Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)


huquqiy axborotning darajasi va xarakteri



Download 1,37 Mb.
bet234/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

huquqiy axborotning darajasi va xarakteri. Huquqning samarali

amal qilishi ko‘p jihatdan hukuq subyektlari tomonidan amaldagi yuridik normalarni bilish hamda anglab yetish darajasiga bog‘liq. Tabiiyki, bunda huquqiy qoidalarning barchaning e’tiboriga qay yo‘sinda va qay me’yorda yetkazilishi muhimdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, aholi tomonidan huquqiy prinsiplar va aniq yuridik normalarni bilish darajasi bir xil emas. Aholining turli qatlamlariga huquqiy axborot har xil yo‘l va vositalar orqali borib yetadi. Huquqiy axborotning yetkazilishida ommaviy axborot vositalar-radio, televideniye va matbuotning o‘rni alohidadir;

  1. ijtimoiy munosabat qatnashchilarining huquqiy e’tiqodi va

yo‘naltirilganligi. Huquqning ijtimoiy hayotdagi harakatlanishi shaxsning huquqiy e’tiqodi, o‘y-fikrlarining yo‘naltirilganligi bilan bog‘liq. Zero, huquqning amal qilishi huquq sohiblarining nafaqat axborotlanganlik darajasi bilan, balki huquqiy norma talablariga rioya etish va uni bajarishga bo‘lgan shaxsiy ichki qat’iyatning shakllanganlik darajasi bilan ham bog‘liq. Yanada aniqroq ifoda etadigan bo‘lsak, shaxs huquqiy maqsad, vazifa hamda ideallarni bajarish va egallashga qanchalik yo‘naltirilganligi nazarda tutilmoqda;

  1. huquq amal qilishining ijtimoiy oqibatlari. Yuridik normalar

amal qilishining oqibati – huquqiy talabni amalga oshirishning yakuniy natijasigina emas, balki huquq harakati keyingi bosqichlarining boshlang‘ich nuqtasi hamdir. Huquqning ijtimoiy harakati «qayta bog‘lanish» mexanizmi (huquqiy ong, yuridik va sud amaliyoti, davriy huquq ijodkorligi) orqali huquqiy tartibga solish jarayoniga, uni yo‘naltirishga va tuzatishga ta’sir ko‘rsatadi;

  1. ijtimoiy muhit. Huquqning, shuningdek butun yuridik vositalar

tizimining harakatlanishi muayyan ijtimoiy muhitda ro‘y beradi. Bunda jamiyat, davlat, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari hamda fuqarolar tomonida huquqqa, qonuniylikka munosabat namoyon bo‘ladi. Mazkur muhitda mavjud muayyan shart-sharoit, huquqiy madaniyat, huquqiy ong va tartibiy holati maydonga chiqadi. Huquq harakatlanadigan ijtimoiy muhitning muhim jihatlaridan biri jamiyatdagi qonuniylik va huquqiy tartibot rejimini qamrab oluvchi umumiy holat – «huquqiy iqlim»dir.
Tahlil etilayotgan mexanizmda huquqning harakatlanishiga turli ijtimoiy omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy omillar huquqiy tartibga solish ehtiyojlarini aniqlashga, huquqiy munosabat ishtirokchilarining xulq-atvoriga, yuridik norma qo‘llanayotgan masalaning mazmuniga u yoki bu shaklda ta’sir o‘tkazuvchi ijtimoiy hayot hodisalaridir. Ijtimoiy omillar iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy taraqqiyotning obyektiv qonuniyatlarini o‘zida namoyon etadi. Ijtimoiy omillarni quyidagicha turkumlash mumkin: iqtisodiy, demografik, ekologik, jo‘g‘rofiy, siyosiy-huquqiy, g‘oyaviy-ruhiy, ijtimoiy-madaniy, milliy, baynalmilal, ilmiy, tashkiliy-texnikaviy va boshqa omillar.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish