Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet187/390
Sana22.01.2022
Hajmi1,25 Mb.
#398661
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   390
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

Dispozitsiya – huquq normasining navbatdagi tarkibiy elementi bo‘lib, unda huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilanadi va ularning
bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlari variantlari ko‘rsatiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoxud chegaradan noqonuniy o‘tganlik uchun javobgar- lik belgilangan. Bu huquq normasining dispozitsiyasi – hukumatning ruxsati- siz yoki qalbaki hujjatlardan foydalanib yoki buning uchun belgilangan chegara punkti orqali o‘tmay, davlat chegarasidan noqonuniy o‘tishning taqiqlanganli- gidir. Dispozitsiya shu xulq-atvor qoidasining o‘zi, yuridik normaning o‘zagi, mag‘zidir. Ammo, huquq normasi faqat birgina dispozitsiyaning o‘zidan iborat bo‘la olmaydi. Faqat gipoteza va sanksiya birlikda dispozitsiya atrofida jamlan- gandagina dispozitsiya hayotiy kuchga ega bo‘ladi va o‘zining tartibga soluvchi xususiyatlarini namoyon qiladi. Dispozitsiya – bu huquqiy xatti-harakat modelidir.

Dispozitsiyada huquq normasining gipotezasida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganda huquq subyektlari rioya etishlari lozim bo‘lgan qoida ifo- dalanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasiga muvofiq, «voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar» – bunda, gipotezada ko‘rsatilgan holatlar, ya’ni farzandlarning voyaga yetishi va mehnatga layoqatli bo‘lishi hollarining mavjudligi dispozitsiyaning amal qilishiga sharoit tug‘diradi, ya’ni farzandlarda o‘z ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatini vujudga keltiradi.

Bajarilishi shart bo‘lgan yoki aksincha, man etilgan xulq-atvor qoidala- rini bayon qilishning to‘laligi bo‘yicha dispozitsiyalar – oddiy, tavsif etuvchi, blanket va havola etuvchi dispozitsiyalarga bo‘linadi. Oddiy dispozitsiyada xatti-harakat tavsiflab berilmaydi, balki barchaga ma’lum tushuncha, ibora, (masalan, Jinoyat kodeksining 97-moddasi «qasddan odam o‘ldirish») yordami- da ta’riflanadi. Bu kabi dispozitsiyalarda izoh va sharh talab etilmaydi, ammo ular qonunchiligimizda juda kam uchraydi.

Tavsif etuvchi dispozitsiya – huquqbuzarlik belgilarining to‘liq bayonini o‘z ichiga oladi (masalan, JKning 169-moddasi: o‘g‘rilik – o‘zgalar mulkini yashi- rin ravishda egallab olish (qonunda, garchand bu mantiqan o‘rinli bo‘lmasa-da, talon-toroj qilish, deb yozilgan). Bunda norma dispozitsiyasi hammaga tushu- narli bo‘lishi uchun ma’lum bir ma’noda, qisqa shaklda bayon etiladi.

Blanket dispozitsiya huquqbuzarlikning belgilarini aniqlash uchun shu

qonunda yoki qonunchilikning boshqa sohalari normalarida belgilangan tegishli qoidalarga havola qiladi. Masalan, Jinoyat kodeksida yong‘in xavfsizligi, texni- ka xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu qoidalarning mazmuni Jinoyat kodeksida emas, balki JKning moddalarini qo‘llashda muro- jaat qilish zarur bo‘lgan boshqa normativ hujjatlarda ochib beriladi. «Blanket»


so‘zi «blank» iborasi asosida vujudga kelgan bo‘lib, asl ma’nosi blank tarzidagi norma mazmunini boshqa huquqiy qoida vositasida to‘ldirish lozimligini anglatadi. Yuqorida keltirilganidek, «texnika xavfsizligi qoidalarini buzganlik» ka doir javobgarlikni belgilash uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida tasdiqlangan «Texnika xavfsizligi qoidalari» degan hujjatni olib, uning qaysi qoidasi kodeks normasiga qay darajada muvofiq kelishini aniqlab, ya’ni shu qoida mazmuni bilan Jinoyat kodeksining blanket normasi to‘ldirilishi kerak bo‘ladi. Undan so‘ng aybning hajmi va jazoning miqdori hal etilishi mumkin.

Havola etuvchi dispozitsiya deganda, huquqbuzarlik belgilariga ega

bo‘lmagan, balki o‘sha qonunning boshqa normasiga (masalan, JKning 110-m.

«Qiynash») yoki boshqa huquqiy hujjatga murojaat etishni nazarda tutuvchi dispozitsiya havola etuvchi dispozitsiya sifatida tushuniladi.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish