Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet301/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

Rasmiy sharhlash – qonun bilan sharhlash vakolati berilgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan sharhlash bo‘lib, u hamma uchun umummajburiy ahamiyat kasb etadi. Sharhlanayotgan huquq normalarining umummajburiyligi sharhlayotgan subyektning holatiga, huquqiy maqomiga bog‘liq bo‘ladi.

Yurisprudensiyada rasmiy sharhlash shartli ravishda normativ (umumiy)

va kazual turlarga bo‘linadi.

Normativ sharhlash umumiy xarakterga ega bo‘lib, uning natijalari huquqni qo‘llashda majburiy ahamiyatga ega. Normativ sharhlash yangi huquqiy normalarni yaratmaydi, balki harakatdagi huquqiy normalarning mazmunini tushuntiradi. Bunday sharhlash natijalari huquqni tatbiq etish jarayonida umu- miy qoida sifatida qabul qilinadi, cheklanmagan miqdorda hayotda vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarga qo‘llanadi hamda huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining keng doirasiga taalluqli bo‘ladi. Normativ sharhlash tarki- bida autentik (mualliflik) va legal (ruxsat berilgan) sharhlash farqlanadi. Autentik sharhlash normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ tomoni-

dan sharhlash (masalan: qabul qilingan qonunga parlament tomonidan berilgan sharh). Autentik – haqiqiylikni, dastlabki manbalarga asoslanganlikni nazarda tutadi. Yuridik adabiyotlarda autentik sharh mualliflik sharhi ham deb ataladi. O‘zbekiston Respublikasida autentik sharhlash huquqi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, uning palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar


Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, xalq deputatlari viloyatlar, tuman va shahar Kengashlari, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlariga o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha berilgan.

Huquqiy amaliyotda normativ sharhlashning alohida turi hisoblangan le-

gal (ruxsat berilgan) sharhlash ham mavjud. Legal sharhlash qonun bilan bunday vakolat ruxsat etilgan organ tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 3-qismiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi Konstitutsiya va qonun normalariga sharh beradigan yagona organdir. Bu sharhlash legal normativ bo‘lib, bar- cha davlat organlari, korxonalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.

Kazual sharhlash umummajburiy xarakter kasb etmaydigan, balki

huquqiy normani aniq hodisa, hayotiy holatga qo‘llash uchun ko‘zlangan ras- miy talqin etishdir. Kazus – hodisa, hayotiy fakt. Kazual sharhlash sud va boshqa vakolatli organlar tomonidan ko‘rilayotgan va hal qilinayotgan aniq ishlar bo‘yicha tegishli normaga beriladi va faqat shu ish uchun majburiydir.

Sud organlari har bir fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va boshqa ishlarni ko‘rayotganda tegishli huquqiy normalar bilan bu ishlarni ko‘rib, hal qilish chog‘ida huquqiy normalarni kazual sharhlaydi. Sudning har bir fuqarolik ishi bo‘yicha chiqargan qarori yoki jinoiy ishlar bo‘yicha chiqargan hukmi huquqiy normani kazual (kazus) sharhlash asosida amalga oshiriladi.

Huquqiy normalarni subyektga ko‘ra sharhlashning ikkinchi turi norasmiy

sharhlashdir. Norasmiy sharhlash – huquq mazmunini shunday sharhlashni nazarda tutadiki, bunda sharhlash maxsus vakolat berilmagan organlar yoki shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, sharhlash natijalari majburiy ahamiyat kasb etmaydi, yuridik oqibatlarga sabab bo‘lmaydi. Norasmiy sharhlashning ahamiyati, uning ishonarliligi, ilmiy asoslanganligi hamda ushbu faoliyatni amalga oshirayotgan shaxslarning shaxsiy obro‘-e’tiboriga bog‘liqdir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga sharhlar, Jinoyat kodeksiga sharhlar, Fuqarolik kodeksiga sharhlar shular jumlasidandir.

Norasmiy sharhlashning oddiy, kasbiy va doktrinal kabi turlari mavjud.



Oddiy sharhlash huquqiy faoliyat sohasida mutaxassis bo‘lmagan fuqa- rolar kundalik hayotda yuzaga keladigan huquqqa oid hodisa va harakatlarga nisbatan o‘zlarining subyektiv fikrini bildirishi hamda o‘zining huquqiy bilimi darajasida huquqqa oid masalaning mazmunini aniqlashdir.

Kasbiy sharhlash deganda, kundalik amaliyotda xizmat faoliyati nuqtai-

nazaridan doimiy ravishda shug‘ullanadigan huquqni muhofaza qiluvchi organ- lar xodimlarining mavjud huquq normalarini mazmun va mohiyatini yoritishga qaratilgan fikri va mulohazalari tushuniladi. Kasbiy sharhlash bilan asosan


sudya, prokuror, tergovchi, advokat, notarius va boshqa yuridik kasb vakillari shug‘ullanishi mumkin.

Doktrinal sharhlash deganda, kundalik faoliyatida bevosita huquqdagi

muammolarga duch keluvchi va ularni bartaraf etish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis, yurist-olimlarni mavjud huquq normalarining mohiyatini yoritib berishga yo‘naltirilgan izohlari tushuniladi. Tatbiq etilayotgan normalarni il- miy (doktrinal) sharhlash ilmiy xodimlar, olimlar, mutaxassislar tomonidan monografiyalar, darsliklar, ma’ruzalar va ilmiy maqolalarda amalga oshirilishi mumkin. Bunday sharhlar ilmiy xarakterga ega bo‘lib, majburiy (normativ) ahamiyat kasb etmaydi.

Huquqiy normalarni sharhlash maqsadi qonun chiqaruvchi idora nazarda tutgan huquqiy me’yorning ma’nosini aynan aniqlashdan iborat. Qo- nun chiqaruvchi idora o‘z irodasini til vositalarida ifodalaydi. Shuning uchun uning so‘zlar yordamida ifodalangan irodasi har doim ham uning haqiqiy maz- muni bilan mos kelmasligi mumkin. Huquq normasi ma’nosining bir xilligi va to‘la aniqligi sharhlashning natijasi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, sharhlashning hajmiga ko‘ra turlari farqlanadi.

Hajmiga ko‘ra sharhlash – qonun chiqaruvchi idora huquqiy normaga jo

etgan haqiqiy ma’noni anglash maqsadini nazarda tutadi. Sharhlashning nati- jasiga ko‘ra tom ma’noda (aynan), cheklangan va kengaytirilgan sharhlash kabi turlari farqlanadi.



Huquqni tom ma’noda sharhlash deganda, tatbiq etilayotgan huquq yaratuvchi idoraning irodasi bilan uning huquqiy normada so‘zda ifodalangan irodasi bir bo‘lganda qo‘llanadigan izohlash tushuniladi. Tom ma’noda sharh- lash fanda «aynan» sharhlash ham deb ataladi. Bunga misol qilib O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-moddasini ko‘rsatish mumkin. Unda shun- day deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatiladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo‘lganligidan qat’iy nazar, hamma uchun tengdir». Shuningdek, huquqiy nor- malarni so‘zning tom ma’nosida sharhlashga misol sifatida O‘zbekiston Respub- likasi Konstitutsiyasining 22-moddasini keltirish mumkin. Unda «O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolat»lashi mustahkamlangan. Cheklangan sharhlash huquqiy normaning so‘zda ifodalangan va ras- miylashtirilgan ma’nosi uning mantiqiy ma’nosi va mazmunidan keng bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-mod- dasida «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega» ekanliklari mustahkamlangan. Qonun chiqaruvchi idora «O‘zbekiston Respub-
likasining fuqarolari» iborasi bilan faqat voyaga yetgan, muomala layoqatiga ega shaxslarni nazarda tutadi. O‘z-o‘zidan ma’lumki voyaga yetmagan, ruhiy kasal shaxslar bunday huquqdan foydalana olmaydilar.

Kengaytirilgan sharhlash qonun normasi matnining mazmuni uning

mantiqiy ma’nosidan tor bo‘lganda qo‘llaniladi. Masalan, O‘zbekiston Respub- likasi Konstitutsiyasining 112-moddasida «Sudyalar mustaqildirlar, faqat qo- nunga bo‘ysunadilar», deyilgan. Bunda qo‘llanilgan «sudya» iborasining haqiqiy ma’nosi keng tushuniladi. Qonun chiqaruvchi idora «sudya» iborasi orqali faqat sudyalarni emas, shu bilan birga xalq maslahatchilarini ham mustaqilligini va faqat qonunga bo‘ysunishini nazarda tutgan.

Shunday qilib, huquqiy normalarni sharhlash, huquq yaratuvchi organ- ning normativ-huquqiy hujjatlarda mujassamlangan irodasining haqiqiy ifodasi bilan huquqiy normaning so‘zda ifodalangan ma’nosini aniqlash va tushuntirish orqali, huquqning to‘liq tatbiq etilishiga ko‘maklashadi. Aholining huquqiy nor- malar mazmunini teran anglashga, ularga qat’iy amal qilishga, huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyatning yuqori saviyada bo‘lishiga olib keladi.


  1. Download 1,25 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish