Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet297/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

Huquqiy normani tizimli (sistemali) sharhlash – huquqiy normaning

mazmuni boshqa normalar bilan o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikda, mazkur huquqiy normaning normativ-huquqiy hujjat, huquq instituti, huquq tarmog‘ida tutgan o‘rni va ahamiyati aniqlanadi. Tizimli sharhlash yordamida normalar va hujjatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar (kolliziyalar) aniqlanadi va bartaraf etiladi.

Tizimli sharhlash usulida sharhlovchi subyekt tomonidan, birinchidan,

huquq normasining huquq tizimidagi o‘rni aniqlanadi (huquq sohasi, instituti), ikkinchidan, sharhlanayotgan huquq normasi bilan, mazkur norma tatbiq etili- shi nazarda tutilayotgan aniq hayotiy munosabat o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlik borligi aniqlanadi, uchinchidan esa, sharhlanayotgan normaning mazmunini bilishga erishiladi.

Tizimli sharhlash rasman bekor qilinmagan, biroq amalda boshqalari bilan almashtirilganligi sababli ahamiyatsiz, foydalanilmay qolgan normalar- ni ham aniqlash imkonini beradi. Normalarning o‘zi mansub bo‘lgan huquq tarmog‘ining umumiy qismi bilan aloqalari, tizimli sharhlash vaqtida hisobga olish zarur bo‘lgan holatlardan biridir. Bunday aloqani ko‘rib chiqish, talqin qilinayotgan normaning ma’nosini har tomondan aniqlashtirish va kengroq ochish, uning umumiy yo‘naltirilganligini anglashga imkon beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 615-moddasida ijara shartno- masini bekor qilish tartibi mustahkamlangan. Shartnomani bekor qilishning asoslari Fuqarolik kodeksining 382-moddasida ham belgilangan. Ijara shartno- masi bekor qilinishi chog‘ida ushbu moddalar bir-biri bilan solishtirilib, ijara shartnomasini bekor qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 615-moddasi bilan hal etiladi.




1 Qаrаng: Общая теория государства и права. Академический курс в 2-х томах. Под ред. проф.

М.Н. Марченко. Том 2. Теория права. – М.: «Зерцало», 1998. – 328–329-betlar.

25–18-8
Tizimli sharhlashda quyidagi maxsus qoidalarga rioya etish lozim: birinchidan, umumiy va maxsus normalarning aloqadorligi (maxsus qo-

nunlar muayyan faktga tegishli umumiy qonun harakatlarini bekor qiladi, ya’ni maxsus qonun normalari mavjud bo‘lgan taqdirda, umumiy qonun normalari qo‘llanilmasdan, maxsus qonun normalari qo‘llaniladi. Demak, maxsus norma- lar umumiy normalarning harakat faoliyatini cheklaydi);



ikkinchidan, havola etuvchi moddalarning aloqadorligi (havola etuvchi

moddalar sharhlanayotgan moddalarni aniqlashtirish uchun mo‘ljallangan yoki mazkur normaning mohiyatini yoritish uchun havola etilayotgan moddalarga murojaat qilinadi);



uchinchidan, agar turli organlar tomonidan chiqarilgan huquqiy norma-

larning qarama-qarshiligi aniqlansa, yuqori turuvchi organlar tomonidan qabul qilingan normaga asoslanish lozim;



to‘rtinchidan, agar bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki normaning

bir-biriga zidligi aniqlansa, u holda norma qabul qilingan vaqt e’tiborga olinadi va keyingi qabul qilingan normaga asoslanishi lozim.




Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish