Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet181/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

XII bob. HUQUQ NORMASI*





Huquq normasi


1-§.tushunchasi va mohiyati
Huquq normasi instituti yuridik fan- ning, jumladan davlat va huquq nazariya- sining fundamental ilmiy kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Huquq normasi masalalarini

ilmiy tadqiq etishning muhimligi shundaki, u huquqiy tizimning barcha elementlari bilan chambarchas bog‘liq: bir tomondan, huquq normasi huquq ijodkorligi, shu jumladan qonunchilik jarayonining mahsuli (hosilasi) bo‘lsa, ikkinchi tomondan, u huquqni qo‘llash jarayoni orqali amalga oshirilib, ijti- moiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish vositasiga aylanadi, uchinchidan, huquq normasi huquqiy munosabatlarning andozasi, modeli sifatida maydonga chiqadi.

Jamiyatda amal qiluvchi huquq obyektiv voqelik bo‘lib, u huquqiy norma- lar yig‘indisidan iborat. Huquq normasi milliy huquq tizimining boshlang‘ich elementi, uning mazmunini tashkil qiluvchi substansiya (asos) dir. Davlat- huquqiy ta’limot va amaliyot huquqiy norma va uning ta’rifi borasida ko‘plab ilmiy talqinlar yaratgan. Huquqiy tizimning hech bir qismi, biron-bir sohasi huquq normasi bilan bog‘lanmagan holda izohlanishi mumkin emas. Shu bois, huquqiy normalar huquqiy tizim tabiatiga xos barcha xususiyatlarni o‘zida ifoda etadi. Yuridik normalarni tadqiq etishga akademik Sh.Z. O‘razayev, professor- lar M.H. Xakimov, V.K. Babayev, M.I. Baytin, Z.M. Islomov, P.Е. Nedbaylo,

A.S. Pigolkin, A.F. Shebanov va boshqalar barakali hissa qo‘shganlar. Adabiyotlarda huquq normasi, odatda, talab etilayotgan xatti-harakat qoi-

dasi yoki shunday xulq-atvor, faoliyatning o‘lchovi sifatida ta’rif qilinadi. Huquq ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etuvchi vosita sifatida doimo, muayyan xulq- atvor, xatti-harakat qoidasi sifatida namoyon bo‘ladi. U analogik (bir-biriga o‘xshash) vaziyatlarda huquq subyektlari tomonidan takror-takror qo‘llanishga mo‘ljallangan.

Huquq normasini ta’riflashda, avvalo, uning ijtimoiy normalarning bir turi ekanligidan kelib chiqish lozim. Ijtimoiy normalar kishilik jamiyati tur- mush tarzi uchun xos bo‘lib, mazkur normalar odamlar va ularning uyushma-




* Ushbu bob Yunusjon Оdilqoriyev bilan hammualliflikda yozilgan.

lari o‘rtasidagi turli-tuman aloqalar hamda munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi. Bunday qoidalar qatoriga kishilar va ular guruhlarining o‘zaro munosabatlari, yurish-turish va xulq-atvorini tartibga soluvchi barcha axloqiy, diniy, siyosiy, korporativ, huquqiy va boshqa normalar kiradi.



Huquqiy normalar qadimdan turli ijtimoiy-hayotiy qoidalar: urf-odatlar, an’analar, rasm-rusumlar, marosim tartiblari, diniy qoidalar, axloq talablari ta’sirida shakllanib kelgan. Shu bois huquqiy normalarning tarixan paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishiga boshqa ijtimoiy normalar ta’sir ko‘rsatganini nazarda tutish lozim. Tarixiy nuqtayi nazardan qaraganda, dastlab ijtimoiy normalar turli ijtimoiy guruhlar, qatlamlar tomonidan shakllantirilib, hayot- ga tatbiq etib borilgan. Masalan, ibtidoiy tuzumda bu faoliyat asosan, urug‘, qabilalar tomonidan amalga oshirilgan. Ijtimoiy normalar, asosan, jamoaviy turmush tarzini, oilaviy va mehnatga oid munosabatlarni va boshqa aloqalarni tartibga solishga qaratilgan. Huquqiy (yuridik) normalar ijtimoiy normalarning alohida turi sifatida ijtimoiy normalarga xos barcha belgilarga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda, huquq normalari faqat o‘zigagina xos xususiyatlarga ham ega.

Huquq normasi shunday xususiyat kasb etadiki, u ijtimoiy munosabatlar- ni tartibga solishda har qanday xulq-atvor va xatti-harakatlarda aniq me’yorni belgilovchi mezon bo‘lib hisoblanadi. Agar jamiyat hayotining bir qator jihat- lari axloq, urf-odat, madaniyat qoidalari, an’ana, udum, rasm-rusumlar bilan bog‘liq bo‘lsa, huquqiy hayot sohasidagi munosabatlar huquqiy normalar vosi- tasida tartibga solinadi.




Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish