Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet63/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Davlat
2-§.funksiyalarini
tasniflash

Davlat funksiyalarini o‘rganish, bu sohadagi ilmiy bilimdan amaliyotda foydalanish davlat nazariyasi fani to‘plagan davlat-huquqiy

munosabatlarga doir jami materiallarni tar-
tibga solishni taqozo etadi. Buning uchun yuqorida ta’kidlanganidek, davlat-huquqiy hodisalar hamda jarayonlarni bilishda ilmiy tasniflash uslubidan foydalaniladi. Zero, ushbu uslubdan foydalanilmasa, davlat-huquqiy hodisalar hamda jarayonlarni har tomonlama tartibga solish va taqqoslash mushkul.
Davlat funksiyalarini o‘rganishda ham tasniflash uslubidan samarali foydalaniladi. U yoki bu funksiyalarni muayyan bir turkumga, guruhga kiritish imkonini beruvchi tasniflash mezonlari, ya’ni belgilari (ularning yig‘indisi) turli xususiyatga ega. Masalan, davlat faoliyatining obyektlari va sohalari, hududiy ko‘lamlari, ijtimoiy munosabatlarga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish usuli, vazifalarning mazmuni bir-biridan farq qiladi.
Darhaqiqat, ilmiy va amaliy maqsadlarda davlat funksiyalari turli mezonlar bo‘yicha tasniflanishi mumkin. Davlat funksiyalari amal qilish vaqti bo‘yicha doimiy va vaqtinchalik funksiyalarga bo‘linadi. Doimiy funksiyalar davlat amal qilishining barcha bosqichlarida ro‘yobga chiqariladi. Vaqtinchalik funksiyalar ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos shart-sharoitlari bois kelib chiqadi va bunday ehtiyojga o‘rin qolmaganidan keyin barham topadi. Siyosiy yo‘nalish (ichki va tashqi siyosat) sohalari bo‘yicha davlat funksiyalari ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linadi. Ichki funksiyalar davlatning mamlakat ichidagi faoliyatini, muayyan jamiyat hayotidagi yetakchilik rolini anglatadi. Tashqi funksiyalar esa, mamlakat tashqarisida olib boriladigan faoliyatni anglatadi, unda boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda davlatning roli namoyon bo‘ladi. Har qanday davlatning ichki va tashqi funksiyalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir, chunki, boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlar yo‘lini belgilovchi tashqi siyosat ham ko‘p jihatdan muayyan davlat amal qilishining ichki shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy hayot sohalari bo‘yicha davlat funksiyalari iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamda ma’naviy sohada amalga oshiriladigan funksiyalarga bo‘linishi mumkin.
Davlat funksiyalarini asosiy va asosiy bo‘lmagan funksiyalarga ajratish lozim, degan fikr ham mavjud. Albatta, bunday ajratish shartli tusga ega bo‘ladi, sababi, bu borada aniq mezonlar hali ilmiy tarzda belgilanmagan. Muayyan davlatning har bir funksiyasi shu davlat uchun obyektiv zaruratdir. Davlat faoliyatining barcha turlari teng darajada muhim, biroq bu fikr, turli bosqichlarda birinchi navbatda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish imkoniyatini istisno qilmaydi, albatta. Mana shu ustuvor yo‘nalishlar davlatning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga aylanadi.
Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipini mezonlar jumlasiga kiritish va ushbu prinsip asosida davlat funksiyalarini tasniflash mumkin. Bunda funksiyalar tegishincha qonun chiqarish (qonun ijodkorligi), boshqaruv, huquqni muhofaza qilish (shu jumladan, sudlov) va axborot funksiyalariga bo‘linadi. Bunday tasniflashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u davlat hokimiyatini ro‘yobga chiqarish jarayonini, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipini ifodalaydi. Bu qonunchilik (vakillik), ijro etish, sud hokimiyati tarmoqlari faoliyati bilan bog‘liq rasmiy tasniflashdir. Shunday bo‘lsa-da, ushbu tasnifdan ilmiy va amaliy maqsadlarda tez-tez foydalaniladi.
«To‘rtinchi hokimiyat» deb ataluvchi ommaviy axborot vositalari faoliyatini ko‘rsatuvchi axborot tarqatish vazifasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu funksiya ham o‘zining mazmuni, tuzilishi, ta’minlash usullari va vositalariga ega. Ushbu funksiyaning o‘ziga xos xususiyati quyidagilardan iborat: aholini aniq maqsadga yo‘naltirilgan axborot bilan ta’minlash, ijtimoiy ongga axborot orqali ta’sir ko‘rsatish va axborot uzatishning boshqa usullaridan iborat bo‘lib, hokimiyat barcha tarmoqlarining, butun davlatning amal qilishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Umuman olganda, aytish joizki, davlat funksiyalari – davlatning yaxlit, siyosiy, institutsional, hududiy jihatdan yagona va ayni vaqtda, differensiatsiyalashgan faoliyati yo‘nalishidir. Shuning uchun davlat nazariyasida davlat funksiyalarini ichki va tashqi funksiyalarga ajratish, ya’ni davlatning jamiyatga (davlatning o‘zi ham jamiyatning alohida tashkiloti hisoblanadi) munosabati bo‘yicha (ichki funksiyalar) va davlat shaklida tashkil topgan boshqa jamiyatlarga, boshqa davlatlarga nisbatan munosabati (tashqi funksiyalar) bo‘yicha faoliyatini aniqlash funksiyalarni taqsimlashning g‘oyat keng tarqalgan va e’tirof etilgan usulidir.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish