Huquq normasida jamiyatning, xalqning, ular hayotining moddiy
shart-sharoitlari bilan belgilanadigan erki, irodasi, manfaatlari ifodalanadi. Huquq normasi shaxslarning bir-biri bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarida qanday xatti-harakat modeliga, namunasiga rioya etishlari lozimligini, ya’ni qaysi harakatlarni sodir etish mumkin yoki qanday xatti-harakatlarni sodir etmaslik kerakligini ko‘rsatadi. Shu ma’noda huquq normasi insonlar xulq- atvorining huquqiy mezoni sifatida maydonga chiqadi. Uning tartibga soluvchi vosita sifatidagi ahamiyati shundaki, muayyan huquq subyekti (xususan shaxs, organ, muassasa) o‘z harakatida huquq normasida mustahkamlangan qoidaga rioya etadi yoki boshqa huquq subyektidan huquq normasida belgilangan te- gishli xatti-harakatni sodir etishni talab qiladi. Basharti, belgilangan huquqiy qoida bajarilmasa, huquqbuzarga nisbatan davlat ta’sir chorasi qo‘llaniladi.
Demak, huquq subyekti huquq normasida belgilangan xatti-harakat me’yoriga rioya qilgan taqdirda, holatida huquq normasi xatti-harakat o‘lchovi, faoliyat mezoni sifatida namoyon bo‘ladi. Huquq normasida belgilangan qoida buzilganida esa, u huquq subyektining harakatiga baho berish vositasi sifatida maydonga chiqadi.
Huquq ijtimoiy munosabatlarni qat’iy tartibga solish salohiyati tufayli katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, shu bois huquq normasi huquq buzilishi holatlarining oldini olishga xizmat qiladi. Chunki, huquq subyekti tomonidan qonunda belgilangan huquqiy xatti-harakat qoidasini buzish, muqarrar ravishda unga nisbatan ta’sir chorasining qo‘llanishiga olib keladi.
Huquq normasi yalpi umumiy xususiyatga ega. U ijtimoiy munosabat qat- nashchilarining barchasiga, ularning xohish-istagiga bog‘liq bo‘lmagan holda, tegishli bo‘ladi. Ya’ni, ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir toifasiga, turiga tegishlidir (masalan, bitimlar tuzish, pensiyaga chiqish tartibi, nikohdan o‘tish va hokazo). Huquqiy normaning umumiy xarakterga ega ekanligi, avvalam- bor, shunda ko‘rinadiki, huquqiy normada ko‘zda tutilgan analogik holatlar yuzaga kelaverar ekan, bu norma ham qo‘llanilaveradi va aslo o‘z yuridik kuchini yo‘qotmaydi. Boshqacha aytganda, go‘yo normadagi holatlar o‘zining yuzaga kelishini «kutib yotadi» va vaziyat vujudga kelganda ishga tushadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 179-moddasida mus- tahkamlangan «soxta tadbirkorlik, ya’ni ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan yashirish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tuzilmalari tuzish»dan ibo- rat xatti-harakatning sodir etilishi – ushbu moddaning «harakat» ga kelishiga, qo‘llanishiga olib keladi.
Huquqiy normaning yana bir muhim jihati, uning davlat erki-iro- dasini, hokimona amrining ifoda etishida ko‘rinadi. Shu bois, huquq nor- masi – muayyan munosabatlar ifodasi yoki muayyan harakat sodir etishni maslahat beruvchi tavsiyanoma bo‘lmay, balki, shu normada ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelganda qanday harakat qilish lozimligini belgilovchi ho- kimiyat amridir. Har qanday huquq normasi vakolatli davlat organi tomoni- dan o‘rnatiladi yoki ma’qullanadi, shu bois u davlat amri-irodasini ifodalaydi, umummajburiy qoida tariqasida amal qiladi. Mabodo, huquq normasida bel- gilangan xatti-harakat qoidasi bajarilmasa, uning bajarilishini ta’minlovchi davlatning majburlov choralari harakatga keladi. Masalan, huquq subyekti tomonidan qonunga xilof harakatlar sodir etilishi tegishli yuridik javob- garlikka olib keladi, demak, huquq normasi davlatning majburlov kuchiga tayanadi.
Huquq normasi huquq subyektiga muayyan huquqlarni bergan taqdirda ham davlatning amr-irodasi saqlanib qoladi, chunki bu iroda huquq subyek- tining huquqlari kafili sifatida namoyon bo‘ladi. Huquq normasi mazmunan va ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra davlat amri-irodasini ifodalagani uchun uning bu belgisi, o‘z navbatida, huquqiy normaning ifodalanish shakliga qat’iy talab qo‘yadi. Shu sababli, huquqiy normalar shaklan aniqlikka ega bo‘ladi. Huquqiy norma qonunlarda, shu kabi boshqa rasmiy normativ-huquqiy hujjatlarda mus- tahkamlanadi, zero, huquq normasini to‘g‘ri tushunish va o‘rinli qo‘llash uchun, u albatta puxta ishlangan, aniq va ixcham shaklda ifodalangan bo‘lishi kerak. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy normalar ichida huquq nor- masi o‘zining aynan shu jihati, ya’ni shaklan aniq qoida ekanligi bilan ajralib turadi.
Yuqoridagi tahlillar asosida huquq normasining quyidagi o‘ziga xos bel- gilarini ta’kidlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |