Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet105/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqning regulyativ funksiyasi jamiyat a’zolarining yurish-turishi va xulq-atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini o‘rnatish, ijtimoiy munosabatlarni yuridik tashkil etish, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni uyg‘unlashtirish va barqarorlashtirishdan iborat. Bu funksiya doirasida huquqiy ta’sirning yana ikki – regulyativ-statik va regulyativ-dinamik huquqiy funksiyalar yo‘nalishi haqida so‘z yuritish mumkin.
Huquqning regulyativ-statik, ya’ni tartibga soluvchi – statik funksiyasi deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlar, ularning holati va erishilgan darajasini mustahkamlash hamda barqarorlashtirishga qaratilgan ta’siri tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu huquqiy institutlar shaklida mustahkamlanishi huquqiy tartibga solish maqsadlaridan biridir. Ushbu funksiya turli subyektlarning huquqiy maqomini belgilashda, masalan, inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklarini mustahkamlash, davlat organlari va mansabdor shaxslarning vakolatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqdorligini belgilashda namoyon bo‘ladi.
Huquqning mazkur funksiyasida uning tabiati nihoyatda yaqqol aks etadi. Zero, fuqarolar va tashkilotlarga huquqiy vakolatlar beriladi, ular shu vakolatlar doirasida erkin, o‘zlari istagancha faoliyat yuritadilar. Bu chegara qanchalik kengaysa, insonlar shunchalik erkin harakat qiladilar.
Tartibga soluvchi – statik funksiya vakolat beruvchi va man etuvchi normalar orqali amalga oshadi, shu bois, ular asosida tarkib topadigan munosabatlar passiv huquqiy munosabatlar toifasini tashkil etadi. Bunday hollarda huquq subyektlari o‘zlari tashabbus ko‘rsatib huquqiy faollik qilishlari mumkin.
Huquqning regulyativ-dinamik, ya’ni tartibga soluvchi – dinamik funksiyasi deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etib, ularning kelgusida rivojlanishi, o‘zgarishi hamda takomillashuvini belgilab berishi tushuniladi. Bu yerda huquq ijtimoiy munosabatlarning taraqqiyotini, harakatlanishi (dinamikasi)ni rasmiylashtiradi. Mazkur funksiya majburiyat yuklovchi normalar vositasida amalga oshiriladi. Masalan, qonunchilikda fuqarolar zimmasiga qator majburiyatlar yuklatiladi: soliqlarni to‘lash, harbiy burchni ado etish, mehnat intizomiga rioya qilish, shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish va hokazolar. Tartibga soluvchi – dinamik funksiya faol huquqiy munosabatlar shaklida ro‘yobga chiqadi. Bular fuqarolik, mehnat, ma’muriy, moliya va boshqa huquq sohalari institutlarida o‘z aksini topadi.
Huquqning regulyativ funksiyasini amalga oshirishda keng tarqalgan usullar quyidagilar:

  • huquq normalari vositasida fuqarolarning huquqiy-muomala layoqatini belgilash;

  • fuqarolarning huquqiy maqomini belgilash (mustahkamlash) va

o‘zgartirish;

  • davlat organlarining huquq va majburiyatlari hamda mansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilash;

  • yuridik shaxslarning huquqiy holatini mustahkamlash;

  • huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va bekor qiluvchi yuridik faktlarni belgilash;

  • huquq subyektlari o‘rtasida muayyan huquqiy aloqa o‘rnatish (tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar);

  • aniq ijtimoiy munosabatlarga nisbatan huquqiy tartibga solishning oqilona tipini belgilash.

Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlardan kelib chiqib, huquqning regulyativ funksiyasini shunday ta’riflash mumkin.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish