Odilqoriyev X. T


-§. Hozirgi zamon huquq oilalarining umumiy tavsifi



Download 1,25 Mb.
bet305/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

3-§.
Hozirgi zamon huquq oilalarining umumiy tavsifi



Roman-german huquq oilasi. Ro- man-german huquq oilasiga Yevropa qit’asida rim huquqi va mahalliy an’analar asosida yuzaga kelgan huquq tizimlari kiritiladi. U rim

huquqini italyan, fransuz va nemis universitetlarida o‘qitish yo‘li bilan XII–XVI asrlarda Yustinian qonunlari to‘plami asosida shakllangan, ko‘pgina Yevropa davlatlari uchun umumiy bo‘lgan yuridik fan sifatida yuzaga kelgan3. Roman-german huquq oilasi uchun yozma huquqning mavjudligi, huquq asoslarining yagona iyerarxik tizimi, uning ommaviy va xususiy huquq so- halariga bo‘linishi, shuningdek, huquq tizimining sohalarga bo‘linishiga xosdir. Roman-german huquq oilasidagi barcha mamlakatlar huquqi uchun kodeks- lashtirilgan qonunchilik xosdir. Bu mamlakatlarning barchasida yozma konsti-




1 Qаrаng: Российская юридическая энциклопедия. – М., 1999. – 756-bet.

2 Qаrаng: Давид Р. Основные правовые системы современности. – М., 1988. – 39–48-betlar.

3 Qаrаng: Теория государства и права / Под ред. проф. В.К. Бабаева. – М., 2006. – 593-bet.

tutsiyalar mavjud bo‘lib, ulardagi normalar oliy yuridik kuchga ega deb hisob- lanadi. Mazkur huquq yuridik doktrinasi va qonunchilik amaliyoti odatdagi qonunning uch turini farqlaydi: kodekslar, maxsus qonunlar va normalarning to‘plangan matnlari.



Kontinental huquq tizimiga oid aksariyat mamlakatlarda fuqarolik, jinoyat, mehnat, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual va boshqa kodekslar qabul qilingan va amal qiladi. Joriy qonunchilik tizimi ham serqirra va ko‘p tarmoqli- dir. Ushbu qonunlar ijtimoiy munosabatlarning alohida turlarini tartibga soladi (masalan, bank faoliyatiga, tadbirkorlikka oid qonunlar). Roman-german huquq oilasi manbalari orasida qonun ijrosi yo‘lida qabul qilinadigan hujjatlarning: ma’muriy sirkulyarlar, reglamentlar, farmoyishlar, dekretlar alohida o‘rin tutadi va ularning hissasi ortib bormoqda. Odatlar ham roman-german huquq oilasida huquq manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U ba’zida qonunga qo‘shimcha, qonundan tashqari hollarda ham qo‘llaniladi, masalan, Italiya dengiz huquqida dengiz odatlari katta o‘rin egallaydi. Umuman, bugungi kunda odatlar bu huquq oilasida mustaqil manba mavqeini yo‘qotmoqda.

Sud amaliyotining roman-german huquq oilasi manbalari tizimidagi aha-

miyatiga kelsak, bu yerda doktrinaning yondashuvi anchagina qarama-qarshi mazmunga ega. So‘nggi yillar tendensiyasiga muvofiq, sud amaliyoti ushbu huquqiy tizimning yordamchi manbayi sifatida e’tirof etilmoqda. Avvalo, bu

«kassatsiya presedenti» bilan bog‘liq. Zero, kassatsiya sudi – yuqori instan- siya sudidir. Bunda sudning «oddiy» qarori (masalan, o‘xshash ishlar bo‘yicha umumiy analogiya yoki umumiy prinsiplarga asoslangan ishlar) kassatsiya bosqichidan o‘tib, o‘xshash ishlarni hal etishda boshqa sudlar faoliyatida faktik president sifatida qabul qilinishi mumkin.

Roman-german huquq oilasida uning asosiy tamoyillarini, nazariy ma- salalarini ishlab chiqqan doktrina alohida o‘rin egallaydi. Doktrina qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatida ancha muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, undan huquqni qo‘llash faoliyatida (qonunlarni sharxlashda ham) keng foy- dalaniladi1.

Yevropadagi qator davlatlar huquqining roman-german huquq oilasiga mansubligi milliy huquqiy tizimlar o‘rtasidagi ma’lum farqlarni istisno qil- maydi. Shuni eslatib o‘tish lozimki, bir tomondan, fransuz huquqi, ikkinchi to- mondan, german huquqi shu modelga xizmat qilishdiki, buning asosida roman- german huquq oilasi ichida ikkita huquq guruhi ajratiladi: 1) roman huquqi guruhi, bunga Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Italiya, Portugaliya, Is- paniya kiradi; 2) german huquq guruhi, unga Avstriya, Shveysariya va boshqa



1 Qаrаng: Теория государства и права / Под ред. проф. В.К. Бабаева. – М., 2006. – 594-bet.

26–18-8


davlatlar tegishli. Roman-german huquqi oilasida fransuz huquqida eng kuchli deb tanilgan «rim (roman) huquqi» «german huquqi» guruhidan farq qiladi,

«german huquqi»ga german huquqi fani ancha ta’sir ko‘rsatgan1.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish