Davlatning tashqi Davlatning tashqi funksiyalari – 4-§. funksiyalari davlat xalqaro maydonda olib boradigan faoli-
yatining asosiy yo‘nalishlaridir. Bunday faoli-
yat boshqa davlatlar bilan ijobiy munosabatlar o‘rnatish va ularni saqlash hamda ehtimol tutilgan tashqi tajovuzdan mamlakatni mudofaa qilishni ta’minlashdan iborat davlatning tashqi vazifalarini hal etishga qaratilgan. Shunga ko‘ra davlatning tashqi funksiyalari: jahon hamjamiyatining barcha davlatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik va tashqi hujumlardan mamlakatni mudofaa qilish kabi ikki asosiy funksiyaga bo‘linadi.
Boshqa davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish – davlatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va muayyan davlatning manfaatlarini barcha davlatlarning aniq va umumiy manfaatlari bilan uyg‘unlashtiruvchi teng huquqli munosabatlar o‘rnatish hamda ularni rivojlantirishga qaratilgan turli xil faoliyatidir. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi darajasi alohida olingan har bir davlatning va umuman, jahon hamjamiyatining ichki muammolarini yanada samarali hal etish uchun barcha taraqqiy etgan davlatlarning xo‘jalik, siyosiy va madaniy hayotini integratsiyalashni, ularning umumiy kuch-g‘ayratini birlashtirishni talab qiladi. Bunday hamkorlik integratsiya masalalariga keng va o‘zaro manfaatli yondashuvni, birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali nafaqat muayyan mamlakatning, balki hamkorlik barcha ishtirokchilarining manfaatlariga mos keladigan eng oqilona yechimlarni topa bilishni taqozo etadi.
Davlatlararo iqtisodiy hamkorlikda xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va ixtisoslashtirish, eng yangi texnologiyalarni ayirboshlash, tovar aylanmasini muvofiqlashtirish, kredit-moliya aloqalarini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni umumiy muvofiqlashtirish Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Iqtisodiy hamkorlik bir-biri bilan hududiy bog‘liq bo‘lgan davlatlar hamjamiyati doirasida samarali amalga oshiriladi. Bu fikrimizga Yevroosiyo iqtisodiy hamdo‘stligini misol sifatida keltirish mumkin. Ushbu hamdo‘stlikning maqsadi: iqtisodiy va siyosiy sohalarda har tomonlama hamkorlik, muntazam va bir maromda rivojlanish, turmush darajasini tezroq oshirish, davlatlarning mazkur hamkorligiga kirgan xalqlarning aloqalari yanada jipslashuviga erishishdan iboratdir. Bu davlatlar savdo sohasiga taalluqli barcha cheklovlarga o‘zaro barham berish; uchinchi mamlakatlar bilan savdo-sotiq qilishda umumiy bojxona tarifini kiritish; odamlar, kapital (sarmoya)lar va xizmatlarning erkin harakatlanishiga halal beruvchi barcha to‘siqlarni bartaraf etish, transport, energetika va xo‘jalik sohasida umumiy siyosat yuritish; raqobatning yagona qoidalarini belgilash va boshqa shu kabilar haqida kelishib olganlar. Hamjamiyat doirasida bir qator kredit uyushmalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular zimmasiga umumiy iqtisodiy va ijtimoiy siyosat tadbirlarini (investitsiya banki, taraqqiyot fondi va boshqalar) moliyalashtirish vazifasi yuklatilgan.
Iqtisodiy hamkorlik davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar asosida ham amalga oshiriladi. Biroq, bunday hamkorlik faqat mazkur davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlari doirasida chegaralanadi.
Davlatlarning siyosat sohasidagi hamkorligi, eng avvalo, tinchlik va urush masalalarida namoyon bo‘ladi. Jahon hamjamiyati taraqqiyotining hozirgi darajasi davlatlarga global qurolli to‘qnashuvlarni chetlab o‘tish imkonini beradi. Davlatlar o‘rtasidagi siyosiy hamkorlik davlat hokimiyatining barcha bo‘g‘inlari – parlamentlararo, hukumatlararo, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari darajasida amalga oshirilmoqda.
1991-yilda paydo bo‘lgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) asosan iqtisodiy hamkorlik prinsiplari negiziga qurilgan. Uning doirasida siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda davlatlararo hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti hozirgi davlatlarning siyosiy manfaatlarini uyg‘unlashtiruvchi asosiy xalqaro organdir. Nizolarni, shu jumladan, harbiy nizolarni siyosiy yo‘l bilan bartaraf etish masalalari BMTning doimiy organi – Xavfsizlik Kengashining diqqat markazida turadi. Ushbu Kengash xalqaro tinchlikni saqlash va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, davlatlararo munosabatlarning turli-tuman sohalarida hamkorlikni rivojlantirish borasida keng vakolatlarga ega.
Madaniyat va fan-texnika sohasidagi hamkorlik turli shakllarda hamda turli davlatlararo darajalarda amalga oshiriladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotida bunday hamkorlik Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasalar (YUNЕSKO), Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) va boshqalar tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Madaniy va fantexnika hamkorligining muayyan masalalari esa, davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama yoki ko‘p tomonlama shartnomalar asosida hal etiladi.
Xalqaro va fan-texnika sohasidagi hamkorlik doirasida ilmiy axborot, san’at asarlari, musiqa va sahna madaniyati yutuqlarini ayirboshlash, birgalikda mutaxassislar tayyorlash, fan va madaniyat muammolari bo‘yicha turli festivallar, konferensiyalar o‘tkazish, olimlar, fan va madaniyat arboblari, sportchilar o‘rtasida bevosita aloqalar o‘rnatish amalga oshiriladi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik ko‘pchilik davlatlarning sayyoramizda mo‘tadil ekologik vaziyatni asrab qolish borasidagi say’-harakatlarini birlashtiradi. Ushbu faoliyat barcha masalalarni qamrab olib, insoniyat hayotining davom etishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ekologik shartsharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu boradagi ishlar BMTning ixtisoslashtirilgan muassasalari tomonidan ham, mintaqaviy va boshqa davlatlararo organlar tomonidan ham amalga oshirilmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun davlatlarning kosmonavtika, tibbiyot, biologiya, elektronika sohalarida erishgan eng yangi yutuqlaridan foydalanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi – Shanxay Hamkorlik Tashkilotining faol a’zosi.
Hozirgi vaqtda davlatlarning tashqi faoliyati xalqaro-huquqiy normalarga asoslanadi, jahon hamjamiyatiga kiruvchi barcha xalqlarning tub manfaatlari va milliy xususiyatlarini imkon qadar hisobga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |