Birinchidan, jamiyat, shaxs yoki ijtimoiy guruh uchun qadr-qimmatli
bo‘lgan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Bunda, birinchi navbatda, normadagi adolat va erkinlik g‘oyalari bilan belgilanadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy idrok etish va qonuniy mustahkamlash predmeti bo‘ladi. Bunda huquqning ijobiy munosabatlarni mustahkamlash funksiyasi namoyon bo‘ladi.
Shu bilan birga, jamiyat, shaxs manfaatlarini qo‘riqlash maqsadida ba’zan salbiy, noxush ijtimoiy xulq-atvor ham huquqiy norma ta’siriga tushadi, lekin o‘z-o‘zidan emas, balki nizoli vaziyatlarni tartibga solish vositasi orqali aks etadi. Yuridik normalarda ijtimoiy voqelik, uning yo‘nalishlari va rivojlanish is- tiqbollarini aks ettirishning murakkabligi, hatto nobop normalar qabul qilishga olib kelishi mumkin. Huquqda ijtimoiy voqelikni aks ettirish subyektiv bo‘lib, davlatning huquq ijodkorligi bilan shug‘ullanuvchi organlari faoliyati ilmiylik prinsiplariga har doim ham asoslanavermasligi bois xato normalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, huquqiy normalarda aks ettiriladigan ijtimoiy munosa- batlarning ahamiyati, muhimligi darajasi normaning qonunchilik iyerarxiyasida egallaydigan o‘rnini belgilaydi. Eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar yuridik kuchi jihatdan yuqori nufuzga ega bo‘lgan normativ- huquqiy hujjatlar – konstitutsiyalarda, konstitutsiyaviy qonunlarda, qonunlarda ifodalanadi.
Ikkinchidan, huquq normasi tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat-
larning modeli sifatida namoyon bo‘ladi. Modellashtirish – bu ongda ijtimoiy reallikning andozasini in’ikos etish, vujudga keltirish yo‘li bilan tabiiy va ij- timoiy hodisalarni idrok etish jarayonidir. Qonun chiqaruvchi organ «ongida»
shakllantirilgan ijobiy xulq-atvorning namunaviy variantlari, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlar modeli shaklida ifodalanadi. Modelni ifodalash vositalari turli-tuman: tabiiy til vositasi, formulalar, konstruksiyalar, raqamlar va hoka- zolardir.
Huquqiy norma faqat xulq-atvor emas, balki ijtimoiy munosabatlarning holati, ularning xususiyatlari, obyektiv va subyektiv tarkiblarini ham model- lashtiradi. Bunda u huquqiy holat va tushunchalar, huquqiy tartibga solish chegaralari, usullari, prinsiplari haqida, huquqqa muvofiqlik va huquqqa zidlik, huquqiylik va nohuquqiylik haqida axborot yetkazadi. Ijtimoiy munosabatlarning modeli sifatida normativ-huquqiy hujjatda mustahkamlangan yuridik normalar ijtimoiy voqealikning yaxlit manzarasini aks ettiradi. Shuning uchun ham har qanday mamlakat va davrning qonunchilik yodgorliklarini o‘rganish – shu davr davlati, jamiyati va hayoti, turmushi va huquqi haqida ancha ishonchli axborot beradi. Huquq normasi o‘zidagi mavjud axborot, shuningdek ijtimoiy munosabatlarni modellashtirishda alohida ahamiyat kasb etishi tufayli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish imkoniyatiga ega. U ijtimoiy munosabatlarni aks ettirganligi bois unga muayyan mazmun va ifodalanish shakli xos bo‘ladi. Uchinchidan, ijtimoiy jarayonlar, holatlar va aloqalarning takrorlanishi tufayli huquq normasi ularning tipikligini aks ettiradi hamda mustahkamlaydi. Odatda, tip jihatidan mansublik mavjud munosabatlarga xos bo‘ladi, lekin u yangidan shakllanayotgan, kelgusida takrorlanib turishi ehtimol tutilgan ijti- moiy aloqalarga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Tipiklashtirish – murakkab tafakkur jarayoni bo‘lib, umumlashtirish, holatlarining muhim belgilarini aniqlash va ahamiyatsiz belgilarni bo‘rttirmaslikni nazarda tutadi. Huquqiy normaga nisbatan esa tipiklashtirish muayyan vaziyatlardagi huquqiy hodisa yoki inson xatti-harakatidagi muhim jihatlarni ajratib ko‘rsatishda ifodalanadi. Bu huquqiy holatlarda (shaxsning individual belgilaridan tortib, uning ayrim fe’l-atvorigacha) muayyanlikdan abstraksiyalashishga o‘tish jarayonidir. Shu tu- fayli «erkinlik qonunlarda alohida shaxs o‘zboshimchaligiga bog‘liq bo‘lmagan,
nomuayyan, nazariy mavjudlik kasb etadi»1.
Tipiklashtirish tufayli huquqiy tushuncha o‘ziga xos ma’lum belgilariga ega bo‘ladi, xulq-atvor qoidasi esa ijtimoiy munosabatlar bilan aloqani uzmagan holda o‘zining tartibga soluvchi ta’siri bilan cheksiz miqdordagi shaxslarni qamrab olish xususiyatiga ega. Shu ma’noda yuridik norma uchun mazmunining aniqligi va subyektlarining mavjudligi xosdir. Huquq normalari mazmunini tipiklashtirish shunga olib keladiki, bunda ular turli shaxslar uchun teng masshtab, me’yor sifatida namoyon bo‘ladi. Bu huquqning barqarorlik xususi-
1 Marks K., Engels F. Аsarlar. – M., 1984, T.1. – 63-bet.
yatini ham belgilab beradi. Ijtimoiy munosabatlar ancha uzoq muddat mavjud bo‘lgandagina, ularga xos umumiy va barqaror belgilar tipik ma’no kasb etadi. Bu barqarorlik huquq normasida mustahkamlanib, ularga doimiylik, izchillik baxsh etadi. Huquqiy normalar modellashtirayotgan ijtimoiy munosabatlar notipik bo‘lib qolgan taqdirdagina o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
To‘rtinchidan, huquq normalari umummajburiy xususiyatga ega. Huquq
normasining bu xususiyati unga og‘ishmay rioya qilish va ijro etish hamda in- son xulq-atvoriga davlat, jamiyat va ijtimoiy guruhlar tomonidan ma’lum mu- nosabat bildirilishini ko‘zda tutadi. Agar xulq-atvor yuridik norma talabalarga muvofiq kelsa, munosabat ijobiy bo‘lishi mumkin yoki norma talablari buziladi- gan bo‘lsa, salbiy aks ta’sir yuz berishi mumkin. Huquqiy normaga, umuman huquqqa rioya qilish va uni ijro etish ichki va tashqi omillar bilan ta’minlanadi. Shunday qilib, huquq normasi – davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki ma’qullangan, bajarilishi hamma huquq subyektlari uchun umummajburiy bo‘lgan, davlatning majburlov kuchi bilan muhofazalanadigan, ijtimoiy muno- sabat qatnashchilarining huquq va majburiyatlarini o‘zida mujassam etgan va
aniq shaklda ifodalangan xatti-harakat mezoni, yurish-turish qoidasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |