Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv



Download 1,37 Mb.
bet97/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv. Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida mantiqan shakllandi. Uning asosiy namoyandalari Gustav Gugo (1764-1844), K. Savin (1779-1861), G. Puxta (1798-1846) va boshqa olimlardir. Mazkur yondashuv tarafdorlari tabiiy huquqiy ta’limoti hamda qonunchilik hokimiyati organlarining huquq yaratuvchi faoliyati natijasida sun’iy ravishda yaratiladigan pozitiv huquq g‘oyasini tanqid qiladilar. Ularning fikricha, huquq o‘z-o‘zidan vujudga keladi, shu nuqtayi nazardan u tilning kelib chiqishiga o‘xshaydi. Til shartnoma, biror shaxs yoki davlat organining ko‘rsatmasi bilan o‘rnatilmagani, xudo tomonidan ato etilmagani kabi, huquq ham faqat qonun ijodkorlik faoliyati bilan emas, balki xalqning turmush sharoitlari asosida tegishli normalarning tasodifiy shakllanishi bilan ham vujudga keladi.
Huquqiy normalarning va institutlarning shakllanishi va taraqqiyoti obyektiv rivojlanish natijasidir. Ushbu rivojlanish o‘z-o‘zidan, davr talabi va ehtiyojlariga muvofiq amalga oshadi. Shuning uchun insonlar bu jarayonga aralashmasliklari lozim. Huquqqa tarixiy yondashuvning mashhur vakili K. Savinining fikricha, milliy ruhning harakati bilan huquq ham tasodifiy rivojlanadi. Taraqqiyotning birinchi bosqichida huquq odatlar shaklida namoyon bo‘ladi, ikkinchisida huquqshunos olimlar tomonidan ishlov beriladi, bunda u o‘zining ildizi – xalqning umumiy e’tiqodi bilan aloqasini yo‘qotmaydi. Xalq ruhi bilan sug‘orilmagan huquq jamiyatda yashab keta olmaydi.
Mazkur nazariyaning asosiy g‘oyalari:

  • huquq – tarixiy hodisa bo‘lib, til kabi faqat biror kishining kelishuvi yoki kimningdir ko‘rsatmasi bilan emas, muayyan tarixiy sharoitdan kelib chiqadi va rivojlanadi.

  • huquq – dastavval huquqiy odatlar (yuridik oqibatlar keltirib chiqaruvchi, tarixan shakllangan xulq-atvor qoidalari)dir. Qonunlar «milliy ruh», «xalq ongi» zamirida huquqdan kelib chiquvchi qoidalar majmuidir.

  • bu nazariya namoyandalari inson huquqlarini inkor etib, yirik yer egaligi hukmron bo‘lgan vaqtda insonning tabiiy huquqlarini tan olishi mumkin bo‘lmagan.

Huquqni tarixiy tushunish nazariyasining ham o‘ziga xos kamchiliklari yo‘q emas:

  • bu nazariya yirik yer egaligi tuzumi inqirozga uchragan bir paytda tabiiy huquq nazariyasiga qarama-qarshi nazariya sifatida eski tuzumni saqlab qolish niyatida vujudga kelgan;

  • huquqiy odatlarning ahamiyatini qonunlardan ustun qo‘yishga harakat qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida huquqiy urf-odatlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda davlat organlarining huquqiy hujjatlarisiz ojizlik qilib qoladi.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish