz kechish haqiqiy emas. Fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buyruq tartibidagi ishlarni, da’vo tartibidagi ishlarni, organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan beril- gan shikoyatlar bo‘yicha ishlarni hamda alohida tartibda yuritiladigan ishlarni ko‘rib chiqish va hal etish tartibini belgilaydi.

Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va manfaatlarini, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan






1 «Hаkаmlik sudlаri to‘g‘risidа»gi O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Qоnuni / O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Mаjlisi pаlаtаlаrining Ахbоrоtnоmаsi. 2006-yil, 10-son, 541-modda.
manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etishdan iboratdir (FPKning 4-m, I-q.).

Shu o‘rinda alohida e’tiborga molik yana bir institutga to‘xtalish lozim. Ya’ni, ishlarni sudda ko‘rish jarayonida kelishuv bitimiga erishish. Horijiy mam- lakatlar amaliyotida sulhparvar sudlar («miroviye sudi») va ikki tomonning kelishuvi bilan bitimga erishish instituti mavjud. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ham kelishuv bitimi instituti mustahkamlangan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 100-mod- dasining 4-bandiga binoan taraflar kelishuv bitimi tuzgan bo‘lsalar va u sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa ish yuritishni tugatish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksida ham ish yuritishni tugatish asoslari to‘g‘risidagi moddada nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra «kelishuv bitimi tuzilib, u xo‘jalik sudi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa», sud ishni ko‘rib chiqishni tugatadi (86-modda). O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protses- sual kodeksining 583-moddasida yarashilganligi munosabati bilan ish yuritishni to‘xtatish tartibi belgilangan.

Ommaviy huquq sohasida kelib chiqadigan nizolarni sud tartibida hal etish mexanizmida Konstitutsiyaviy sud muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 108, 109-moddalarida, «O‘zbekiston Respub- likasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonunning 1 va 2-moddalarida konsti- tutsiyaviy sud ko‘rib, hal etish huquqiga ega bo‘lgan ishlar ko‘lami belgilangan. Konstitutsiyaviy sud: O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respub- likasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa be- radi;

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan o‘zining

vakolatlari doirasiga kiritilgan boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi. Konstitutsiyaviy sud faqat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga amal qilgan holda ishlarni hal etadi va xulosalar beradi.

Yuridik nizolarni hal etishda iqtisodiy sudlarning ham ahamiyati katta. O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksiga (1997-yil 30-avgust) muvofiq iqtisodiy sudda sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagi- lardan iborat:


  1. iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish;

  2. iqtisodiyot sohasida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzar- liklarning oldini olishga ko‘maklashish.

Iqtisodiy sud nizolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun- lari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi. Iqtisodiy sud ishni ko‘rish chog‘ida davlat organi yoki boshqa organning hujjati qonunga to‘g‘ri kelmasligini, shu jumladan, u vakolat doirasidan chetga chiqqan holda chiqarilganini aniqlasa, qonunga muvofiq qaror qabul qiladi.

Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari bo‘lmagan taqdirda, iqtisodiy sud shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq nor- malarini tatbiq etadi, bordi-yu, bunday normalar ham bo‘lmasa, qonunlarning umumiy asoslari va mazmuniga tayanib, nizoni hal qiladi. Iqtisodiy sud qo- nunga yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq chet davlatlarning huquq normalarini qo‘llaydi.

Yuridik ixtiloflar xalqaro munosabatlarda va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda ham yuzaga kelishi mumkin. Davlatlar o‘rtasidagi nizolar- ni tinch yo‘l bilan hal etish vositalari orqali yechim topishi yagona huquqiy usul hisoblanadi. Bunday usullar ro‘yxati Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 33-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, xalqaro nizolarni hal etishning sudlov tizimida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro sudi, Yevropa sudi, Yevropa Kengashining inson huquqlari bo‘yicha sudi faoliyat yuritadi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti doirasida arbitraj jarayonlari qo‘llaniladi. Bulardan tashqari, xalqaro kuzatuvchilar, tinchlikparvar kuchlar ham huquqiy makondagi nizolarni hal etishga hissa qo‘shadi.

Xalqaro xususiy huquq normalari, shartnomalar va bitimlar doirasida kelib chiquvchi iqtisodiy nizolar maxsus organlar tomonidan ko‘rib, hal etiladi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari o‘rtasida «Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarni hal etish tar- tibi haqidagi Kelishuv» imzolangan, shuningdek Iqtisodiy sud faoliyat yuritadi. Huquqiy sohadagi muayyan nizolarni hal etish ishiga xalqaro savdo arbitrajlari ham muhim hissa qo‘shadi.

Yuqorida bayon etilganlarga xulosa qilib, aytish lozimki, yuridik ixti- loflarni hal etish, odatda, quyidagi to‘rt turdagi qarorlarni qabul qilish bilan yakunlanadi: a) qonun buzilishini bartaraf etish va aybdorlarni tegishli javob- garlikka tortish; b) avvalgi yuridik holatni va huquq subyektining maqomini


tiklash; d) yuridik rejimni, tuzilmani o‘zgartirish; e) yangi yuridik holatni va huquq subyektining maqomini o‘rnatish.

Yuridik ixtiloflarni hal etish usuli ham alohida ahamiyatga molik masala- dir. Yuridik ixtiloflarni hal etish usuli deganda, nizo, ziddiyat va kelish- movchiliklarni bartaraf etishning muayyan vositalari, uslublari, mexanizmlari, taomil(protsedura)lari tushuniladi. Ixtilofning xususiyatlaridan kelib chiqib, zid- diyatni bartaraf etishning, boshi berk ko‘chadan chiqishning u yoki bu usuli, u yoki bu shakli, vositasi qo‘llanadi.

Yuridik ixtiloflarni hal etishning eng keng tarqalgan usullari quyidagilar- dan iborat: 1) sharhlash; 2) yangi huquqiy hujjatni qabul qilish; 3) eski hujjatni bekor qilish; 4) amaldagi huquqiy hujjatga o‘zgartish yoki aniqliklar kiritish;


  1. ishlarni sud tartibida, ma’muriy protsedura vositasida ko‘rish; 6) qonunchilik- ni tizimlashtirish, yuridik normalarni o‘zaro muvofiqlashtirish; 7) muzokaralar olib borish, kelishuv komissiyalarini tuzish; 8) konstitutsiyaviy odil sudlov;

  1. nazariya bilan amaliyotning oqilona aloqadorligini tashkil etish (ta’minlash);

  2. xalqaro protseduralar.

Huquqni qo‘llash amaliyotida tegishli organlar va mansabdor shaxslar ixti- lof, ziddiyatlarni aniqlagan taqdirda, odatda, quyidagi qoidalarga rioya qiladilar:

    1. basharti, bir organning turli vaqtlarda qabul qilgan bir necha hujjatlari o‘rtasida qarama-qarshilik mavjud bo‘lsa, keyingi qabul qilingan hujjatga amal qilinadi;

    2. agar ixtilofli hujjatlar bir paytda bir necha organlar tomonidan chiqaril- gan bo‘lsa, yuridik kuchi yuqori bo‘lgan hujjat qo‘llaniladi; bu yerda normativ hujjatlarning iyerarxiyasi prinsipi amal qiladi;

d) bir darajadagi (gorizontal) umumiy va maxsus hujjatlar o‘rtasida ix- tilof chiqsa, maxsus hujjat qo‘llaniladi; turli darajadagi (vertikal) hujjatlar zid- diyatli bo‘lib qolsa – umumiy hujjat qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 93-moddasi 13-bandiga mu- vofiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti respublika boshqaruv organlari- ning, shuningdek hokimlarning qabul qilgan (Konstitutsiya va qonunlarga xilof bo‘lgan) hujjatlarini to‘xtatadi va bekor qiladi.



Yuridik ixtiloflarni bartaraf etishda sharhlashning o‘rniga alohida to‘xtalish lozim. Sharhlash rasmiy va malakali amalga oshirilgan taqdirda yaxshi samara beradi. Ammo, ba’zan sharhlash oqibatida yangi ixtiloflar paydo bo‘lishi mum- kin. Chunki, sharhlash tegishli subyektlar tomonidan amalga oshirilib, bunda turli rasmiy va norasmiy tuzilmalar aynan bir hujjatni, hodisani, faktni turlicha talqin etishlari mumkin.

Shunday qilib, yuridik ixtiloflar, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nomutanosib- liklar jamiyatdagi barqarorlik va huquqiy tartibotga putur yetkazadi, huquqiy


ong buzilishiga olib keladi. Shu bois avvalo ularga yo‘l qo‘ymaslik, doimo ixtiloflarning oldini olish (profilaktika) choralarini ko‘rish lozim. Bordi-yu, ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay, yuridik ixtiloflar yuz bersa, mavjud mexanizmlar va tartib-taomillar yordamida darhol ularni bartaraf qilish cho- ralarini ko‘rish zarur. Aks holda jamiyatda huquqiy loqaydlik, nigilizm, madaniyatsizlik holatlari avj oladi.

Yuridik ixtiloflar nisbatan kengroq muammo hisoblanmish konfliktologi- yaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi kunda ijtimoiy fanlarda, xususan, siyosatshunoslikda jamiyatdagi ziddiyat va kelishmovchiliklarni yechishga xiz- mat qiluvchi «mojarolar nazariyasi» degan ilmiy yo‘nalish shakllanmoqda. Xud- di shunga o‘xshash huquqshunoslik sohasida yuridik konfliktologiya fani yoki ilmiy yo‘nalishini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. U, shubhasiz, jamiyatda huquqiy barqarorlikni, huquqiy tartibotni mustahkamlashga, huquqiy madaniyat va ma’rifiylikni yuksaltirishga salmoqli hissa qo‘shadi.




  1. Download 1,25 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish