4-§.
Hozirgi sharoitda davlat funksiyalarini ichki va tashqi funksiyalarga ajratish ma’lum darajada o‘z ahamiyatini yo‘qotmoqda, chun- ki ko‘pgina ichki funksiyalar tashqi funksiya- lar tusini kasb etmoqda (masalan, davlat faoli-
yatining ekologik yo‘nalishi) yoki aksincha.
Zamonaviy davlatning ekologiya, demografiya (nufus), xom ashyo, kos- mos sohalaridagi, axborot texnologiyasini yaratish va undan foydalanish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi hamda butun taraqqiyotga daxldor bo‘lgan boshqa global sohalardagi faoliyatini tasdiqlovchi global funk- siyalarni ajratish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Masalan, hozir davlatning muayyan vazifalarini markazdan joylarga berish to‘g‘risidagi masalani hal etish alohida muammo bo‘lib, uning bir necha jihatlari mavjud. «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» deb e’lon qilingan va amalda ro‘yobga chiqarilayotgan dastur davlatning bir qator vazifalarini no- davlat tashkilotlarga, masalan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berishni taqozo etadi.
Yuqorida bayon etilganlar munosabati bilan davlat vazifalarini mavjud tamoyillar o‘zanida rivojlantirishning taxmin qilinayotgan ayrim jihatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, davlat funk- siyalari o‘zgarishiga nafaqat davlatning o‘zidagi, balki davlat amal qilishining shart-sharoitlaridagi o‘zgarishlar, ya’ni tashqi shart-sharoitlar, davlat «yashab turgan», amal qilayotgan tashqi muhitning o‘zgarishlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Davlat funksiyalarining rivojlanish tendensiyalari bu vazifalar ham davlatning mohiyati va rasmiy tavsifining ta’siri ostidagi, ham o‘zgarib borayotgan tashqi muhit ta’siri ostidagi rivojlanishi va o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. Bunda har ikki jarayon ham nisbatan mustaqil deb tavsiflansa-da, bir-biri bilan chambar- chas bog‘liq ekanligini hisobga olish lozim.
Eng avvalo, davlat funksiyasiga butun fan-texnika taraqqiyoti intellek- tual rivojlanish muayyan ta’sir ko‘rsatadi. Boz ustiga hozirgi barcha davlatlar- ning funksiyasiga XXI asrdagi fan-texnika yutuqlari o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Ta’kidlash joizki, bunday ta’sir ikki tomonlama bo‘ladi. Bir tomondan, ta’lim va fanni, ayniqsa fundamental fanni qo‘llab-quvvatlash, uning natijalaridan foydalanish, jamiyatning intellektual salohiyatini rivojlantirish va boyitish kabi davlat faoliyatining hayotiy muhim yo‘nalishi birinchi o‘ringa chiqadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishda erishilgan muvaffaqiyatlarni hisobga olgan holda hozirgi vaqtda davlatimizning ta’lim sohasidagi funksiyasi mustaqil funksiya sifatida ajratilgan. Boshqa tomondan esa, hozirgi zamonda fan-texnika sohasida nazoratdan tashqari paydo bo‘ladigan yutuqlar va ular- dan foydalanish tufayli paydo bo‘ladigan xavfni cheklash taqozo etiladi. Bu, ayniqsa, yadroviy texnologiyalar, genetika, tibbiyot biologiyasi va boshqa shu kabilarga taalluqlidir.
Fan sohasida davlat tomonidan intellektual mulkni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, ya’ni ilmiy faoliyatni samarali olib borish uchun shart-sharoitlar yaratish, ilmiy ishlar natijalari ularning yaratuvchilariga tegishliligini muho- faza qilish, ushbu mehnatning adolatli baholanishini ta’minlash va ana shu natijalardan foydalanganlik uchun munosib taqdirlash kabi faoliyatning yangi sohalari paydo bo‘lmoqda. Fan-texnika taraqqiyotining, ayniqsa genetika, tib- biyot biologiyasi va boshqa shu kabi yangi sohalardagi taraqqiyotning zararli oqibatlarini cheklash borasidagi davlat faoliyati ham muhimdir. Yangi ilmiy yo‘nalish, ya’ni inson organlarini transplantansiya qilish, jinsni o‘zgartirish, sun’iy homila bilan bog‘liq bioetika shakllanmoqda, evtanaziya muammolari yuzaga kelmoqda. Bu sohaga davlatning nazorat qilish va tartibga solish tar- zida aralashmasligining iloji yo‘q.
Ekologik omil ham davlat funksiyasining evolyutsiyasiga muayyan ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu ta’sirning mohiyati shundaki, agar hozirgi zamonda har
bir davlat o‘z hududida aholisining yashash shart-sharoitlari munosib darajada saqlanishini o‘z zimmasiga olmasa, ya’ni insoniyatning umumiy tabiiy muhitda normal yashashini saqlab turish borasida boshqa davlatlar bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yilmasa, yaqin istiqbolda umumbashariy kollaps, global tanglik yuz berishi ehtimoldan holi emas. Radioaktiv chiqindilar, suv va havo resurslarining sanoat chiqindilari bilan ifloslantirilishi, yerlarning cho‘lga aylanishi (ayniqsa, Orol muammosi), o‘rmonlarning kamayib ketayotganligi, boshqa noma’qul oqi- batlar hozirgi vaqtda insoniyat hayotida yuzaga kelgan real xavfdir. Bu borada davlat miqyosida faoliyat olib borish zaruriyati – shak-shubhasiz, davr talabi- dir. Davlatning bu sohadagi funksiyasi evolyutsiyasi boshqa sifat darajasiga ega bo‘lmoqda, ekologiyani mo‘tadil saqlab qolish uchun iqtisodiy, ma’muriy, huquqiy vositalar va uslublar orqali majburiy, qat’iy choralar ko‘rishni talab etmoqda.
Jahon iqtisodiyotining baynalmilallashuvi, ijtimoiy manfaatlarning mush- tarakligi, transmilliy kompaniyalarning paydo bo‘lishi va hukmronligi, jahon ahamiyatiga molik boshqa iqtisodiy omillar davlat funksiyalari evolyutsiyasiga ta’sir ko‘rsatayotgan yana bir jiddiy sohadir. Hozirgi jahon davlatlarining ak- sariyati tashqi iqtisodiy faoliyatda ziddiyatlardan hamkorlik va sherikchilikka olib boradigan yo‘lni bosib o‘tmoqdalar.
Jamiyat axborotlashuvining kuchayib borayotganligi, ma’lumotlar baza- lari, global axborot tizimlarining yaratilishi, umumjahon axborot makoni – Internet tizimining shakllantirilishi ham davlat funksiyalarining yangi evol- yutsiyasini keltirib chiqarmoqda. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan funksiyalarning rivojlanish tendensiyalari shubhasiz hozirgi zamon davlatlariga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasiga, uning funksiyalari mazmuniga u yoki bu darajada daxldordir.
Shunday qilib, davlat funksiyalari – davlat organlari butun tizimining
jamiyatni iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan barqaror rivojlanti- rishga qaratilgan yaxlit, o‘zaro bog‘liq faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, ular ayni vaqtda, boshqa davlatlar bilan birga aloqadorlikda va hamkorlikda amalga oshiriladi.
Davlat organlarining teng huquqli sherikchiligi, jamiyat oldida turgan umumiy muammolarni hal etish borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlari ayrim individlar, turli davlat va jamoat birlashmalari hamda umuman hamjamiyatning mo‘tadil turmush faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi. Hozirgi zamonda davlat tarzida uyushgan jamiyat o‘z tarkibidagi davlat va nodavlat institutlarining ish faoliyatini uyg‘unlashtirgan taqdirdagina izchil hamda jadal rivojlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |