Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev
rini bajarishda qatnashuvchi va buning uchun tegishli hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan davlat mexanizmining bo‘g‘inidir. Davlat organlari bevosita davlat funksiyalarini amalga oshirishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liq va nisbiy mustaqil bo‘lgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudlov organlari (tashkiliy tuzilmalar)ning hamkorlikda faoliyat yurituvchi yagona tizimidir. Mazkur organlar davlati apparatining bir qismi hisoblanib, davlat funksiyasini amalga oshiruvchi ma’lum davlat hokimiyati vakolatlariga ega bo‘lgan, bajarilishi majburiy huquqiy hujjatlar chiqaradigan, ma’lum tartibda tashkil etilgan idoralardir. Davlat organlari tuzilishi jihatidan alohida va mustaqil tashkilot ekanligi, doimiy personallar – davlat xizmatchilarining mavjudligi, faoliyatining moddiy-moliyaviy jihatdan barqaror ta’minlanganligi bilan ajralib turadi. Davlat organlarining belgilari quyidagilardan iborat: Operativ boshqaruvda bo‘lgan ommaviy mulkka ega va budjet tomonidan moliyalashtiriladi. Davlat organlari o‘z vakolatini amalga oshirish uchun moddiy mablag‘ bilan ta’minlanadi. Shuningdek, moliyaviy qimmatliklar, bankdagi hisob raqami, budjet hisobidan moliyalanish manbayiga ega bo‘lishi shular jumlasidandir. Masalan, barcha vazirliklar o‘zining bankdagi shaxsiy hisob raqamiga ega hamda tegishli davlat xizmatchilariga maosh to‘lash, ularning xizmat faoliyati uchun zarur texnik vositalar va boshqa jihozlar sotib olish uchun davlat budjetidan doimiy ravishda moliyaviy mablag‘lar ajratiladi. Davlat nomidan muayyan sohada uning vazifa va funksiyalarini amalga oshiradi. Davlat organlari jamiyat hayotining turli sohalarida faoliyat yuritadi. Jumladan, davlatdagi huquqiy tartibotni ta’minlash sohasini Ichki ishlar vazirligi, prokuratura organlari amalga oshirsa, davlatning tashqi funksiyalarini Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, mamlakat mudofaasini esa, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa organlar amalga oshiradi. Hokimiyat vakolatlariga egaligi. Davlat organlari muayyan hokimiyat vakolatlariga egaligi bilan boshqa davlat muassasalari va tashkilotlaridan farq qiladi. Davlat organlari ishontirish va majburlash usullaridan foydalangan holda qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlaydilar. Davlat tashkilotlari va muassasalari esa, bu kabi hokimiyat vakolatlariga ega emas. Tarkibiy tuzilishga egaligi. Davlat organlari xizmat turlari va tarkibiy miqdoriga ko‘ra muayyan tuzilishga ega. Masalan, ijro etuvchi hokimiyat organlari vazirlik va davlat qo‘mitalaridan iborat; vazirlik (qo‘mita) tarkibi esa, bosh boshqarma, boshqarmalar, bo‘lim, bo‘linmalar tarzida tashkil etiladi. Masalan, Adliya vazirligida Qonunchilik bosh boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligida Tergov bosh boshqarmasi, Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi va boshqa tuzilmalar mavjud. Hududiy faoliyat miqyosiga egaligi. O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat organlarining faoliyat ko‘lami butun O‘zbekiston hududini qamrab oladi, mahalliy davlat organlarining faoliyati esa, faqatgina tegishli viloyat, shahar, tuman hududi miqyosida amalga oshiriladi. Qonun vositasida tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasida barcha davlat organlari qonun yo‘li bilan tashkil etiladi va tegishli qonunlarda belgilab qo‘yilgan tartib hamda vakolatlar asosida faoliyat yuritadi. O‘zbekiston Respublikasida noqonuniy tashkilotlar tuzish qat’iyan man etiladi. Davlatimiz Asosiy qonunining 57-moddasida quyidagilar ta’kidlangan: Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish qat’iyan man qilinadi. Download 1,37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |