Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet91/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

«Davlat funksiyalari» atamasi davlatning ijtimoiy vazifalari namoyon bo‘ladigan faoliyatining asosiy, eng muhim yo‘nalishlarini belgilash uchun qo‘llaniladi. Bunday faoliyat yo‘nalishlarining eng asosiy maqsadi jamiyatning barqaror turmush tarzini ta’minlashdan iboratdir. Davlat funksiyalarida davlat- ning mohiyati, ijtimoiy rivojlanishi va, eng avvalo, mamlakat aholisining turli- tuman manfaatlarini qondirish bilan bog‘liq asosiy masalalarni hal etishdagi aniq roli o‘z ifodasini topadi.

Huquqshunos olimlar V.M. Korelskiy va V.D. Perevalov «davlat funk- siyasi – davlatning asosiy harakat yo‘nalishi va undan kelib chiqadigan maqsad va vazifalar»dir1, – deb ta’riflasa, N.I. Matuzov va A.V. Malkolar «davlat funk- siyalari – davlatning tashqi va ichki faoliyatiga xos asosiy yo‘nalishlar bo‘lib, ushbu yo‘nalishlar davlatning sinfiy va umuminsoniy mohiyati asosida o‘z aksini topadi va muayyanlashadi»2, deb qayd etadilar. Z.M. Islamov davlat funksiyalari – faoliyat yo‘nalishi, biroq hech qachon faoliyatining o‘zi emas,






1 Теория государства и права // Под ред. В.М. Корельского и В.Д. Перевалова – М.: Инфра–Н

– норма, 2001 – 146-bet.



2 Матузов Н.И., Малько А.В. Теория государства и права. Учебник. – М.: Юристов, 2004.

– 48–66-betlar.


deb ta’kidlaydi1. Biroq, oxirgi mulohaza nazariy jihatdan bahslidir. Shunday qilib, yuridik adabiyotlarda «davlat funksiyasi» tushunchasiga oid yagona bir fikr hozirga shakllangani yo‘q. Ammo tadqiqotchilarning barchasi davlat funk- siyasi davlatning mohiyati, ijtimoiy maqsadi, vazifalarini belgilab beradi, degan fikrda yakdildirlar.

Davlat funksiyalari taraqqiyotning u yoki bu bosqichida jamiyat oldi- da turgan asosiy vazifalarga qarab belgilanadi va bu vazifalarni ro‘yobga chiqarishning vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat vazifalarining mazmuni esa, turli xil ichki va tashqi omillardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Masa- lan, mamlakat iqtisodiy hayotidagi tanglik hodisalari davlatning, uning barcha organlarining kuch-g‘ayratini iqtisodiy vazifalarni hal qilishga jalb etishni talab qiladi. Jinoyatchilikning o‘sishi esa, davlatni jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish, jinoyatchilikni keltirib chiqarayotgan sabablar va shart-sharoitlar- ni aniqlash hamda ularga barham berish yuzasidan o‘z vaqtida jiddiy amaliy chora-tadbirlar ko‘rishga majbur etadi. Tashqaridan bo‘ladigan tajovuz davlat mexanizmini mamlakat aholisini tajovuzni bartaraf etishga tayyorlash uchun safarbar qiladi.

Mamlakatimiz davlat va huquq nazariyasi fani rivojlanishining hozirgi bosqichida davlat faoliyatiga uning funksiyalari nuqtayi nazaridan yondashuv kengaya borib, davlatning ijtimoiy vazifasi va binobarin, zimmasidagi barcha vazifalarini teranroq tushunishga olib kelmoqda. Mustaqillik sharoitida jamiyat hayotida yuzaga kelgan hozirgi yangi shart-sharoitlar davlat funksiyalari maz- muniga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.



Masalaga funksional yondashuv turli xalqlarda davlatning turli ko‘rinish va shakllarda yuzaga kelishi, rivojlanishi, almashishi, barham topishi, ya’ni davlatchilik shakllanishi va evolyutsiyasining uzoq tarixiy jarayonini yanada chuqurroq o‘rganish imkonini beradi. Ayni davlatchilik tushunchasi jamiyat- ning davlat bo‘lib uyushganligiga, mazkur jamiyat o‘zining davlat bilan hamohang tarixiy rivojlanishida bosib o‘tadigan turli bosqichlarga, va eng asosiysi, davlat bajaradigan turli funksiyalarga izoh beradi. Boshqacha aytganda, faqatgina statik va dinamik tavsif umumiy holda davlat kabi murakkab ijtimoiy institutning tabiatini chuqur anglashga imkon yaratadi.

Davlat funksiyalari quyidagi umumiy jihatlar bilan ta’riflanadi:

  1. Davlat har bir funksiyasining mazmuni bir yo‘nalishdagi davlat faoli- yatidan tarkib topadi. Davlat faoliyatining o‘xshash tomonlari ular qaysi ijti- moiy munosabatlarga daxldor bo‘lsa, ana shu munosabatlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda bitta funksiyaga birlashtiriladi.




1 Исламов З.М. Общество. Государство. Право. (вопросы теории). – Т., 2001. – 223-bet.


  1. Muayyan faoliyat uchun maxsus tuzilgan ko‘p sonli davlat organla- rining (masalan, moliya vazirligi, xalq ta’limi vazirligi, prokuratura organ- larining) funksiyalaridan farqli o‘laroq, davlat funksiyalari uning faoliyatini butunlay qamrab oladi. Biroq, bu hol muayyan davlat funksiyalarini amalga oshiruvchi ayrim organlarning ahamiyatini kamaytirmaydi, chunki mazkur or- ganlar ba’zida davlatning asosiy vazifalarini hal qilishda yetakchi rol o‘ynaydi. Davlat funksiyalarini uning ayrim organlari funksiyalaridan farqlash lozim. Agar davlat funksiyalari u amalga oshiradigan faoliyatning asosiy, ijtimoiy aha- miyatga molik, butun davlat apparatining ishi bo‘ysundirilgan yo‘nalishlariga javob bersa, ayrim davlat organlarining funksiyalari hamisha ham davlatning ijtimoiy vazifalari va mohiyatini ifoda etavermaydi.

  2. Davlat funksiyalari kompleks, umumiy tusga ega. Ularda davlatning ichki va tashqi faoliyatidagi hal qiluvchi, hayotiy muhim yo‘nalishlarga qaratil- gan sa’y-harakatlari qamrab olinadi.

  3. Davlat funksiyalarini maxsus vakolatli organlar yoki turli davlat or- ganlarining tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat faoli- yatidan farqlash ham zarur. Masalan, jinoyat ishlarini tergov qilish, bojxona nazoratini amalga oshirish davlat faoliyatining turlari jumlasiga kiradi. Bu faoliyatlar maxsus tashkil etilgan maxsus davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

  4. Davlat funksiyalari bu funksiyalarni ro‘yobga chiqarishning shakllari va uslublari bilan aynan bir narsa emas. Huquq ijodkorligi, ijroiya-farmoyish berish va huquqni muhofaza qilish faoliyati – hozirgi zamon davlati funksiyala- rini amalga oshirishning asosiy huquqiy shakllari hisoblanadi. Davlat taraqqi- yotning u yoki bu bosqichida o‘z oldida turgan vazifalarga muvofiq ishontirish, rag‘batlantirish yoki majbur etishning turli vositalaridan foydalanishi mumkin. Davlatning aniq funksiyasi esa, davlat hokimiyatini amalga oshirishning maz- muni, shakli va uslublari davlat faoliyatining muayyan yo‘nalishi bilan uzviy bog‘liqdir.

Davlat funksiyalari o‘z mohiyat-e’tiboriga ko‘ra obyektiv xususiyatga ega. Uning har bir funksiyasi jamiyat va davlat o‘zaro hamkorligining, munosa- batlarining zaruriy, qonuniy hosilasi sifatida maydonga chiqadi. Shu bois u yoki funksiyani bajarish yoki bajarmaslik davlatning ixtiyoriy xohishiga bog‘liq emas. Masalan, davlat o‘zining huquqni muhofaza etish, huquqiy tartibotni ta’minlash funksiyasini bajarmasa, jamiyat hayotida tartibsizliklar va boshqa salbiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin. Bunday nobarqarorliklar ba’zan davlat tanazzuliga ham olib kelishi mumkin. Davlatning obyektiv tabiatli funksiyalari jamiyatning ehtiyojlariga muvofiq bo‘lgan taqdirda ular to‘la hajm va samara bilan amalga oshishiga umid qilish mumkin.
«Davlat funksiyasi» bilan «davlatning vazifasi» tushunchalarini chalkashtir- maslik lozim, ular bir xil hodisalar emas. Davlat oldida uning turli taraqqiyot bosqichlarida har xil vazifalar turadi. Ushbu vazifalarni hal etish uchun dav- lat funksiyalari bajariladi. Vazifa – bu jamiyat va davlat oldida turgan, o‘z yechimini kutayotgan muammo yoki masala. Funksiya esa, davlat faoliyatining yo‘nalishi, ijtimoiy muammolarni hal etish yo‘llaridir. Demak, funksiya hal etiladigan vazifalarga bog‘liq holda paydo bo‘ladigan davlat faoliyatining turi- dir. Tabiiyki, turli tarixiy vaziyatlarda davlat oldidagi vazifalar o‘zgarib turadi. Shunga ko‘ra, davlatning funksiyalari ham o‘zgarishi mumkin.

Davlatning maqsadi asosiy u intiladigan farovon, yorqin kelajak bo‘lib, uning barcha vazifalari ana shu oliy maqsadni ta’minlashga yo‘naltiriladi. Maqsad ustuvor bo‘lib, vazifalar uning manfaatiga bo‘ysundiriladi.

Shunday qilib, davlat funksiyasi tushunchasi davlatning tabiatini, uning faoliyati mazmunini chuqurroq anglash imkonini beradi. Davlatning mexaniz- mi (apparati) va shakllari uning statik holatini tahlil etish hamda idrok etish imkonini bersa, davlatning funksiyasi uning dinamik holatini tushunishga yo‘l ochadi.








Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish