2-§.
Davlat funksiyalarini tasniflash
Davlat funksiyalarini o‘rganish, bu so- hadagi ilmiy bilimdan amaliyotda foydalanish davlat nazariyasi fani to‘plagan davlat-huquqiy munosabatlarga doir jami materiallarni tar-
tibga solishni taqozo etadi. Buning uchun yuqorida ta’kidlanganidek, dav- lat-huquqiy hodisalar hamda jarayonlarni bilishda ilmiy tasniflash uslubidan foydalaniladi. Zero, ushbu uslubdan foydalanilmasa, davlat-huquqiy hodisalar hamda jarayonlarni har tomonlama tartibga solish va taqqoslash mushkul.
Davlat funksiyalarini o‘rganishda ham tasniflash uslubidan samarali foy- dalaniladi. U yoki bu funksiyalarni muayyan bir turkumga, guruhga kiritish im- konini beruvchi tasniflash mezonlari, ya’ni belgilari (ularning yig‘indisi) turli xususiyatga ega. Masalan, davlat faoliyatining obyektlari va sohalari, hududiy ko‘lamlari, ijtimoiy munosabatlarga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish usuli, vazifalarning mazmuni bir-biridan farq qiladi.
Darhaqiqat, ilmiy va amaliy maqsadlarda davlat funksiyalari turli me-
zonlar bo‘yicha tasniflanishi mumkin. Davlat funksiyalari amal qilish vaqti bo‘yicha doimiy va vaqtinchalik funksiyalarga bo‘linadi. Doimiy funksiyalar davlat amal qilishining barcha bosqichlarida ro‘yobga chiqariladi. Vaqtinchalik funksiyalar ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos shart-sharoitlari bois kelib chiqadi va bunday ehtiyojga o‘rin qolmaganidan keyin barham topadi. Siyosiy yo‘nalish
(ichki va tashqi siyosat) sohalari bo‘yicha davlat funksiyalari ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linadi. Ichki funksiyalar davlatning mamlakat ichidagi faoli- yatini, muayyan jamiyat hayotidagi yetakchilik rolini anglatadi. Tashqi funk- siyalar esa, mamlakat tashqarisida olib boriladigan faoliyatni anglatadi, unda boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda davlatning roli namoyon bo‘ladi. Har qanday davlatning ichki va tashqi funksiyalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir, chunki, boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlar yo‘lini belgil- ovchi tashqi siyosat ham ko‘p jihatdan muayyan davlat amal qilishining ichki shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy hayot sohalari bo‘yicha davlat funk- siyalari iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamda ma’naviy sohada amalga oshiriladi- gan funksiyalarga bo‘linishi mumkin.
Davlat funksiyalarini asosiy va asosiy bo‘lmagan funksiyalarga
ajratish lozim, degan fikr ham mavjud. Albatta, bunday ajratish shartli tusga ega bo‘ladi, sababi, bu borada aniq mezonlar hali ilmiy tarzda belgilanmagan. Muayyan davlatning har bir funksiyasi shu davlat uchun obyektiv zarurat- dir. Davlat faoliyatining barcha turlari teng darajada muhim, biroq bu fikr, turli bosqichlarda birinchi navbatda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish imkoniyatini istisno qilmaydi, albatta. Mana shu ustuvor yo‘nalishlar davlatning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga aylanadi.
Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipini mezonlar jumlasiga kiritish va ush- bu prinsip asosida davlat funksiyalarini tasniflash mumkin. Bunda funksiya- lar tegishincha qonun chiqarish (qonun ijodkorligi), boshqaruv, huquq- ni muhofaza qilish (shu jumladan, sudlov) va axborot funksiyalariga bo‘linadi. Bunday tasniflashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u davlat ho- kimiyatini ro‘yobga chiqarish jarayonini, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipini ifodalaydi. Bu qonunchilik (vakillik), ijro etish, sud hokimiyati tarmoqlari faoli- yati bilan bog‘liq rasmiy tasniflashdir. Shunday bo‘lsa-da, ushbu tasnifdan il- miy va amaliy maqsadlarda tez-tez foydalaniladi.
«To‘rtinchi hokimiyat» deb ataluvchi ommaviy axborot vositalari faoliyatini ko‘rsatuvchi axborot tarqatish vazifasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu funksiya ham o‘zining mazmuni, tuzilishi, ta’minlash usullari va vositalariga ega. Ushbu funksiyaning o‘ziga xos xususiyati quyidagilardan iborat: aholini aniq maqsadga yo‘naltirilgan axborot bilan ta’minlash, ijtimoiy ongga axborot orqali ta’sir ko‘rsatish va axborot uzatishning boshqa usullaridan iborat bo‘lib, hokimiyat barcha tarmoqlarining, butun davlatning amal qilishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Umuman olganda, aytish joizki, davlat funksiyalari – davlatning
yaxlit, siyosiy, institutsional, hududiy jihatdan yagona va ayni vaqtda, diffe- rensiatsiyalashgan faoliyati yo‘nalishidir. Shuning uchun davlat nazariyasida
davlat funksiyalarini ichki va tashqi funksiyalarga ajratish, ya’ni davlatning jamiyatga (davlatning o‘zi ham jamiyatning alohida tashkiloti hisoblanadi) mu- nosabati bo‘yicha (ichki funksiyalar) va davlat shaklida tashkil topgan boshqa jamiyatlarga, boshqa davlatlarga nisbatan munosabati (tashqi funksiyalar) bo‘yicha faoliyatini aniqlash funksiyalarni taqsimlashning g‘oyat keng tarqal- gan va e’tirof etilgan usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |