Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet16/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Mantiqiy metod – davlat va huquq hodisalarining mohiyatini, asosiy mazmunini nazariy shaklda, mavhumlashtirilgan tarzda, mantiq qonunlari asosida o‘rganish usulidir. U oqilona, asoslantirilgan (isbotlangan) va izchil xulosa chiqarishni nazarda tutadi.
Mantiq (logika) eng umumiy tarzda ta’riflaganda, to‘g‘ri, haqqoniy ilmiy fikr yuritish, fikr yuritishdagi ichki uyg‘unlik va o‘zaro mutanosiblikdir. Mantiq fikrning tuzilishini, turli fikrlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni, haqiqat bilimga erishishning shart-sharoitlari va qonun-qoidalarini o‘rganadi. Dialektik mantiq tafakkurning umumiy qonuniyatlarini tahlil etadi. U inson tafakkurining «charxlanishi»ga ko‘maklashadi, uning izchil, ziddiyatlardan xoli va asos-e’tiborli bo‘lishini ta’minlaydi1. Demak, asosiy mantiqiy talablar – fikrni aniq, izchil, ziddiyatsiz, asosli, isbotli ifodalashdan iborat.
Mantiqiy metod davlat va huquq voqeliklari haqida to‘g‘ri (haqqoniy) bilimlar hosil qilish, ularni yoqlab chiqish va asoslashda mantiq qonunqoidalaridan foydalana bilishni o‘rgatadi. Shuningdek, mazkur metod turli fikrlarni mantiqiy tahlil qila olish, o‘z fikrini ixcham, lo‘nda va eng muhimi, ishonarli, asosli qilib bayon etish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Ilmni mantiqiy usul va vositasida o‘rganishda avvalgi bilim (xulosa) keyingi bilim (xulosa) uchun asos bo‘ladi. Ilmiy-nazariy xulosalarni shakllantirishda mantiq sillogizmlariga tayanish lozim bo‘ladi.
Masalan, «ikki tasdiq fikrdan uchinchi yangi tasdiq fikr (xulosa) chiqadi». «Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq bo‘lmaydi». Mantiq sillogizmlarining eng oddiylaridan birini davlat masalasiga qo‘llab, xulosa chiqarib ko‘raylik:

  1. demokratik davlatlarda vakillik hokimiyat idoralari saylov asosida

shakllantiriladi;

  1. O‘zbekiston Respublikasida davlat vakillik idoralari saylov asosida

shakllantiriladi;
v) demak, O‘zbekiston Respublikasi demokratik davlatdir. Bunday tarzda chiqarilgan xulosa mantiqiy jihatdan ziddiyatsizdir.
Tarixiy metod – davlat va huquqni tarixiy rivojlanish shart-sharoitlariga bog‘lab o‘rganish usuli bo‘lib, unda davlat va huquqning tavsifi va rivojlanish bosqichlari tarixiy xronolologik izchillikda, ketma-ketlikda o‘rganiladi.
Ushbu o‘rinda davlat va huquqning tarixan vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularning tarixiy taraqqiyot bosqichlarida rivojlanishi, o‘zgarishi va shakllanishiga ta’sir etgan omillarni ko‘rsatib berish, shu asosda davlat va huquqning bugungi holatiga baho berish hamda istiqboldagi evolyutsiyasini bashorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy metod vositasida davlat – huquqiy hodisalarga ikki nuqtayi nazardan yondashish mumkin: birinchidan, bu hodisalarning «vaqt o‘lchovida harakatlanish, o‘zgarish jarayoni»ni kuzatish, ikkinchidan, bu jarayonni «nazariy jihatdan anglash». Tarixiy yondashuv asosida tahlil yuritish umuman abstrakt davlat va huquqni emas, balki konkret, aniq muayyan davlat va huquqning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va mohiyatini, tabiatini o‘rganish imkoniyatini beradi.
Va nihoyat, davlat va huquqning nazariy jihatlarini tarixiy voqealar hamda faktlar bilan bog‘lab o‘rganish puxta bilim olish garovidir. Davlat va huquq haqidagi turli-tuman fikrlar ichida o‘ralashib qolmaslik uchun ularning asosiy tarixiy bog‘lanishlarini unutmaslik lozim. Shu bois har bir masalaga tarixdagi ma’lum hodisa qanday paydo bo‘lganligi, bu hodisa o‘z rivojlanishida qanday asosiy bosqichlardan o‘tganligi nuqtayi nazaridan qarab, bu hodisa hozirgi paytda qanday bo‘lib qolganligiga baho berish lozim. Bu metodologik talab davlat va huquq hodisalariga ham bevosita taalluqlidir.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish