Odilqoriyev, N. Azizov, X


-§. O‘zbekiston SSRning tashkil topishi va uning siyosiy-huquqiy tizimi



Download 0,99 Mb.
bet74/100
Sana28.03.2023
Hajmi0,99 Mb.
#922729
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ TARIXI (2012)

2-§. O‘zbekiston SSRning tashkil topishi va uning siyosiy-huquqiy tizimi


O‘zbekiston SSRning davlati va huquqi tarixini yuz bergan siyosiy- huquqiy o‘zgarishlarga ko‘ra uch davrga, ya’ni 1924–1936, 1937–1977 va 1978–1991-yillarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
1924-yilga kelib Rossiya bolsheviklar kommunistik partiyasining Markaziy Qo‘mitasi va Sovet Hukumati bolshevistik mustamlaka tizimini yanada mustahkamlash uchun yangi usulni qo‘llaganlar. 1920-yili
V.I. Leninning Turkiston o‘lkasini milliy respublikalarga ajratib yuborish g‘oyasi amalga oshiriladi. Milliy hududiy chegaralanish tufayli mavjud davlatlar o‘rniga yangi respublikalar tashkil etildi. O‘rta Osiyo hududi yangi usulda yana Rossiya rahbarligida birlashtirildi. Natijada O‘rta Osiyoda O‘zbekiston SSR va uning tarkibida Tojikiston ASSR, Turkmaniston SSR, RSFSR tarkibiga kiruvchi Qora-qirg‘iz (Qirg‘iziston) avtonom viloyati, Qozog‘iston SSR va uning tarkibida Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati tashkil etilgan.
O‘zbekistonni tashkil qilish yuzasidan tuzilgan Muvaqqat qo‘mita 1924-yilning 5-dekabrida O‘zbekistonning tashkil etilganligini xalqqa e’lon qildi. TASSR, BXSR va XXSR Markaziy Ijroiya Qo‘mita sessiyalari 1924-yilning 18-noyabrida o‘z hokimiyatlarini tugatish va vakolatlarini O‘zbekiston inqilobiy hokimiyatiga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
1925-yilning may oyida SSSR sovetlarining III Qurultoyida O‘zbekiston SSR va Turkmaniston SSR «ixtiyoriy-majburiy» tarzda SSSR tarkibiga kiritilgan. Muvaqqat ishchi-dehqon hukumati – oliy qonunchilik, ijro va farmoyish beruvchi organ sifatida tashkil etilgan.
1925-yilda Sovetlarning I Ta’sis syezdi Tojik ASSRni O‘zbekiston SSRga qo‘shish to‘g‘risida deklaratsiya qabul qildi. Tojik ASSR ma’muriy hududiy bo‘yicha 5 ta viloyatga ega bo‘lib, o‘zining oliy va mahalliy boshqaruv organlariga ega edi. 1924-yil 26-noyabrda O‘zSSR revkomi Tojikston ASSR muvaqqat hukumati – revkomini tuzish to‘g‘risida qaror chiqardi.
1926-yilning 16-iyunida O‘zbekiston Sovetlarining Markaziy Ijroiya Qo‘mitaning IV sessiyasi respublikada ma’muriy-hududiy rayonlashtirish o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1926-yilning oktabrida O‘zbekiston Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining V sessiyasi ushbu loyihani tasdiqladi. Bunga ko‘ra, respublikada tugatilgan 7 ta viloyat o‘rniga 10 ta – Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent, Andijon, Qo‘qon, Xo‘jand, Buxoro, O‘rta Zarafshon, Samarqand (poytaxt) okruglari tashkil etildi. Bundan tashqari oldingi chegaralari doirasida O‘zbekiston Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasiga bo‘ysunadigan Konimex tumani saqlanib qolindi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun 26 kishidan iborat komissiya tuzilgan. Uning tarkibiga Tojikiston Muxtor respublikasi vakillari ham kiritildi. Komissiya o‘z ishida O‘zbekistonning tashkil etilgan vaqtidan buyon qabul qilingan konstitutsion aktlardan foydalandi.
«O‘zbekiston SSRni tashkil etish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekistonni SSSR tarkibiga qabul qilish to‘g‘risida»gi deklaratsiyalar, Markaziy Ijroiya Qo‘mita tomonidan 1925-yilning 22-iyulida qabul qilingan va O‘zbekis- tonning gerbi va bayrog‘ini belgilab beruvchi qarorlari O‘zbekistonning 1927-yilgi Konstitutsiyasiga asos qilib olindi. Konstitutsion komissiya Konstitutsiya loyiqasini ishlab chiqdi va uni 1926-yilning iyun oyida Markaziy Ijroiya Qo‘mita IV sessiyaning dastlabki muhokamasiga kiritdi. IV sessiya loyihani tasdiqladi va Sovetlar 2 syezdining tasdig‘iga kiritishga qaror qildi.
1927-yilning 30–31-martida O‘zbekiston SSR sovetlarining qurultoyi O‘zbekistonning birinchi konstitutsiyasini qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
O‘zbekiston SSRning birinchi konstitutsiyasi 8 bo‘lim, 17 bob va 114 moddadan iborat bo‘lgan. Birinchi bo‘lim umumiy holatlarga bag‘ish- langan. Unda Konstitutsiyaning huquqiy asoslari, O‘zbekistonda tashkil etilgan davlatning mohiyati, oliy hokimiyat organlarining tizimi, O‘zbekistonning sobiq Sovet Ittifoqi tarkibiga kirishi hamda ular vakolatlarining o‘zaro belgilanganligi mustahkamlangan.
Konstitutsiyaga ko‘ra O‘zbekiston tarkibiga Tojikiston Muxtor Respublika shaklida kirgan. Konstitutsiya bo‘yicha O‘zbekiston SSR davlat hokimiyatining Oliy idorasi O‘zbekiston Sovetlar qurultoyi, uning qurultoylari o‘rtasidagi davrda Sovetlar Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va uning sessiyalari orasida Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Prezidiumi etib belgilangan. Oliy boshqaruv organi Respublika Xalq Komissarlari Soveti hisoblanadi. Mahalliy hokimiyat idoralari okrug va tumanlarda Sovetlar qurultoyi, qurultoylar o‘rtasidagi davrda Sovetlarning Ijroiya qo‘mitalari etib belgilangan. Shahar va qo‘rg‘onlarda Sovetlar, sessiyalar o‘rtasidagi davrda ularning ijroiya qo‘mitalari va qishloqlarda qishloq Sovetlaridan iborat holda aks ettirilgan.
Konstitutsiya demokratik qoidalarni, siyosiy, fuqaroviy, shaxsiy huquq va erkinliklarni belgilagan. Jumladan, kishilarning teng huquqliligi, millati, irqidan qatyiy nazar cheklashlarga yo‘l qo‘yilmasligi, siyosiy boshpana berish, kichik millatlarning haq-huquqlari himoya qilinishi, ularga o‘z ona tillarida o‘qish, sudda chiqish, davlat boshqaruvida ishtirok etishi kabilar kafolatlangan. Shu bilan bir qatorda unda fuqarolarning majburiyatlari – mehnat qilish majburiyati, qo‘lda qurol bilan vatanni himoya qilish har bir fuqaroning burchi ekanligi ham ta’kidlab o‘tilgan.
Konstitutsiyaga muvofiq, O‘zbekiston o‘z suverenitetiga ega Sovet Ittifoqining teng huquqli a’zosi ekanligi, o‘z davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirishi, O‘zbekiston Ittifoq tarkibidan erkin chiqishi, O‘zbekistonning hududi uning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emasligi mustahkamlangan. Uning mustaqilligi Sovet Ittifoqi konstitutsiyasi bilan belgilangan doirada bo‘lishi ham ko‘zda tutilgan.
Lekin O‘zbekistonning suveren huquqlari to‘g‘risidagi ushbu normalar faqat qog‘ozdagini mavjud bo‘lib, markaz ushbu huquqlarni erkin amalga oshirishga hech qachon yo‘l qo‘ymagan. Bu huquqlarni amalga oshirishga qaratilgan har qanday harakatlar «millatchilik» va
«xalq dushmani» tamg‘asi bilan bosilgan.
Konstitutsiyaning uchinchi bo‘limi O‘zbekistonning markaziy hokimiyatini tashkil qilish masalasiga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra O‘zbekiston markaziy hokimiyat tizimi Butuno‘zbek sovetlarining qurultoyi, O‘zbekiston Markaziy Ijroiya qo‘mitasi, Markaziy Ijroiya Qo‘mita Rayosati, Xalq Nozirlar Kengashidan iborat bo‘lgan. Konstitutsiyada ushbu hokimiyat organlarini tashkil qilish tartibi, tuzilishi, ularning vakolatlari mustahkamlanadi.
Butuno‘zbek sovetlari qurultoyining mutlaq vakolatlari jumlasiga O‘zbekiston konstitutsiyasini qabul qilish, to‘ldirish va o‘zgartirish; Tojikiston Muxtor Respublikasining Konstitutsiyasini tasdiqlash kirgan.
Konstitutsiyaning to‘rtinchi bo‘limi Tojikiston Muxtor Respubli- kasining vakolatlari, oliy davlat hokimiyat organlari tizimi, uning O‘zbekiston oliy hokimiyat organlari ishida ishtiroki, O‘zbekiston qonun- larining Tojikiston hududida amal qilishi masalalariga bag‘ishlanadi.
Mahalliy hokimiyat organlarining tizimi, ularning tuzilishi, tashkil etish tartibi, vakolatlari masalasi Konstitutsiyaning beshinchi bo‘limida o‘z aksini topgan. Joylarda hokimiyat okrug va rayon Sovetlarining syezdlari va ularning ijroiya qo‘mitalariga tegishli bo‘lgan.
Ularning vakolatlariga yuqori turuvchi organlarning qarorlarini amalga oshirish; o‘ziga biriktirilgan hududning madaniy va xo‘jalik holatini ko‘tarish; mahalliy ahamiyatdagi barcha masalalarni ko‘rib chiqish va hal etish; mahalliy budjetni tuzish va tasdiqlash; hududda qonuniylikni ta’minlash, davlat tartibi va ijtimoiy xavfsizlikni himoya qilish; umumdavlat ahamiyatiga molik masalalarni o‘z tashabbusi yoki yuqori turuvchi organ topshirig‘i bilan muhokama qilish kirgan.
Konstitutsiyaning oltinchi bo‘limi sovetlarga saylovlar masalasiga bag‘ishlangan. Uning alohida moddalarida aktiv va passiv saylov huquqi, saylovlarni o‘tkazish, saylov natijalarini tekshirish va bekor qilish, deputatlarni chaqirib olish masalalari o‘z aksini topgan.
1925-yildan boshlab O‘zbekiston SSRda yer-suv islohoti o‘tkazilgan. Qabul qilingan qator hujjatlarga muvofiq barcha fuqarolar yer bilan (Farg‘ona viloyati uchun 7 desyatina, Toshkent va Samarqand viloyatlari uchun 10 desyatinadan) ta’minlanishi lozim bo‘lib, yer-suv davlat fondini tashkil etgan. Majburiy kollektivlashtirish oqibatida kommunistik partiyaning ko‘rsatmalari bilan yer komissiyalari orqali ming-minglab o‘ziga to‘q va o‘rta hol dehqonlar uch yil muddatgacha ozodlikdan mahrum etilib, ortiqcha yer va xo‘jalik mehnat vositalari musodara etilgan. Umuman islohotlar natijasida 4801 boy xo‘jalik tugatilgan, 23036 xo‘jalikdan ortiqcha yerlar tortib olingan, yer fondiga 474393 desyatina yer tushgan. Bularning o‘rnida 864 ta jamoa xo‘jaligi tashkil etilgan.
O‘zbekistonda bu vaqtga kelib mamlakatni industrlashtirish, elektrlashtirish sanoatini rivojlantirish ishlari olib borilgan. Sovet davlati sanoat, savdo, qishloq xo‘jaligidan tobora xususiy ishlab chiqarishni siqib chiqara boshladi. 1928-yilga kelib sanoat va savdo sohasida davlat to‘liq o‘z monopoliyasini o‘rnatdi.
O‘zbekiston SSRning 1927-yilgi Konstitutsiyasi asosida huquqning turli sohalari bo‘yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, O‘zbekiston SSRning Grajdanlik Kodeksi (1927-yil), Grajdanlik-protsessual kodeksi (1927-yil), Nikoh, oila, vasiylik va grajdanlik holatlarini qayd qilish haqidagi kodeks (1928-yil), Yer-suv kodeksi (1929-yil), Jinoyat-protsessual kodeksi (1929-yil) va boshqalar.
Butuno‘zbek Sovetlarining IV qurultoyi 1931-yilning 28-fevralida O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasini yangi tahrirda qabul qildi. U Tojikiston Muxtor Respublikasining O‘zbekiston hududidan chiqishini va poytaxt Samarqanddan Toshkentga ko‘chirilganligini huquqiy mustah- kamladi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish