Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet265/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Davlat va fuqarolik Davlat – har qanday jamiyatda siyo-
3-§.jamiyati siy hokimiyatning eng muhim institutidir.
Davlat jamiyatning umumiy ishlarini boshqa-
ruvchi alohida organ sifatida faoliyat yuritadi. Davlat – jamiyatning siyosiy tashkilotlari tizimida muhim, ammo yakka-yu yagona bo‘g‘in emas: ushbu tizimga partiyalar va boshqa tashkilotlar ham kiradi. Biroq, jamiyat miqyosida faqat davlat suveren hokimiyatga ega bo‘ladi. Davlat hokimiyatining ustunligi muayyan tarzda uning universalligi (davlat hokimiyatining yurisdiksiyasi mamlakatning butun hududi, barcha aholisi va jamoat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi), vakolatlarida (davlat hokimiyati unga da’vo qiluvchi boshqa har qanday g‘ayri konstitutsiyaviy va muvoziy tuzilmalarni bekor qilishi mumkin), shuningdek, boshqa ta’sir ko‘rsatish vositalarining mavjudligida (masalan, qonunchilik, odil sudlov) ifodalanadi.
Fuqarolik jamiyatining izchil shakllanishi, shaxs va davlat o‘zaro munosabatlarining madaniylashuvi jamiyatdagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Siyosiy munosabatlar sohasida davlat haqli ravishda yetakchi o‘rin egallaydi, bunda u fuqarolik jamiyatiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni uning faoliyati jamiyat manfaatlariga taalluqli har qanday umumiy ishlarni bajarishi bilan belgilanadi.
Fuqarolik jamiyati odamlarning ijtimoiy va shaxsiy manfaat hamda huquqlarini ifodalash va himoya qilishga safarbar etilgan ixtiyoriy uyushmalari (jamoat birlashmalari, partiyalar, kasaba uyushmalari, shirkatlar, diniy tashkilotlar va hokazo) timsolida davlat bilan alohida siyosiy munosabatlarga kirishadi. Fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasi qancha yuqori bo‘lsa, davlatning demokratik faoliyati uchun asoslar shuncha ko‘p bo‘ladi. Va aksincha, fuqarolik jamiyati yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa, avtoritar va totalitar hokimiyat tuzumlari mavjudligi uchun asoslar ko‘proq bo‘ladi. Fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasi aholi qatlamlarining qamrab olinganlik darajasi bilan emas, balki bu jamiyatda tan olinadigan shaxs erkinligining ta’minlanishi holati bilan belgilanadi.
Fuqarolik jamiyatida davlat barcha mulkdorlarning huquqiy jihatdan teng himoya qilinishini ta’minlaydi, xususiy mulkni daxlsiz deb e’lon qiladi, ijtimoiy zarurat tufayli mulk olib qo‘yilgan holda unga tovon to‘lanishi kafolatlanadi.
Bunday jamiyatda mehnat erkin bo‘lib, davlat tomonidan ham, jamiyat tomoni dan ham rag‘batlantiriladi, majburiy mehnat taqiqlanadi, individual va jamoaviy mehnat erkinligi kafolatlanadi. Davlat aholini ish bilan to‘la ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi, kasb-hunar ta’limi va yangi ixtisos olish dasturlarini joriy etadi mehnatga tayyorlash va ishsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lanishini amalga oshiradi.
Jamiyatni davlatning yalpi «homiyligi»dan ozod qilishda uni «tungi qorovul» darajasiga tushirib qo‘yish yaramaydi. Barcha ijtimoiy tuzilmalarda tub o‘zgarishlar yuz berayotgan sharoitda aynan davlat yangi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiradigan birlashtiruvchi kuchga aylanishi lozim. Jamiyatni davlat ta’sirisiz o‘zgartirish, isloh qilish mumkin emas. Uning inson huquqlarini himoya qilish sohasida bozor islohotlarining salbiy oqibatlarini yengillashtirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyati, ayniqsa, muhimdir. Davlatning ijtimoiy vazifasi daromadlarni jamiyatning turli qatlamlari o‘rtasida soliq tizimi, davlat budjeti va maxsus ijtimoiy dasturlar yordamida qayta taqsimlashdan iborat.
Uzoq muddatli, istiqbolli maqsad sifatida davlat fuqarolarning moddiy holatini tenglashtirishga harakat qilishi lozim. Nafaqat yuridik, balki haqiqiy tenglikka erishish – tarixan qisqa fursatda erishib bo‘lmaydigan vazifa. Biroq, bu ulkan ma’naviy imkoniyatni o‘zida mujassamlashtirgan tenglik g‘oyasi rad etilishini anglatmaydi. Jamiyatimizning rivojlanish yo‘llarini aniqlash, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga davlatning aralashuvi chegaralarini, mulkni taqsimlashda uning tartibga soluvchi rolini, davlat ijtimoiy funksiyasining o‘sishini va uning o‘z fuqarolariga munosib turmush sharoitini yaratish uchun mas’ulligini kuchaytirish muhim vazifadir.
O‘zbekistonda tenglik, adolat va yuksak ma’naviyatga asta-sekin erishishni ta’minlovchi huquqiy davlatni shakllantirish yangi demokratik jamiyat modelining muhim jihatidir.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish