Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet96/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqning psixologik nazariyasi. Huquqqa yondashuvda ayrim olimlar huquqiy normalar va huquqiy munosabatlar bilan birga huquqiy ongni ham huquq tushunchasiga kiritadilar. Shu bois, huquqning psixologik nazariyasi kelib chiqdi, u fanda va amaliyotda mustaqillikka da’vogar bo‘lsa-da, aslida huquqiy realizm g‘oyalari va boshqa nazariyalar bilan bog‘liqlikda yashab kelmoqda.
Mazkur nazariya o‘tgan asrda mantiqiy to‘la shakllangan bo‘lib, Petrajitskiy, Ross, Reysner va boshqalar bu nazariyaning Yevropadagi namoyandalaridir. Mazkur nazariyaning asosiy g‘oyalari:

  1. inson psixikasi (ruhiyati) – ijtimoiy taraqqiyot – jamiyat, davlat, huquq, axloqning rivojlanishini belgilovchi omil;

  2. huquq tushunchasi va mohiyati qonun sohibi faoliyati orqali emas, psixologik qonuniyatlar – huquqiy ehtiroslar (imperativ-atributiv xarakter), ya’ni nimagadir huquqiy vakolat (atributiv norma), nimadir qilish burchi (imperativ norma) majmui orqali kiritiladi, deb hisoblanadi;

  3. barcha huquqiy his-tuyg‘ular ikkiga – ijobiy (davlat tomonidan o‘rnatiladigan) va intuitiv (shaxsiy) huquqiy his-tuyg‘ularga bo‘linadi. Intuitiv huquq inson xulq-atvorining haqiqiy tartibga soluvchisi bo‘lib, «haqiqiy» huquq sifatida qaralishi kerak.

Mazkur nazariyaning ijobiy jihatlari: birinchidan, huquqni tushunishda iqtisodiy, siyosiy jarayonlar bilan birga psixologik jarayonlarga ham alohida e’tiborni qaratadi. Bu ijtimoiy psixologiyani hisobga olmay, individning psixologik tuzilishini inobatga olmay turib, qonunlar chiqarish mumkin emasligini anglatadi; ikkinchidan, jamiyat huquqiy tizimida, huquqiy tartibga solishda huquqiy ongning o‘rni va ahamiyatini oshiradi; uchinchidan, inson huquqlarining manbayini qonunlardan emas, inson ruhiyatidan qidiradi.
Ushbu yondashuvning salbiy jihatlari: psixologik omillarga haddan ziyod katta e’tibor berib, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy omillarga e’tiborni susaytiradi; intuitiv huquqning haqiqiy deb hisoblanishi bilan huquqni davlatdan ajratadi, huquqiylik, huquqqa xiloflik, qonuniylik va g‘ayriqonuniylik o‘rtasidagi farqni, mezonni yo‘qotadi.
Ma’lumki, sobiq Sovet huquq nazariyasida huquqqa psixologik yondashuv subyektiv idealizmga olib keluvchi nazariya sifatida rad etilgan edi. Biroq, sovet hokimiyatining dastlabki yillarida agar proletar davlatining manfaatlari talab qilsa, sudyalar huquqiy ongga murojaat qilishi dekretlarda tan olingan edi. Amalda esa, sotsialistik huquqiy ongga asoslanib, «aybdorlarni» joyida otib tashlash intuitiv huquqi keng miqyosda qo‘llanildi. Buning salbiy oqibatlari hammaga ma’lum.
Aytish joizki, huquqni tushunishga psixologik yondashuv nazariyasining asoschisi L.I. Petrajitskiy huquqni obyektiv va subyektiv, intuitiv va pozitiv, rasmiy va norasmiy turlarga bo‘lib tushuntiradi. Yuridik amaliyotda, xususan, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotida psixologik nazariya xulosalaridan samarali foydalanish mumkin. Huquq normalari harakatining psixologik mexanizmini bilish nihoyatda muhim, chunki u huquqni amalga oshirishda huquqni qo‘llovchi subyektning kasbiy mo‘ljallarining to‘g‘ri va aniq bo‘lishi, huquqni qo‘llash motivlarining asosli bo‘lishini nazarda tutadi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish