partiyalarmuhim o‘rin tutadi. Ilk partiya sifatida konservatorlarpartiyasini ko‘rsatish mumkin. U Sharqiy Prussiya yirik yunker (yirik feodal, pomesh- chik)larining, Saksoniya, Brandenburg yer egalarining manfaatini ifoda etgan. Bu partiya 1866-yilda ittifoq tashkil topishi vaqtida qo‘rqish natijasida ajralishga uchraydi. Bir qismi ajralib chiqib, o‘zining eski nomini saqlab qoladi. Bu yarim mutlaq monarxiya tarafdori bo‘lgan. U o‘z vaqtining hukmron partiyasi hisoblanib, davlat boshqaruvidagi muhim
vazifalarda ishlab kelganlar. Ularning ta’siri Prussiyada kuchliroq bo‘lib, Prussiya landtagi ularning tayanchi edi.
Konservatorlarning bo‘linib ketgan bir qismi o‘zlarining imperiyapartiyasi yoki erkin konservatorlar partiyasini tuzadi. Unga kapitalistik rivojlanish yo‘lida borayotgan yirik yer egalari va ba’zi yirik sanoat magnatlari (Krupp, fon Kardorf, fon Shturm va boshq.) kirgan. Ular Bismark va imperiya so‘zini qo‘llab-quvvatlaganlar. U Bismarkning tayanchi sifatida rol o‘ynagan.
Bismarkning yana bir tayanchi milliy-liberalpartiya bo‘lib, bu partiya 1867-yildayoq progressiv partiyadan ajralib chiqqan. U mamlakat sanoatini rivojlantirish va faol imperialistik mustamlaka siyosatini olib borish tarafdori bo‘lgan. Bu partiya hukumatning militarizm va qurollarni yanada ko‘paytirish siyosatini qo‘lla-quvvatlagan. Milliy-liberallar 1870- yillarda konservatorlar bilan yangi islohotlarga qarshi turish yo‘lida hamkorlikka kirishadilar.
Progresschilarningbarcha qolganlari 1884-yilda erkinfikrqiluvchilardegan nom olib o‘z partiyalarini tuzganlar. Ular o‘zlarini reyxstagda burjua-liberal oppozitsiyasi vakillari qilib ko‘rsatishga harakat qilgan. O‘rta va mayda shahar burjuaziyasi, shuningdek ziyolilarning ba’zi qatlamlari manfaatlarini ifoda qilgan.
1870–1871-yillarda katoliklar partiyasi tuziladi. Oradan bir oz vaqt o‘tgach bu partiyaning reyxstagdagi fraksiyasi markaziy o‘rinni egallaganligi sababli u katoliklar markaziy partiyasi degan nom oladi. Uning ta’siri prusslarga qarshi va aholisining ko‘pchiligi rim-katolik diniga e’tiqod qiluvchi janubiy va janubiy-g‘arbiy Germaniyada kuchli bo‘lgan. Partiya Germaniyani prusslashtirish siyosatidan norozi bo‘lgan turli ijtimoiy qatlamlarni birlashtirgan. U cherkovning madadi bilan kuchayib borgan. Katoliklar partiyasi nemis davlatlarining mustaqilligini tiklash, katolik cherkovining davlat nazoratidan erkin va mustaqil bo‘lishini, katolik maktabini rivojlantirish va mustahkamlashni talab qilib chiqqan.
Imperiya hukumati mamlakatning iqtisodiy va siyosiy ahvolini mustahkamlash yuzasidan 1871–1873-yillarda yagona pul birligini joriy qilgan. Oltin marka asosiy pul birligi sifatida qabul qilingan.
1874-yili reyxstag tomonidan 7 yillik, ya’ni 1875–1881-yillar uchun harbiy budjet tasdiqlanadi. 1874-yili xazinani boyitish va davlat apparatini mustahkamlash maqsadida pochta-telegraf ishlari markazlash- tiriladi. 1876-yilda butun imperiyada yagona sud ishlari tizimini belgilovchi qonunlar qabul qilingan va uch yil ichida tatbiq etilgan. Unga ko‘ra, oliy instansiya – imperiya sudi tashkil topgan.
1872–1876-yillarda imperiya va Prussiyada diniy sohada islohotlar (burjua ta’biri bilan aytganda «kulturkampf» – madaniyat uchun kurash) o‘tkazilib, cherkov ishlari davlat vakolatiga kiritiladi.
Huquqiy sohada 1871 yili umumimperiya Jinoyat kodeksi, 1877- yilda Jinoyat-protsessual kodeksi, 1900-yilda besh kitobdan iborat Germaniya tuzuklari qabul qilingan. Tuzuklar umumiy masalalarga, shuningdek, fuqaroviy-huquqiy institutlar, shaxs huquqlari, majburiyatlar, bitimlar, mulk, oila-nikoh va vorislik huquqiga bag‘ishlangan.
Monarx Vilgelm I ga suiqasd uyushtirilishi natijasida reyxstag tarqa- tib yuboriladi va qayta saylov o‘tkazilishi natijasida ko‘pchilik o‘rinni konservatorlar egallagan.
Bu davrda Bismarkning qattiqqo‘llik siyosati hatto, uning ilgarigi tarafdorlarida ham norozilik tug‘dirib, siyosiy tuzumni o‘zgartirish g‘oyasi yuzaga keladi. Natijada, ichki va tashqi siyosatda muvaffa- qiyatsizliklarga uchragan.
1888-yilda Vilgelm I vafot qildi. Bu davrda Bismark imperiyaning to‘la huquqli subyekti edi. Fridrix III ning 100 kunlik podsholigidan keyin podsholik Vilgelm I ning 28 yashar nabirasi Vilgelm II ga o‘tadi (1888– 1918-y.). Vilgelm II nisbatan yon berib boshqarish tarafdori bo‘lib, Bismark bilan munosabatlari keskinlashib turgan.
1890-yilda reyxstagga navbatda saylov bo‘ladi. Bunda ishchilar faollik ko‘rsatib, sotsial demokratiyaning reyxstagdagi deputatlari soni 35 kishiga yetadi (sal kam 1,5 kishi, umumiy saylovchilarning 20 % ularni yoqlab ovoz beradi). 1890-yil martda Bismark iste’fo berishga majbur bo‘ladi. Ishchilarning qudratli harakati (1890-yilda 266 marta ish tashlash bo‘lib, ularda 28536 kishi qatnashadi) qattiqqo‘l kanslerni lavozimidan chetlashtiradi.
Kansler qilib Pruss generali Kaprivi (1890–1894-y.) tayinlandi. U Germaniyaning tashqi siyosatiga juda muhim o‘zgarishlar kiritdi. Sanoat egalarining siquvi ostida Avstriya, Vengriya, Rossiya bilan shartnomalar tuzadi. 1893-yilda pomeshchik va kulaklar tomonidan tuzilgan «Qishloq xo‘jayinlari ittifoqi» syezdida yunkerlar u yuritayotgan siyosatga norozilik bildirishgan. 1894-yilda Kaprivi iste’fo bergan.
Bu davrda yunker-burjua bloki tuzilib, ular hukumatning mustam- lakachilik siyosatini qo‘llab quvvatlaganlar. German imperializmi XIX ning 90-yillarida dunyoni o‘z foydasiga tubdan qayta bo‘lish haqidagi masalani o‘z oldiga qo‘yadi. Pangerman ittifoqi deb ataladigan maxsus tashkiloti tuzilgan. U agressiv shovinizmni targ‘ib qilgan.
1900-yilda keksayib qolgan kansler Gogenloe (1894–1890-y.) o‘rnini Byulov (1900–1909-y.) egallagan. U mustamlaka xalqlarni germanlash- tirish siyosatini yurgizadi. U kansler bo‘lib turgan vaqtda Germaniyaning ekspansiyachilikdan iborat tashqi siyosati avjiga chiqib ketgan.
Birinchi jahon urushi arafasida Vilgelm II ning agressiv harbiy- lashgan siyosatining faollashuvi mamlakat siyosiy rejimining o‘zgari- shiga, repressiv qonunlarning joriy etilishiga olib kelgan. Imperator manfaatlarini ifoda etuvchi qonunlar amalga kiritilgan. Rossiya va Fransiyaga qarshi urush e’lon qilingan. Harbiy diktatura o‘rnatilib, armiyani kuchaytirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilgan.
1918-yillarga kelib esa tashqi urushda yengilish va ichki xavflar ta’sirida inqilobning oldini olish maqsadida hokimiyatni parlament- lashtirish, reyxstag huquqlarini kengaytirish, bosh shtab ustidan reyxstag nazoratini o‘rnatish va boshqa shu kabi tadbirlardan iborat siyosat o‘tkazila boshlangan. Shu maqsadda 1918-yil oktabr oyining oxirida ikkita konstitutsiyaviy qonun qabul qilingan. Biroq siyosiy rejimni yangidan liberallashtirish hukmron rejimni keyingi davrda saqlab qola olmasdi. Mamlakatda inqilob boshlanib, Vilgelm II taxtdan voz kechishga majbur bo‘lgan. Germaniya ham insoniyat tarixidagi eng yangi davrga qadam qo‘ygan.